Andisha

   Anvarjon va Mashxuralarning to’yi bo’lganiga hali uch oydan oshgani yo’q. Ikkalasi bitta mahallada yashashdi,bitta sinfda o’qishdi,bir-biriga ko’ngil qo’yishdi. Anvarjon sovchi jo’natdi,Mashxurani uyidagilar ko’p o’ylanavermay rozi bo’lishdi. Sinalgan,bilgan qo’shningga bermay kimga ham berasan qizingni?! Anvarjon ham ajoyib yigit buni ustiga...

  Shirin tashvishli to’y bir kunda o’tdi-ketdi. Ikkala tarafning ham biroz “qo’llari kalta” bo’lganliklari uchun, unaqa dabdaba qilmasdan oddiygina qilib o’tkazishdi.

  Anvarjon maktabni bitirgach texnikumga o’qishga kirdi. U yerni tugatgach biroz muddat ish topolmay yurdi. Yaxshiroq biror ish topguncha tramvayga konduktor bo’lib joylashdi. Ishi oson ko’ringani bilan,o’ziga yarasha qiyinchiliklari bor edi. Har kuni chiqadigan yuzlab odamlar bilan shirin muamoala, transportining tozaligi va hakozo. Oylik esa kam. Juda kam. Arang bir oydan ikkinchi oyga yetadi...

-Dadasi ertaga ishdan kelishizga nima ovqat tayyorlab qo’yay?
-Mastava qilib qo’ya qol.
-Meni baliq yegim kelyotgandi,-dedi Mashxura biroz nozlanib. Buni Anvarjon darhol sezdi. Mashxura hech bunday shirin nozlanib iltimos qilgan emasdi.
-Baliq bo’lsa baliqda. Ertaga oylik berishadi,ishdan qaytishimda obkelaman,ho’pmi?
-Ho’p...

   Bugun ham oylik berishmadi. Anvarjonni yuragi ezildi. Endi nima qiladi. Hotiniga vada berib qo’ygandi,hafa qiladimi? Yoki birortasidan qarz olsamikan? “Qarz qarzni chaqiradi” yana bir-ikki kundan sabr qilsa,oylik chiqib qolar...

 Mashxura turmush o’rtog’ining ishdan faqatgina non ko’tarib qaytganini ko’rib, “bugun ham oyliklari chiqmabdi-da” degan hayolga bordi. Salomlashib, qo’lidagi nonni olib,ovqatga unadi...

  Oradan bir necha kun o’tgach Anvarjonning oyligi ham chiqdi. Ro’zg’orga bir oyga yetadigan qilib bozor-o’char qildi. Ammo baliq olish kerakligi umuman yodidan ko’tarilib ketgandi. Mashxuraning esa ancha vaqtgacha baliq yegisi kelib yurdi, ammo qayta aytmadi. Aniqrog’i ayta olmadi. Eridan xafa bo’lganidan emas,oilaviy sharoiti og’irligini bilganidan... Andisha qildi chog'i...

   Mashxuraxon onam,Anvarjon dadam bo’ladilar. Hozirda dadam zavodda katta muhandis, onam esa tikuvchilik fabrikasida ishlaydilar. Yashashimiz hech kimdan kam emas: moshinamiz,to’rt xonali uyimiz bor. Xullas hamma narsa yetarli, Xudoga shukr. Yuqoridagi voqeani nega yozdi ekan dersiz. Shunchaki,ertaga tug’ilgan kunim. Dadam bugun baliq obkelganlar. Esimni taniganimdan beri har tug’ilgan kunimda mazza qilib baliq yeymiz. Boshqa paytlari ham yeymiz, lekin meni tug’ilgan kunimda negadir boshqacha. Mazaliroq...Aytishlaricha,baliqning koni foyda ekan: ko’z ravshanligiga, miyyaning yaxshi ishlashiga va ayniqsa suyaklarning rivojlanishiga. Baliqdagi B1,B2... vitaminlari ayniqsa, yosh bolalarda suyakning va harakatni ta’minlaydigan orqa miyyaga katta foyda ekan. Odam organizmi uchun kerakli bo’lgan fosforni faqatgina baliq go’shti ta’minlay olarkan.


 Qolganini keyiroq davom ettirarman,ukam archa bezatishvoring deyapti. O’yinchoqlarni pastdan oberib turay hech bo’lmasa. Hozir aravachamga chiqib olay...

Комментарии

Отправить комментарий

Популярные сообщения из этого блога

Эй Худо ишқилиб...

Рустам Капгир — “Очилишни истамаган иш”

Qog'ozbozlik