Toshkentga sayohat
-Iyee Xolmat aka,
o’zizmisiz?
-O’zimman inim
Nortoy, o’zimman.
-Sizni Toshkentga
ko’chib ketdi deyishgandi-ku?
-Qaytip keldim
mana.
-Nega qaytib
keldingiz?
-Eee gapirsam gap
ko’p. Boshqa sapar atyip berarman.
-Odam qiziqdi-da
Xolmat aka. Keling mana bu yerga o’tiring, qani-qani... Zulfiya choy obkel. Bir
boshidan boshlangchi aka. Qachongacha yangiliklarni qo’shni ko’chadagi “Sora CNN”dan
eshitamiz.
-Boshshidan
boshlayma?
-“Buyuk portlash”da
Yerning paydo bo’lishidan emas, Toshkentga ketishizdan boshlang.
-Undaq chig’an bo’lsa,
bitta bolish ham obchiq. Jonboshlab so’zlap beraman.
-Zulfiya bitta
yostiq ham olib chiq. Qani aka...
-Shu desang, o’zingdan
qolar gap jo’q. Ekki yuzta qo’yni bog’ip, yarim gektar yerda dehqonchiliq
qilib, jeganim ovzimda, jemaganim ketimda dorya bo’lib oqib jotardi. Minadaylik
paytimda, otam rahmatli “Ertaga katta jayga ishga kirib ketsa diplom kerak bo’ladi”deb
zauchna o’qishga topshirtirudi. To’rtta qiltiriq echkini sotip, pulini
domlalarga berib diplomniyam ovogandim. Shu desang, yoshlig’imizda bitta
Abdullo “sori” degan pishakday sop-sori jo’ramiz bo’lardi. Sen tanimaysan. Dadang
Hoshim “garang” yaxshi taniydi. Sakkizinchi sinpga o’tganimizda shu “sori”
dadasi bilan Tashkenga ko’chib ketudi. Shu bilan ancha vaqtgacha daragi
chiqmadi. Jo’ralar bilan eslamay ham qo’ydik. Bir kuni menga kanvrt keldi de. Shu
joshimga kirib birovdan xat-pat olmag’andim. Sekiin bir chekasini jirtib
ochdim, ichida bir varaq qog’oz. O’qisam anashu Abdullo “sori”dan ekan.
Tashkenda yashayapman depti. Kuchayip ketiptimish. Qachangacha qo’y boqasan,
meni oldimga ke, minetta birga kayp-sapo qilib yashaymiz depti. Diploming bo’lsa
undan yaxshi, ish tovup beraman depti. O’zi shu paytlar nimagadir ichim torig’ib
jurudim. Qishlaqdagi bir xillik jonimg’a tiygandi. Hotin bilan maslahatni bitta
jaydan chiqarip, qo’ylarni sotip Tashkenga ko’chib ketadigan bo’ldik. Uch
shanba qo’ylarimni bozorga obchiqib pulladim. Hamma pulni bitta belbovimga
tuyip, uydagi sondiqni kaltaroq bir oyog’ini taniga bostirib qo’ygan diplomimni
olib “hayo huv” deb shaxarga jo’navordim. Yaxshilab jaylashganimdan keyin
hotinni ham obketaman deb ko’ndirdim. Jo’q menam boraman deydi. Sizni u yahda
qizlar boshizni aylantirib tashaydi deydi. Shunda meni rostan sevishiga
ishandim. Zo’rg’a bir amallab ko’ndirib, o’zim yo’lga jixvordime... Bay, bay,
bay u yahdagi odamni ko’pligini ko’rsang vey. Botir “bangi”, G’oppor “cho’loq”,
Burxon “terak”ni suruvlaridagi qo’y-echkilarini qo’shsangam undan kam bo’lsa
kerakov. Abitgacha shaxar aylanib itday charchadim o’ziyam. Iyaqa o’tamam
melisa to’xtatib posprt so’raydi, biyaqa o’tsamam posprt so’raydi. Shomga jaqin
“sori”ga tilpon qilsam, hotini oldi. Shunaqa-shunaqa deb maga kelganimni
tushuntirdim. Hotinini aytishicha “sori” kamandiropkaga ketiptimush. Uch-to’r
kunda qaytadi dedi. Obba qisatalag’ey dedim. Shu paytiyam kamandiropkaga
ketama?! A meni uy-puyga, ish-pishga jaylab ketsa o’larmidi?! Nimayam qilardim,
endi men ham shaxarlik bo’voldim. Qo’ylarni puli kirib ketmasidan bitta uy
ovosam yaxshi bo’lardi. “Uy bozori” degan jay bor ekan ularda. Hamma uyini
sotadiganlar ashitga borib “Uy sotaman” diydikan. Basharasi yoqqanini imlab
chekaga chag’irib sovdalashovrarkansan. Menam bitta mindayraq bolani chaqirib
dardimni ayttim. “Puliz borma bova?”dedi. Tugunni ochip ko’rsattim. “Bo’ldi
bova! Bu puliz ikki xonali uyga yetadi” dedi. Menga ekki xonali uy maga kerak?
