Chulp-chulp
Turli xalqlarda odamlar o’rtasidagi axloq,odob,maslak,hayo,sharm,ibo,pardali va beparda narsalar har xil talqin qilinadi. Zamonaviy texnika va ilm-fan taraqqiyotida G’arbning Sharq ustidan hukmfarmolik qilayotganligi, barcha sohalarda o’z shartlarini o’tkazayotganligi shubhasiz. Hozircha shunday (2000-yillar atrofida gap ketmoqda). Yaqin yillarda Xitoy,Yaponiya, Koreya,Hindiston kabi Sharq davlatlari yetakchilikni qo’liga olishi kutilmoqda. Oftob hali u tomda,hali bu tomda... Har xil bashoratlar bor. Ammo bir narsa hozirdanoq(ancha bo’ldi aslida) ayon bo’lib qoldiki, g’arbona axloqiy munosabatlar,ularda odamlarning bir-birlariga oqibati aksariyat xiyla tubanlashib ketgan. Yevropa xalqlarida odamgarchilik talqini bizdagidan butunlay farq qiladi. Bir necha yil ilgari oynai jahon orqali surunkasiga ko’p qismli Meksika filmlari( “Shaddot Mariya”, “Esmeralda”, “Gvadalupe”.. .) namoyish qilingan edi. Ta’qiqlangan narsa mazali bo’ladi,deydilar. Biznikilar bu filmlarga mazaxo’rak