Doimo qalbimizdasan
-O’rningdan
qimirlama bolam, yotaver.
-Yo’q-yo’q
yaxshiman onajon. Shifokor o’rningdan bemalol turishing mumkin dedi.
-Ehtiyot bo’lginda...
Yigit krovatidan
oyog’ini yerga tushirib, qaddini rostlamoqchi bo’ldi. Ammo boshi aylanib ketdi.
-Yotaqolgin
bolam...
-Yo’q men
turishim kerak ona. Yotsam yotib qolaveraman. Shafaqni ko’rmoqchiman, kun
botishini tomosha qilish biram mazza-ki. Samarqandga borganimda tong otishini
ko’rgan edim, endi ufqni ham ko’rmoqchiman.
Yana o’rnidan
turishga harakat qildi. Bu safar o’zini eplay oldi. Ona-bola birga qo’ltiqlashib
tashqariga yo’l olishdi. Koridordan yurib borishar ekan, yo’ldan chiqqan
xamshira-yu, vrachlarning hammasi yer chizib qolishardi. Ertaga unga javob berishadi.
Kasali o’tib ketgan ekan, imkoni bo’lmadi. Bu yog’i endi faqat Ollohdan. Qirq kunga
yaqin davolandi o’ziyam. Bu vaqt davomida unga hammaning mexri tushib qoldi. Ko’ngli
ochiq, sodda, bilimga o’ch yigit edi. Ayniqsa hamshiralar bilan xazillashishni
yaxshi ko’rardi. O’ziga qarayotgan bo’yi kaltaroq, qorachadan kelgan
amaliyotchi-xamshiraga ko’ngli tushib qolgandi. Har kuni ertalab xamshira:
-Islam aka ukolizni
qilib qo’yay-deb shirin jilmayib kirib kelardi.
-Faqat ukol
qilasizmi?!-derdi ayyorano jilmayim.
-Hoo, ko’nglillar
yana nima tusaydi...
-Siz yonimda o’tirsangiz
bas. Boshqa narsa kerakmas.
-Ukol qilib bo’lguncha
yonizda bo’laman-ku. Ha, aytgancha kecha kechqurun Zakovat ko’rdim. Zo’r
savollar o’ynaldi, xozir bitta savol esimda qolgandi sizga aytaman, qani
toparmikansiz...
-Kerakmas, men
hammasini javobini bilaman.
-Qayerdan
bilasiz?
-Zakovatdagi
hamma taniyman-ku men.
-Yolg’onchi. Qayerdan
taniysiz?
-Taniyman-da!
-Sizni ham
tanishadimi?
-Bilmadim,
tanishsa kerak.
-Anu, bo’yniga
medal taqvolgan kattasi bor-ku, o’shani ham taniysizmi?
-Eee u Bobur aka-ku!
Albatta taniyman, bir lagandan birga osh yeganmiz axir. Mana qarang.
Telefonini olib,
birga tushgan rasmlarini ko’rsata boshladi. Qiz bir noyob yangilik ko’rgandek,
ko’zlarini uzmasdan, zavq bilan tomosha qilardi.
-Islam aka siz
nega o’ynamagansiz televizorda?
-Ko’rib
turibsiz-ku, ahvolimni, buning ustiga kalla bum-bum-deb boshiga urib qo’ydi.
-Aldamang, juda
ko’p kitob o’qiysiz-ku...
Shu mahal
palataga navbaatchi vrach kirib keldi.
-Siz haliyam ukol
qilib bo’lmadizmi? Boshqalar kutib qolishdi-ku, qani bo’ling tez. Muloyim ammo
amrona ohangda gapirdi. Hamshira ukolini qildi-da tezda chiqib ketdi.
***
...-Onajon yuring
sal nariroqqa boraylik. Huuv ana o’tloqda o’tirib tomosha qilamiz.
-U yerga
borguncha charchab qolasan-da, shu yerdan tomosha qila qol.
-Boraqolayliik...
Sekin o’tloq tomon
yurib ketishdi...
***
Bir necha yildan beri kasal edi. Ammo dardini
birovga bildirmas, yuzidan tabassum arimas, faqat oxirgi paytlarda ahvoli ancha
og’irlashib qolgan edi. Shunday bo’lsa ham tushkunlikka tushmas, faqat olg’a
intilardi. Bir qo’lida kapelnitsa bo’lsa, ikkinchisida albatta kitob turardi. Juda
ko’p o’qirdi. “Qo’y shu kitoblaringni, boshingni og’ritib nima qilasan?”
deyishsa “Yo’q, ertaga Toshkentga borsam kerak bo’ladi” derdi. Ozib ketgandi
bechora. Qovoqlari osilib-kirtayib qolgandi. Faqat tabssummi o’sha-o’sha,
yoqimli. Ko’zlari ham o’zgarmagan, chaqnab turardi. O’zi boshqa olam, ko’zlari
boshqa olam edi.
***
-Shu yerga o’tira
qolaylik Ona. O’tirishdi. Havo biroz salqin bo’lgani uchun ona ustigi kiyimini
o’g’lining yelkasiga tashladi.
-Ko’ryapsizmi qanday
chiroyli, Ona. Quyosh ufqqa bosh qo’ymoqda... Huddi men kabi...
-Unaqa deb
yuragimni siqma bolam. Hali to’ylar qilamiz, farzandlaringni ham o’zim katta
qilaman...
Islam engashib,
onasining oyog’iga bosh qo’yib, g’arb-ufqqa yuzlanib yotdi.
-Men o’zimni ichimda
nimalar bo’layotganini bilaman-ku axir, Ona.
-Sen yomon
hayollarga bormagin, Xudoyim xohlasa imkonsiz narsaning o’zi yo’q. Sog’ayib, ko’rmagandek
bo’lib ketasan hali.