Bir xona bo’sayam bo’luvradi. Bir-ekki oy ishlasam baribir yana sotip, jiyirmga
sotih yer olip uy ko’taraman dedim. “Bo’ldi bova, unaqada bir xonali uy olip
beraman, hamma xujjatlarini ham o’zim to’g’irlayman, ozgina qo’shib berasiz-da
faqat” dedi. Shu jugur-jugur desa qoshim tikka bo’latta. Yangangga uylanaman
deganimda zaksdagilar toza ovora qilishgan. Shundan beri qog’ozbozlik joqmaydi.
“Mayli inim, aytgan pulingni beraman, qolganini o’zing hal qilip bersang bo’ldi”
dedim. Ertaga keling dedi. Gostinsaga borib bir oqshom tunadim. Ertansiga borsam,
aytgan uyiga oppordi. Jomonmas, oddiy kvartira-da! Men kvartira ko’rmapmanma?!
Rayon markazida o’qishda o’qib jurganimda ikki hapta kvartirada turganman. Bo’ladi
dedim. Pulini sanap berdim. Enag’arni bolasi xursand bo’lib ketdi. Menam ishim
tez bitgani xursand bo’lib, endi Abdullo “sori” keguncha bir-ekki kun dam
olaman deb jonboshlagandim, eshik toqqilab qoldi. Borib ochsam melisa turipti. Keling
ukovsi, nima qizmat desam, “Men shetti uchaskovoyi bo’laman, o’zizni va uyni
xujjatlarini olib chiqib ko’rsatsayz, bir tekshib qo’ysam. Rasmiyatchilik endi”
dedi. Hamma xujjatlarni opchiqib qo’lig’a tutqazib, eshikkni qiyasiga kerilib
suyanip turdim. Hamma xujjarlarim jayidaydi-da.
-Yaxshi
xujjatlariz joyida, faqat bu xonadonni egasi bilan ijara shartnomasi tuzib,
vaqtinchalik ro’yxatdan o’tib qo’yishiz kerak.
-Bu uyni egasi
endi menman. Boyag’ina sotvoldim. Xujjatlarini anu oriq bola tuvirlab berdi.
-Sotib olgan bo’lsangiz
yaxshi. Lekin buni rasmiylashtirish kerak.
O’ziz hallab qo’yovring
kamandir uka deb, picha pul uzatsam unamadi.
-Siz shaxarga
yaqinda kelgan ko’rinasiz. Bu narsa pul bilan bitadigan ish emas aka. Hammasi xujjatbozlik.
Besh kun ichida shartnoma tuzib, vaqtincha ro’yxatdan o’tmasangiz shaxardan
chiqarvorib, shtraf solishimizga to’g’ri keladi.
-Unaqada nima
qilay men? Qayerga boray?
-Ertaga ertalab
idoramizga chiqing, bir boshidan tushuntiraman. Qanaqa xujjarlar kerakligini ro’yxatini
beraman. Shunga qarab harakat qilasiz.
-Men uyni
sotvoldim deyappan-ku, erkak lafzim bilan aldamasam kerak.
-Ehh aka-ey, bu
narsalar oddiy lafz bilan bitadigan ishlar emas-da. Hamma narsa hujjatli. Ertaga
yonimga chiqing.
Bo’pti dedim. Ichkariga
taklip qilsam kirmadi. Obbo baribir jugur-jugursiz ish pitmas ekan-da, dedim...
Ertamatandan
uchoskovoyxonaga bordim. Kechagi melisa hali ishga kemagan ekan, poylab turdim.
Abitga yaqin keldi.
-Keldizmi aka?!
Demak, birinchi navbatda notarius qabuliga navbatga yozilib qo’ying. Navbatiz kelguncha
qolgan xujjatlarni tahlab bo’lasiz. Yarim qogo’zlarni “Pasportniy stol”ni o’zida
ishlaydigan qizlar to’ldirib berishadi. Ozgina chiqimi bora xalos.
