Сообщения

Сообщения за январь, 2016

Rustam "Kapgir"

-Kechirasiz mumkinmi? -Kelavering,yaxshimisiz do’stim Bahrom? Adashmasam,yoningizdagi kishi mening yangi xonadoshim bo’lsa kerak. -Haa... -To’xtang o’zim topaman. Ismningiz nima edi? Ha,ha sizni! Axir bu yerda uchchalamizdan boshqa hech kim yo’q-ku. Buning ustiga men Bahromni ismini bilaman. -Jamshid Qodirov. -Xursandman. Rustam “Kapgir” qo’liga Iphone-6Plus telefonini olida-da,bir nimalarni yoza boshladi. Oraga noqulay sukunat cho’kdi. Bahodir: -Rustamjon? -Ming bor ma’zur tutasizlar. Berilib ketibman. Demak,Jamshid siz 1981-yili Surxondaryoning Sariosiyosida tug’ilgansiz,besh yoshligizda suvchechak, to’qqiz yoshligizda bezgak bilan og’rigansiz. Sportning kurash turi bilan olti yoki yetti oy shug’ullangansiz,keyin belingiz singani sababli katta sportdan ketgansiz. Maktabni a’lo baholarga bitirgansiz,hatto bitiruv kechasida maktabiz direktori sizga soat ham sovg’a qilgan. Keyin esa,ToshMIga kiraman deb Toshkentga kelgansiz.Afsuski,kelgan kuningiz bittasi bilan janjal

Qog'ozbozlik

  Insof bilan-da,endi odamlar. Jonga tegdi-ku bu qog’ozbozliklaring. Ayniqsa,davlat tashkilotlari. Erkakligining haqida ham spravka so’raydigan davrga keldik menimcha. Adashib kursiga o’tirib qolganlar tiqilib ketdi. Na bilimi bor na dunyoqarashi. Butun dunyo fuqarolarga yengillik yarataman deb yangiliklarga qo’l urayotgan,millionlab pul ajratayotgan mahalda,biznikilar haliyam “otangga bor,engaga bor”,undan qo’g’oz olib kel, bunga ko’rsat. O’sha sakkiz soat navbatda turib,palon pul berib olgan bir parcha qo’g’ozingga qarashmaydi ham. Qaragandayam nima deb yozilganini tushunmaydi ko’pchiligi. Lekin obkelishing kerak. Ertaga bu qog’ozing o’sha muassasani xojatxonasida yotadi. Yo’q,baribir obkelishing kerak. Unaqamasda endi. Padar lanat kompyuterni nega yaratib qo’ydi bu odamzod?! Internetnichi?! Qo’shiq eshitish,kino ko’rish uchun emasdir harqalay. Shundan foydalan! Tushunmasang,aqling yetmasa,boshqalardan talab qil yoki joyingni bo’shat. SSSRda qotib qolgan boshing bilan nimaga erisha

Pi

  2050-yil. Bahor. Ayni sariq tutga maza kirgan mahal. To’ra aka ketmonini yelkasiga qo’ygancha paxta dalasi tomon ketmoqda. U oddiy ishchi. Abdurasul fermerning yuzlab ishchilaridan bittasi. O’tgan kungi yomg’ir chakki yog’di-da,endi ish yana bittaga ko’paydi. Paxtani “qatqaloq” qilish kerak. To’ra aka o’ziga ajratilgan “gektar”ni sekin, bir boshidan “qatqaloq” qila boshladi. Shunda To’ra akadan uncha uzoq bo’lmagan joyga,osmondan nimadir tushib,yerga shunaqangi urildi-ki,Tora aka 8 metr uzoqq uchib ketdi. “Obboo,yana Komiljonni hotini otvordimi deyman-da”deya hayolidan o’tkazdi. Keyin o’z tomorqasida emas,dalada ekanligi esiga tushib qoldi. Sekin-asta yoninga borsa yo’q,boshqa narsa. Yer ancha o’yilib qolgan. Yana qanaqir tutun ham chiqyapti. Tutun tarqalgach,g’ira-shira 120 kilo osh damlasa bo’ladigan qozonga o’xshash narsa ko’rindi. To’ra aka borib ketmoni bilan bir ikki “ting’illatdi”. Hech nima yo’q. Qattiqroq ham urib ko’rdi. Baribir hech nima yo’q. Endi ketmonini orqa tarafi

Farg'onada tong otguncha

Assalomu alaykum qadri baland qadrdonlarim! Ruhsatlaringiz bilan ancha oldin niyyat qilib qo’ygan postimni yozsam. Bu post faqatgina shaxsan mening fikrim,taassurotlarim asosida yozilgani uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. Shunchaki bir post deb qabul qilgaysiz.    Sentabrda Samarqandga borganimda u yerning odamlari menga yoqmaganligini ijtimoiy tarmoqlarda yozib,ancha muncha ta’na-dashnomlar ostida qolgan edim. Men o’shanda butun boshli Samarqand haqida emas,shahar markazi haqida yozgandim aslida. Lekin buni to’g’ri tushuntirib berolmagandim. O’shanda ikkita-uchta vodiyliklar “Biz tarafga mehmon bo’lib keling, ko’rasiz haqiqiy odamshinavandalikni!”deyishgandi. Albatta boraman deb chap ko’ksimda ba’zida minutiga 70-72 marta urib turadigan joyiga tugub qo’ygandim. Mana qarang-ki, “yaxshi niyat-polovina karova”deyishganidek kechagina Vodiy-Farg’ona safariga borib qaytdi(m)k. Shunchaki safar emas,to’y munosabati bilan!   Ertalab soat 8:00 da Qo’yliq guru(n)ch bozorida yig’il