Сообщения

Сообщения за апрель, 2015

Shamol

   Bekobodning “achchiq” shamoli yana boshlandi. Kim nima desa desin-u, men Bekobodimni shu shamoli uchungina yaxshi ko’raman. Qish kunlari sovuq tanani teshib yuborgudek bo’ladi, buning ustiga izg’irin shamol. Hamma shamolni qarg’aydi. Lekin men emas!    Asli Bekobodlik bo’lsam ham, ona shaxrimda atiga bir necha yil yashaganman halos. Har safar borganimda shamolni sog’inib boraman. Siz haqiqiy shamolni ko’rganmisiz bilmadim, lekin Bekobod shamoli bu-asl shamol. Shunday paytlar bo’ladiki shamolning kuchi moshinalarni huddi, dengiz kemalarni o’ynatgani kabi o’ynatadi, baland binolarni zirqiratadi, yoshroq bolalarni uchirib yuboradi(ozgina lof bu yog’i). Nafas qisib, yuragim sanchgudek bo’lsa hamma narsani yig’ishtirib ona shahrim tomon yo’l olaman. Avtobusdan tushishim bilan shamol. Sovuq bo’lsa ham ustki kiyimimni oldini ochvolib, qo’llarimni ikki yonga yoyib, shamolga qarshi yuraveraman, yuraveraman...        Hali yosh bo’lsam ham ko’p shaxarlarni ko’rdim, ba’zilarida yashad