-Biz chiqimdan
qochadigan odammasmiz. Shu pulni o’zizga beray uka. Xal qilib qo’yaqoling.
-Bu meni qo’limdan
kelmaydi-da, bo’lmasam yo’q dermidim.
Ha, bo’pti deb
aytg’an manzili bo’yicha notarisga bordim. Eh-hee ko’rsang tumonot odam. Baqir-chaqir,
qiy-chuv. Hali notarisni kattasi kemapti. Shunga ocherd bo’p ketibtiymish. Oxirida
turip navbatga yozildim. Bir payt hamma jimm bo’lib qoldi de. Magag-magap desam,
bitta qorni meshday hotin ekki etajli moshinadan tushib, biz tomonga jurib
kelyapti. Hamma qotaaar bo’lib, anu hotinga qarab salom beryapti. Yonimda
turgan piskaroq ko’zli qizdan “Shuma kattasi?” desam, ha dedi. Bayboo
kerilishini qara bu hotinni dedim. Birorta odamga alik omasdan, xonasiga kirip
ketti. Endi navbat siljib, tezroq ishim pitsa kerak degandim, qohta! Ola
siyirga o’xshagan boyag’i hotin yana chiqib ketdi. Yordamchisi bugun kemaydi,
deganidan keyin hamma tarqaldi. Menam kvartiramga qayttim. Ertansiga yana
borsam, yana shu ahvol. Oxiyri jonimga tiydi. Yordamchini chaqirib “mashnaqa-mashnaqa”deb
vaziyatni tushuntirdim. Shustriygina qiz ekan barmoqlarini ishqalab, “Pul ber”
deganday qildi. Shartta kissasiga o’n ming solib qo’ydim. “Bo’ldi bova siz
qolgan xujjatlarni to’g’irlayvering, men sizni keyingi hafta qabulga yozib qo’yaman”
dedi. Sal bo’sayam ishim jengillashdi, o’n ming so’m qayttan kelip qaytga
ketmaydi. Minetta sorg’ayib turganimdan ko’ra shuni yaxshi qaytanga. Endi “Posprt
istol”ga borib qolganini tuvirlayveraman deb yo’lga tushdim. Borsam iyahta ham
shu ahvol. Bitta beti cho’tir bolani chekaga tortib, kissasiga pul soludim, “Bo’ldi,
yes qilamiz”deb boshlig’ini xonasiga kirib ketti. Yarim soatlarda chiqib, qo’limga
bir tolay qog’ozlarni tutqazdi. Manashularni to’ldirib, to’g’irlab kelasiz
dedi. Mincha ko’p desan, bu hali yarmi deydi. Qog’ozlarni olib birma-bir to’ldirib
tashadim. Bir-ekkita tushunmagan jayimni atroptagilardan so’rasam, bo’zrayib
qarap berishdi. O’llaring senlar dedim ichimda. Odamgarchiliklaring qolmabdi
dedim. Hamma qog’ozlarni jiyishtirib uchaskovoyxonamga bordim. Melisa jigitga
bo’gan gaplarni ayttim. Miyig’ida kulib eshitti.
-Manashularni
tuvirlasam bo’ldima? Keyin menam shaxarlik bo’lamanma? Hech kim tiyinmaydima
menga?
-Eee qayoqda
akaxon, bu boshlanishi. Hali uyning kadastr hujjatlari, uyga egalik huquqini
tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi, davlat boji to’langanligi haqida kvitansiya,
notarius tomonidan tasdiqlangan ijara shartnomasi nusxasi...
-To’xta, to’xta
inim. Manashu sen aytayotgan qog’ozlarni tuvirlab kelishimga qancha vaqt
ketadi?
-Puliz va tanish
bilishiz bo’lsa ikki hafta. Bo’lmasam bir odan oshiqroq vaqtiz ketadi.
-Yeh-hee...
-Buning ustiga bu
hujjatlarni har yili qaytadan qilishizga to’g’ri keladi-dedi...
Pashol dedim.
Shaxaringam, kvartirangam, kaypu-saponagam kerakmas deb, qaytvorgan jayim. Mana
shunaqa gaplar inim Shuxratboy. Shaxarlik bo’lish osonmaskan. Undan ko’ra
dalamda qo’ylarimni bog’ip yursam kayp-saponi kattasini qiliman.
-Abdulla “sori”
nima bo’ldi?
-Kelyotib ungayam
bitta xat yozip keldim.
-Nima deb yozdiz?
-“Seni
erkakliginga ham qog’oz orqali ishanadigan shaxaring o’zingga buyursin” deb
jozdim...
Комментарии
Отправить комментарий