Rustam "Kapgir"

-Kechirasiz mumkinmi?
-Kelavering,yaxshimisiz do’stim Bahrom? Adashmasam,yoningizdagi kishi mening yangi xonadoshim bo’lsa kerak.
-Haa...
-To’xtang o’zim topaman. Ismningiz nima edi? Ha,ha sizni! Axir bu yerda uchchalamizdan boshqa hech kim yo’q-ku. Buning ustiga men Bahromni ismini bilaman.
-Jamshid Qodirov.
-Xursandman.
Rustam “Kapgir” qo’liga Iphone-6Plus telefonini olida-da,bir nimalarni yoza boshladi. Oraga noqulay sukunat cho’kdi. Bahodir:

-Rustamjon?
-Ming bor ma’zur tutasizlar. Berilib ketibman. Demak,Jamshid siz 1981-yili Surxondaryoning Sariosiyosida tug’ilgansiz,besh yoshligizda suvchechak, to’qqiz yoshligizda bezgak bilan og’rigansiz. Sportning kurash turi bilan olti yoki yetti oy shug’ullangansiz,keyin belingiz singani sababli katta sportdan ketgansiz. Maktabni a’lo baholarga bitirgansiz,hatto bitiruv kechasida maktabiz direktori sizga soat ham sovg’a qilgan. Keyin esa,ToshMIga kiraman deb Toshkentga kelgansiz.Afsuski,kelgan kuningiz bittasi bilan janjallashib uning jag’ini sindirib qo’ygansiz. Natijada,o’sha nusxa ustizdan yozvorgan va siz “Toshturma”da 3 yil-u 8 oy o’tirib chiqqansiz. O’tgan kuni ozodlikka chiqdingiz. Endi esa Bahodir bilan kelganizni hisobga olsak,mening yangi xonadoshim bo’lasiz. Shundaymi?

Jamshid va Bahodirning o’gizlari ochilib qoldi.

