Сообщения

Сообщения за май, 2016

Bir oyga 500 ming so'm yetadimi?!

Hurmatli banklar stipendiyalarni vaqtida beraylik! Biroz oldin “Sanjarsaid.uz” orqali 500 ming so‘mga qanday qilib bir oy yashash mumkinligi haqida yozilgan postni o‘qib qoldim. “Vot.uz” muallifi Janona Ahmedova bu mas’ulyatli ishni o‘z bo‘yniga olishga qaror qilibdi. Ushbu qiz bir oy emas 10 kun, kuniga 16600 so‘mdan pul ishlatib yashab ko‘ribdi va har kungi xarajatlarini saytida yoritib boribdi. Janona ham o‘zimizga o‘xshagan talaba ekan. 500 mingga bir oy yashash mumkinmi rostdan? Men ham bir oylik xarajatlarimni nari-beri hisoblab chiqdim va bu eksperement... Qisqasi oxirida o‘zilar hisob-kitob qilib olasizlar. Ertalab soat 10:00 da uyg‘onaman. To‘rt yildan beri tushlikdan keyin o‘qiyotganimiz uchun bu muammo emas. Yuvinib soch-soqolni to‘g‘irlaguncha soat 11:00 bo‘ladi. Kvartiram va universitetim orasi 3 kilometrgina chiqqani uchun piyoda yo‘lga chiqaman. 25 daqiqada o‘qishimiz yonidagi “Zelyonka” oshxonasiga yetib boraman. Yarim soat telefonimni chuqalab soat 12:00 bo‘l