Pi

  2050-yil. Bahor. Ayni sariq tutga maza kirgan mahal. To’ra aka ketmonini yelkasiga qo’ygancha paxta dalasi tomon ketmoqda. U oddiy ishchi. Abdurasul fermerning yuzlab ishchilaridan bittasi. O’tgan kungi yomg’ir chakki yog’di-da,endi ish yana bittaga ko’paydi. Paxtani “qatqaloq” qilish kerak. To’ra aka o’ziga ajratilgan “gektar”ni sekin, bir boshidan “qatqaloq” qila boshladi. Shunda To’ra akadan uncha uzoq bo’lmagan joyga,osmondan nimadir tushib,yerga shunaqangi urildi-ki,Tora aka 8 metr uzoqq uchib ketdi. “Obboo,yana Komiljonni hotini otvordimi deyman-da”deya hayolidan o’tkazdi. Keyin o’z tomorqasida emas,dalada ekanligi esiga tushib qoldi. Sekin-asta yoninga borsa yo’q,boshqa narsa. Yer ancha o’yilib qolgan. Yana qanaqir tutun ham chiqyapti. Tutun tarqalgach,g’ira-shira 120 kilo osh damlasa bo’ladigan qozonga o’xshash narsa ko’rindi. To’ra aka borib ketmoni bilan bir ikki “ting’illatdi”. Hech nima yo’q. Qattiqroq ham urib ko’rdi. Baribir hech nima yo’q. Endi ketmonini orqa tarafi bilan bir urmoqchiydi, qozonni o’rtasi bo’linib, ichidan bitta odamsifat narsa chiqib kelsa deng. To’ra aka shokda! Nima qilishini bilmay,cho’kallab o’zi bilgan duo-yu,kalimalarini qaytara boshladi. Qozondan chiqqan odamsifat ko’zini chirt yumvolib bir nimalar deyotgan To’ra akani yoniga keldi-da,yelkasiga qo’lini qo’ydi:

-Ko’zingni och ey odamzod,men senga yomonlik qilmayman.
To’ra aka avval chap keyin o’ng ko’zini ochdi. G’alatiroq kiyingan odam. Tap  o’rnidan turdi-da:
-Eee padaringga nalat,tohoratni buzvoray deding-ku! Qozonni ichida nima qilib yurbsan galvars?
-Qanaqa qozon?! Axir bu uchar qozon-ku! Men o’zga sayyoradan keldim. Bu semestr “Yerliklarning hayot tarzi”degan mavzuda kurs loyiham bor. O’shanga amaliyot o’tagani keldim.
-Ko’rinishingdan Jizzaxliklarga o’xsharkansan...
-Qanaqa Jizzax? Men “Sholipahol yo’li” gallaktikasining “221-b” sistemasining “Og’irqoqirqoqirg’a” planetasidan bo’laman.
-Ha,mayli kim bo’lsang ham o’zingga! Nima istaysan mendan? Har qalay mehmon ekansan. Senlarni udumlaringni bilmayman. Nima yeb nima ichishlaaringni ham. Shunga qanaq qilib mehmon qilay seni?
-Ismning nima ey odamzod?
-To’ra!
-Davomichi?
-Qanaqa davomi?
-Ismingni davomi!
-Shu ismim! To’liq ismim- To’ra Chehchavidze Anatolevich. O’zingni isming nima?
- 3,14ha1!
-Shunaqayam isim bo’ladimi vey? Axir bu so’kinish-ku! Mayli, tanishib ham oldik. Ho’sh mehmon nima istaysan?
-Shu desang yerliklarni an’analarini bir o’rganay degandim. 24 soatgina vaqt ajratilganligi uchun,Yer yuzining madaniyat o’chog’i bo’lmish O’zbekistonga qozonimni qo’dirishga qaror qildim. Sendan bitta va yagona iltimos-menga haqiqiy o’zbek to’yini ko’rsat.
- Bor yo’g’i shumi? No problem! Are you able to wait till tonight. We will make it ready...
-Nega boshqa tilda gapiryapsan?
-Iyee uzr mehmon! Shu inglizcha qo’shib gapirish yoshlikdan odat bo’lib qolgan-da. Bizni yoshligimiz o’tgan 2012-2015-yillarda ingliz tilini o’rganish majburiy edi-da. Tarki odat... Do you understand?
-Tushunarli! Demak, 24 soatni ichida bitta to’y ko’rishga ulguramiz-a?
-Hohlasang 12 soatda ena-bola birortasiga uylantirib ham qo’yaman. Qani ketdik bo’lmasa,mehmon Pi... ketdik.


