Toshkentga sayohat
-Iyee Xolmat aka, o’zizmisiz? -O’zimman inim Nortoy, o’zimman. -Sizni Toshkentga ko’chib ketdi deyishgandi-ku? -Qaytip keldim mana. -Nega qaytib keldingiz? -Eee gapirsam gap ko’p. Boshqa sapar atyip berarman. -Odam qiziqdi-da Xolmat aka. Keling mana bu yerga o’tiring, qani-qani... Zulfiya choy obkel. Bir boshidan boshlangchi aka. Qachongacha yangiliklarni qo’shni ko’chadagi “Sora CNN”dan eshitamiz. -Boshshidan boshlayma? -“Buyuk portlash”da Yerning paydo bo’lishidan emas, Toshkentga ketishizdan boshlang. -Undaq chig’an bo’lsa, bitta bolish ham obchiq. Jonboshlab so’zlap beraman. -Zulfiya bitta yostiq ham olib chiq. Qani aka... -Shu desang, o’zingdan qolar gap jo’q. Ekki yuzta qo’yni bog’ip, yarim gektar yerda dehqonchiliq qilib, jeganim ovzimda, jemaganim ketimda dorya bo’lib oqib jotardi. Minadaylik paytimda, otam rahmatli “Ertaga katta jayga ishga kirib ketsa diplom kerak bo’ladi”deb zauchna o’qishga topshirtirudi. To’rtta qiltiriq echkini sotip, pulini domlal