-Qayerdan bildingiz shuncha narsani? Sizning ajoyib izquvar ekanligizni eshitgandim-u,lekin bunchalik deb o’ylamagandim. Qayerdan shuncha mahorat?
-Birinchi navbatda oyo’g’izdagi potinka sizni kimligizni sotib qo’ydi. Bu turdagi potinkalar 1997-1999 yillar “Kibo” firmasi tomonidan chiqarilgan. Ammo ko’p o’tmay yopilib ketgan. Shundan kelib chiqadigan bo’lsak,bu potinkani siz qamoqqa tushishizdan oldin ham kiygansiz. Oyoq razmeriz 42 ligiga qaraganda,bu potinkani sotib olganizda siz endigina 18-19 yosh bo’lgansiz. 1999-18=1981 kelib chiqadi...
-Surxondaryolik ekanimni qayerdan bildiz?
-Sabr qiling do’stim! Ozg’in bo’lsangiz ham mushaklaringiz ishgan,qanotlaringiz chiqqan. Demak,qachonlardir sport bilan shug’ullangansiz. Surxandaryoda asosan kurash rivojlangani uchun,siz ham el qatori shu bilan mashg’ul bo’lgansiz. Lekin tik turganizda belizning chap tarafi,dumg’azangizni usti biroz bo’rtib chiqqani hisobga olsak,trenerovka paytida belingiz singan va joyiga solib yaxshi gips qilinmagan. Suvchechakka keladigan bo’lsak,peshonangizda bitta-ikkita chuqurcha bor. Juda eskitdan qolgani shunday ko’rinib turibdi. Buning ustiga bunday chuqurchalar suvchechakni qashlaganda yulib olinishi tufayli qoladi. Bezgak. Gapirganizda chap ko’zingiz pirpirab,og’zingizni o’ng tarafi biroz tortilyapti. Bu bezgakning asorati. Qo’lingizdagi soat 60-70 yillarda urf bolgan “Omega”soati. Remenshogini rangi to’q jigarrangligidan, u sizniki emas,kimdandir sovg’a ekanligini bilish mumkin. Chunki,bu rang 80-yillarni boshida modadan qolgan. Buning ustiga soatning ichiga “EYD” degan yozuv yozilgan, bu 1965-yillarda ta’sis etilgan “Eng yaxshi direktor” nominatsiyasining sovrini. Shundan kelib chiqadigan bo’lsak,buni sizga direktoringiz sovg’a qilgan. Direktorlar esa eng yaxshi o’quvchilarga sovg’a berishadi. O’ng qo’lizdagi barmoqlarga Rim raqamida III,chapdagisiga  VIII qilib yozdirganizdan sizni 3 yil-u 8 oy qamoqda o’tirganizni bilsa bo’ladi. Qamoqda o’tirib ham rangingiz qoraymaganidan,”Toshturma”dan ekanligizni bildim. Yana izohlar kerakmi?
-Qoyilman! Lekin yuqoridagi savolimga javob bermadingiz. Surxondaryodan ekanligimni qayerdan bildingiz?
-Do’stiimm,boshizdagi kokilli do’ppini faqatgina surxondaryoliklar kiyishadi. Bu ularning milliy kiyimi.
Jamshid do’ppisini darxol yechib sumkasiga solib qo’ydi.
-Ho’sh,aytganlarim to’g’rimi Jamshidbek?
-Ha! Surxondaryolik ekanligimni to’g’ri topdingiz qolganlarining esa bari xato.
-Agar siz ismingizni to’g’ri aytgan bo’lsangiz,mening aytganlarim ham to’g’ri!
-Ismning nima aloqasi bor?
-Sizningcha men hamma aytganlarimni kuzatishlarim asosi deb o’yladizmi? Yo’g’eee. Men Jamshid Qodirov deb googlega poisk berdim. Facebook va Odnoklassnikidagi profillarizni chiqarib berdi. O’sha yerga kirib anketa-yu,statuslar va rasmlarizga bir ko’z yugurtirdim. Boshida biroz telefonimga termulib qolganimning sababi shu edi.
-Men ismimni to’g’ri aytdim. Faqat,”Jamshid”dagi oxirgi xarf” d” emas” t” yoziladi. Meterka yozayotgan hotin rus bo’lganligi uchun adashib ketgan.
-Lekin manabu gugldan chiqqan Jamshidning talablariga to’liq javob berar ekansiz. Suvchechak,soat,kurash,qamoq...
-Bu shunchaki tasodif. Men umrimda suvchechak bilan og’rimaganman. Peshonamdagi chuqurchalar esa yoshligimda “bratanlar”sigaret bosishgan. Kurash bilan ham shug’ullanmaganman. Bir biznesmenni uyini o’marayotganimizda ikkinchi qavatdan sakraganman. Lanati toshni ustiga belim bilan tushudim. Shuni asorati bu. “Toshturma”ni ham to’g’ri topdingiz,aytgancha. Buning uchun alohida bosh qotirish ham shart emas lekin. Chunki boshqa qayerga ham qamashardi bizni. Soatni to’g’ri tahmin qildingiz. Maktabimiz direktori doim urshardi meni. Bu soatni shundan “uhlatganman”. Oyoq kiyimni esa qamoqdan chiqayotganimda “paxanlar”sovg’a qilishdi. Potinka sovg’a qilishining ma’nosini bilasizmi? Bu tez orada yana oldimizga qaytib kel degani. Siz meni eslolmadingiz-a o’rtoq Rustam “Kapgir”? 2000-yili fevralda meni sudim edi. O’shanda yemagan somsamga "tushgandim”. Bir naparnigim o’g’irlik payti podstava qilib ketgandi. Mentlar o’shanda faqat meni ushlashgandi. Sudga esa sizni ekspert sifatida chaqirishgandi. Siz bo’lsa,manashunaqa bo’lmag’ur “deduksiyayz”bilan barcha aybni meni bo’ynimga qo’ygandiz. Esladizmi? Shu deduksiya bugun boshizga yetadi.


Jamshid Rustam “Kapgir”ni qorniga pichoqni bir nacha bor tiqadi-da,o’z hohishi bilan “Toshturma”ga boradi. Axir yana qayerda,hech tayinli ish qilmasdan,tekin ovqat va joy topish mumkin) 

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Эй Худо ишқилиб...

Рустам Капгир — “Очилишни истамаган иш”

Qog'ozbozlik