Poraxo'rlik-bizni yeb bitiradi

  Yaqin orada biror bir davlat muassasaiga ishingiz tushdimi? Maktab,bog’cha,shifoxona,melitsiya,bank... Ohirgi ikki oy davomida bankka 8 marta, shifoxonaga 11 marta, voenkomatga 3 marta bordim. Yuqoridagi raqamlarni ko’rib bu bola “g’irt kasal boyvuchcha harbiy” ekan ekan deb o’ylamang yana. Hammasiga bitta ishni bitirish uchun bordim halos. Buvimning plastik kartasi yo’qolgani,o’rniga yangi olish uchun 8 marta bordim “Agrobank”ka. Uch yarim oy yangi karta kelishini kutdim. Shunda ham berishni istashmagandi oxiri bitta “tanishim”ni o’rtaga “tiqib” oldim... Kasalxonani-ku gapirmay qo’ya qolay. MedKo’rikdan o’tish uchun hamma shifokor qabuliga kirib sog’lomligimni tasdiqlashgani uchun 5000 so’mdan “imzo haqi” berib chiqdim. Shunda ham bir-ikkita do’xtir yo’q ekan,o’rniga boshqa bir hamkasbi imzo qo’yib berdi. Qilgan yaxshiligini o’n ming so’mga baholadi... Zaxiradagi letenant bo’lsam ham, bir oy oldin harbiy o’quv yig’inini tugatgan bo’lsam ham, voenkomatda “goden”(sog’lom)degan muxrni qo’yib berishmadi. Uning ham davosi pul ekan. 50 ming so’m bergandim soppa-sog’lom “qilib berishdi”. Hatto normaga yetmayotgan 10 kilo “ves”’ ham qo’shib yozib beridi. 

     Oliy o’quv yurtiga kirmagunimcha birovga pul(pora) berish nimaligini hatto bilmasdim ham. Bu haqida gapirishsa ensam qotardi. O’zimcha xaqiqatparast edim. Pul bilan ikki daqiqada bitadigan ishni o’zim yelib-yugurib 2 kunda bo’lsa ham bitirardim. Shu ikki kun davomida so’ragan pulidan uch barovar ko’p ketishini bilsam ham, bermasdim. Tabiatim shunaqa edi. Tarbiyam shunaqa edi. Ammo to’rt yillik o’qish meni butunlay o’zgartirdi. Domlalarning poraxo’rligi haqida-ku umaman yozmayman! Bekorga asab buzilgani qoladi. Bitta faktni keltiraman halos. O’tgan semestrda bitta domlamiz har bir boladan 500 ming so’mdan pul oldi. 127 ta bolaga dars o’tadi. Qancha pul bo’lishini o’zingiz hisoblab olavering.

  Oxirgi paylarda ishingiz pul bilan ham bitmaydigan bo’lib qolgan. “Tanka surmasangiz” bo’lmaydi hamma joyga. Mana shunisi alam qiladi. Siz navbat kutib o’tiraverasiz-da, boshqa birov tanish-bilish qilib sizdan oldin ishini bitirib ketadi. Vaholang-ki sizning vaqtingiz ziq, uniki esa bemalol. Unda pul bor,sizda esa yo’q! Keling ozgina faktlar haqida gaplashamiz:

-Xitoyning ikki yil davomida ishlab chiqargan sementi, AQSHning XX asr davomida ishlab chiqargan sementidan ko’p(4,9 gigatonna,googledan o’ziz ko’rvoling);
-Asvaltlangan yo’llarining uzunligi 4 million kilometrga yetdi;
- Butun davlat bo’yicha 300 mingta ko’prik bor,shulardan mingdan oshig’ini uzunligi bir kilometrdan oshadi. 2016-yilgacha Gonkong va Makao orasiga ham ko’prik qurish rejalashtirilmoqda. Gonkongdan Makaogacha tez yurar laynerda bir soat yurasiz. Uzunligini tasavvur qilavering endi;
-Zamonaviy texnologiyalar  ishlab chiqarishda ham dunyo reytingida eng oldi qatorlarda;
-Guanjoudan Guyyanga qatnaydigan poezd 510 ta ko’prikdan va 236 ta tunneldan soatiga 250 kilometrda o’tadi;
-30 yil ichida xitoyliklar yashashga yaroqli bo’lgan hududlar maydonini sakkiz martaga ko’paytirdi;
Yuqoridagi statistikaning hammasiga sabab nima deb o’ylaysiz. Sabab oddiy: 2000-yildan beri 10 mingga yaqin amaldor qatl qilindi. Ularning aksariyati pora olganlikda aylangan.


  Hozir o’tish davridamiz dedik, indamadik. Chidadik. Ammo qachongacha? Yuqorida yozgan shifokor ham, o’qituvchi ham, boshqalari ham “pul ber” deyishmadi. O’zimiz tezroq ishimizni bitirib, uyga borib yotvolib TV ko’rish uchun pora berib o’rgatdik. Natijada u ham o’rgandi. Endi bermasak ham sug’urib olish darajasiga yetishdi. O’rtada pul berishga qurbi yetmaydiganlar hali ham to’rvasini sudrab yurishibdi.  Menimcha, pora olayotgan odamdan ham ko’proq pora berayotganni qattiqroq jazoga tortish kerak. Yana bilmadim...

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Эй Худо ишқилиб...

Рустам Капгир — “Очилишни истамаган иш”

Qog'ozbozlik