Kech tushdi. To’y boshlandi. To’ra aka bilan Pi... ham to’yga tashrif buyurishdi. Sahnada bir qo’shiqchi “To’y oqshomi xonadonga nur taralib bir zumda...”degan ashulani boshlab qoldi. Pi...:
-Iye bu, ashula aytayotgan Farruh Zokirovmi?
-Yo’g’e! Farruh Zokirovni to’yga obkeladigan darajada boy emas bu yerdagilar.
-Unda qanaq qilib huddi o’ziday aytayapti manabu qo’shiqchi?
-Shuniyam bilmaysanmi? Diskchasi bor buni. Shunday tiqib qo’yadi, bo’ldi. Bu yoqda og’zini qimirlatib turaveradi keyin.
-Ha,fonogramma deng. Bizni darsliklarda yerda fonogramma 2025-yilda butunlay tugatilgan deb yozilgandi-ku?
-Hamma o’qiganingga ham ishonaverma Pi...jon.
-Tushunarli! Chetda kuzatib turgan yigit-qizlar kim To’ra aka?
-Bular shu qishloqni bollari. To’y tomosha qilgani kelishgan.
-O’tirib tomosha qilishsa bo’lmaydimi?
-Bular bundan 2000 yil oldin ham turib tomasha qilishgan,bundan keyin ham shunaqa bo’ladi. Qaysi biriga joy qiberasan bularni?!
-Nega bular orasida yigitlar kam,qizlarga qaraganda?
-Ishlagani ketgan ko’pchiligi. Bir qismi Xitoyga yana bir qismi Rossiyaga...
-Ish ko’p. Oylik yo’q! Oylikni bori ham plastikda.
-Plastigi nima u?
-Plastik ro’paramizda turgan chiroyli qizga o’xshaydi. Ko’rish bor-u,yeyish yo’q. Plastikda pul bor-u,ishlatadigan joy yo’q.
-Nega anavi bola qo’lida lazer bilan ho’v anavi qizni yuziga yorityapti?
-Uchrashuvga chaqiryapti-da!
-Telefon qilib chaqirsa bo’lmaydimi?
-Bo’ladi. Lekin bizni qishloqda hammada Ucell. Antenna yaxshi chiqmaydi.
-Nega dasturxon mayiz,yeryong’oqlarni sochib tashlab ketishgan? Tarelkaga solib qo’yishsa nima qiladi?
-Sen bularda tarelka yo’q ekan deb o’ylama tag’in. Bizda hamma narsa bor. Shunchaki hozir to’y avjiga chiqsa,ichganlar janjal qilishni boshlaydi. Qo’liga ilingan narsani otishga tushadi. Shunga...
-Sizlarda to’ylarda ichish 2027-yilda yo’q bo’lgandi-ku axir?
-Boya nima dedim senga? U kitoblaringga ishonadigan bo’lsang jamoat joyida chekish 2016-yilda yo’q bo’lgan deb ham yozib qo’yaverishadi. Mana qara hamma chekib o’tiribdi-ku!
-Baribir tushunolmadim... Bu qanaqa ovqat?
-Bu palov! Haqiqiy o’zbeklar taomi!
-Qanday tayyorlanadi bu?
-Sen uchib kelgan qozonga o’xshash idishda tayyorlanadi. 70 kilo guruch bilan bitta qo’yni shu qozonga sovoradi. Osh tayyor!
-Ehhee shuncha ovqatni bizda yarim planetaga yetkaza bo’ladi. Nima keragi bor buncha isrofgarchilikni?
-Isrofgarchilik emas bu. Odat shunaqa. Bular ham boshqalarni to’yida yeb qo’ygan. Endi yedirishi kerak.
-Anavi supada to’rda o’tirgan,basavlat kishi kim?
-Umi? Abdujabbor GAI!
-Yoshi kattaligi uchun to’rga chiqvoganmi?
-Qorni kattaligi uchun chiqvolgan!
-Aytgancha so’rash esimdan chiqibdi. Boya men qo’ngan dalada nima qilyotudiz?
-Paxtani “qatqaloq”qilyotudim.
-Haligacha qo’lda qatqaloq qilinadimi?
-Ba’zilar oyoqda ham qiladi. Lekin unchalik samarali emas.
-Texnikani nazarda tutyapman. Moshinada qilsa bo’lmaydimi?
-Bo’ladi. Lekin shuncha ishchi turganda moshinaga pul sarflab nima qilamiz?
-Tushunmadim. Mayli. Nega qo’shiqchi bunaqa qo’shiq aytayapti?
-Qanaqa?
-“Oq ilon oppoq ilon...”?
-Qaynonalarni raqsga taklif qilyapti!
-Ilonni nima aloqasi bor?
-Lomonosovni ximiyaga nima aloqasi bor?
-Lomonosov ximiyani otasi-ku!
-Ilonlarni ham qaynonalarga shunday aloqasi bor.
-Baribir tushunmadim.
-Tushunolmaysan hamda!
-Nega birdan qorong’u bo’lib qoldi? To’y tugadimi?
-O’zi endi boshlandi-ku. Lanati svet o’chdi.
-Har doim shu ahvolmi?
-Ota-bobom esini taniganidan beri. Bo’ldi endi,baribir hech nimani ko’rib bo’lmaydi. Uyga yur,bir kecha mehmonim bo’lasan...


