Сообщения

Сообщения за сентябрь, 2015

Paypoq

Ajab zamona bo’ldi,yaqolar bo’ldi etak, Bo’z paytava bo’ldi, boshga chiqdi patak.    Biz studentlarda bir gap bor: “Paypog’ing butunmi demak,och qolmaysan”. Bu bilan och qolganda paypoq chaynaydi ekan deb tushunmang,shunchaki yirtiq paypoq bilan mehmonga borish noqulay. Oyning uchdan bir qismini mehmonga borib o’tkazmasak, stependiyani yetkazib bo’lmaydi.    Sentabr keldi deguncha kunlar salqinlashib qoldi. Slansi,shipak,”chips”larda yurganlar birdaniga paypoq sotvolishga,bizga o’xshagan bahorning aprelida yechib, ikkala poyini dumaloq qilib shkafining tagiga tiqvorganlar esa qidirishga tushishdi. Yalangayoq yurganga nima yetsin?! Yalangayoq yurish qanchalik foydali ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Ammo shahri azim bo’lmish Toshkentda yalang oyoq yurgan odamni uchratganmisiz. Men uchratmadim shu paytgacha. Hammasining oyog’ida “Kibo”,”Rebook”,”Adidas”,”Puma”... va boshqa balo battar inomarkadagi botinka-yu, krasovkalar. Bugungi mavzuimiz “Paypoq” bo’gani uchun krasov

Poraxo'rlik-bizni yeb bitiradi

  Yaqin orada biror bir davlat muassasaiga ishingiz tushdimi? Maktab,bog’cha,shifoxona,melitsiya,bank... Ohirgi ikki oy davomida bankka 8 marta, shifoxonaga 11 marta, voenkomatga 3 marta bordim. Yuqoridagi raqamlarni ko’rib bu bola “g’irt kasal boyvuchcha harbiy” ekan ekan deb o’ylamang yana. Hammasiga bitta ishni bitirish uchun bordim halos. Buvimning plastik kartasi yo’qolgani,o’rniga yangi olish uchun 8 marta bordim “Agrobank”ka. Uch yarim oy yangi karta kelishini kutdim. Shunda ham berishni istashmagandi oxiri bitta “tanishim”ni o’rtaga “tiqib” oldim... Kasalxonani-ku gapirmay qo’ya qolay. MedKo’rikdan o’tish uchun hamma shifokor qabuliga kirib sog’lomligimni tasdiqlashgani uchun 5000 so’mdan “imzo haqi” berib chiqdim. Shunda ham bir-ikkita do’xtir yo’q ekan,o’rniga boshqa bir hamkasbi imzo qo’yib berdi. Qilgan yaxshiligini o’n ming so’mga baholadi... Zaxiradagi letenant bo’lsam ham, bir oy oldin harbiy o’quv yig’inini tugatgan bo’lsam ham, voenkomatda “goden”(sog’lom)degan muxrn