...-Mana bu nima?
-Bu ko’mir!
-Haa,shashlik qilasizlarmi?
-Qanaqa shashlik? Pechka yoqamiz!
-Iyee,gazda yoqmaysizlarmi pechkani. Bizda 2000-yilgacha butun O’zbekiston gazlashtirilgan deb yozilgan-ku.
-Toza jonga tegding-da shu kitobing bilan. Uyingga qaytib borgan o’sha kitoblarinni hammasini otvor. Yo’q,yaxshisi, hammasini yig’ib menga obkel. Qishda ishlatamiz. Boyadan beri aytayapma-ku,kitobdagi hamma narsaga ham ishonib bo’lmaydi...


Tong. Pi... va To’ra aka dalada. Uchar qozon oldida.
-Ho’sh mehmon taassurotlar qanaqa endi?
-2015-yil dadam ham Yerga kelgan edi. Bir olam taassurotlar bilan qaytgandi. Yerni juda ajoyib qilib tasvirlab bergandi bizga. Mana oradan 35 yil o’tib o’zim ham keldim. Huddi dadam tasvirlaganday,hech qanday o’zgarish yo’q.
-Yana 50 yildan keyin sen ham o’g’lingni jo’natsang,u ham huddi shunaqa deb qaytmasa bo’ldi edi.
-Aytgancha,ozgina benzin topiladimi? Hech bo’lmasa Marsdagi zapravkagacha?
-Benzin bo’lganda,metanda yurarmidik galvars!
-Ha mayli,o’zim bir ammallarman. Oygacha yetadi yoqilg’im. Omad va sabr senga ey To’ra. Yaxshi qol!
-Senga ham oq yo’l Pi...jon! Xafa bo’lma-yu,bitta maslahat. Ismingni o’zgartir. O’g’il bolaga bunaqa ism yarashmaydi!
-Men o’g’il bola emasman, qiz bolaman!
-Vooyyy durak!!! Shuni ertaroq aytmaysanmi?
-Nega?
-Kechasi bitta xonada yotdik-ku axir. Voy men baraannn!.. Mayli oq yo’l! Aytgancha,o’z planetangda nima ish qilasan? Kasbing nima?
-Yo’l nazoratida ishlayman.

-Unaqada ismingni o’zgartirma...

Комментарии

Отправить комментарий

Популярные сообщения из этого блога

Эй Худо ишқилиб...

Рустам Капгир — “Очилишни истамаган иш”

Qog'ozbozlik