-Insholloh!
Quyoshning
deyarli yarimi botib bo’ldi. Osmon qizg’ish tus oldi. Demak, ertaga kun ochiq
bo’ladi.
-Ona, tarvuz
yegim kelyapti.
-Tarvuz deysanmi
bolam?! Xozir ukangga qo’ng’iroq qilaman, olib keladi. Ona cho’ntagidan
telefonini olib, kichkina o’g’liga bir nimalar dedi.
-Ana, xozir olib
kelarkan, bolam. Yur endi ichkariga kira qolaylik. Havoyam salqinlab qoldi.
-Yana biroz...
bizorgina yotay. Aytgancha, bahorda tarvuzni qayerdan toparkan?
-Xozir hamma
narsaning iloji bor-ku bolam, topadi-da. Topaman dedi-ku.
-Ha, hamma
narsaning iloji bor. Ammo... o’limning iloji yo’qda...
-Yana boshlama
bolam...
-Ho’p-ho’p
jimman.
-Undan ko’ra
gapir, anavi qoracha xamshira qiz senga yoqadimi? Shuni kelin qilamizmi?
Islamning oppoq
yuzlariga birdan qizillik yugurdi.
-Yo’g’ee, kim
aytdi buni sizga?!
-Birov aytishi
shart emas, ko’zlaringdan bilinib turibdi-ku.
-Qo’ysangizchi...
biroz jimlikdan so’ng, Komila yaxshi qiz-deb qo’ydi.
***
-Endi nima bo’ladi
do’xtir?
-Qo’limizdan
kelganini qildik. Afsus, bu yog’i Xudodan. O’g’lingizni ertaga uyga olib
ketishingiz mumkin, yaqinlari bilan birga bo’lsin. Bu ukol-u dorilardan ko’ra
shu foydaliroq unga.
***
-Ona, sizdan bir
narsa so’rasam xafa bo’lmaysizmi?
-Nega xafa bo’larkanman
bolam, ona ham farzandidan xafa bo’ladimi hech?!
-Faqat gapimni
oxirigacha eshiting.
-Gapiraver,
quloqlarim senda...
-Doxtir nima
deganini men yaxshi bilaman...
Onaning ichidan
bir narsa uzilgandek bo’ldi.
-...ha, bilaman. Vaqti
soatim yetganini o’zim ham sezib yuribman, lekin yashashni xohlayman Onajon,
yashashni. Hali qilishim kerak bo’lgan ishlar ehhe qancha...
-Yashaysan bolam,
yashaysan...
-Sizdan bir
narsani iltimos qilaman, agarda men o’lsam, qattiq kuyunmang. Mayli, biroz ko’zyosh
to’king, ammo o’zingizni qiynamang. Xozir meni bu hayotda faqat shu narsa
ushlab turibdi. O’zi shuncha qiynaganim yetar sizlarni...
-Unaday dema
bolam!
-Eshiting Ona,
shuncha qiynaganim yetar, ketsam ham azob chekishlarizni istamayman. Axir men
bu yerdan ko’ra yaxshiroq olamga ketayapman-ku, to’g’rimi?
-Albatta bolam, Xudoyimning
marxamati keng. Jannatning eng yuqorisi... Gapi bo’g’ziga tiqilib qoldi.
-Axir, Xudo
suygan bandalarini erta oldiga chaqirib oladi deyishadi-ku, to’g’rimi Ona?!
Ona boshqa chiday
olmadi. Ko’zidan yoshlar quyilib chiqa boshladi.
-Axir, Ona vada
berdingiz-ku, hali ketmasimdan shunday qilsangiz...
-Bo’ldi bolam, bo’ldi,
mana yig’lamayapman. Ona ko’zlarini yengiga arta boshladi. Qani endi ko’z
yoshlari tugay qolsa.
-Ona, men u
yoqdan sizlarni doim kuzatib turaman. Ha, ha, hammangizni kuzatib turaman. Iloji
bo’lsa, tushlaringizga ham kiraman. Faqat meni unutib yubormaysizlar-a?
-Yo Xudo, shuning
dardini menga bersang bo’lmasmidi-deb nola qila boshladi.
-Unday demang
Ona! Sizga biror nima bo’lsa men chiday olmayman, nargi olamda ham tinch
yurolmayman. Qaytarib oling gapingizni.
-Bo’ldi qaytarib
olaman, bolam. Tur endi ichkariga kiraylik.
-Xozir, quyosh
oxirigacha botsin. Quyosh botdi. Uning qizg’ish nurlari osmonni yoritib
turardi.
-Ona menga vada
berasiz-a?
-Vada beraman,
bolam, vada beraman.
-Qulog’imga
ayting ona.
Ona engashib
qulog’iga:
-Vada beraman
bolam, boshqa yig’lamayman-dedi. Ammo ko’zidagi yoshlar Islamning qulog’iga
tushdi. Islam yana o’sha nim tabassumini qildi-da:
-Ehh Onalar,
Onalar! Nega hammangiz bir xilsiz-a?! Qulog’izni tuting, men ham bir gap
aytayin.
Ona sochlarini to’g’irlab,
ko’z yozlarini yana bir qayta artdi-da, qulog’ini tutdi. Butun vujudi quloqqa
aylangan edi.
-Ona, menga Kamola
yoqadi...
-Voy bolam-e,
hali tuzalib ketsang katta to’y qilamiz dedim-ku.
-To’y qilamiz, to’ylar
qilamiz... Islamning yuzidan yana rang qochdi. Lablari pirpiray boshladi.
-Nima deyapsan
bolam, eshitmayapman. Ona quloqlarini o’g’lining og’zigacha obordi.
-Ashhadu alla
ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasulohu...
-Bolaaamm...
***
Ertasi tongga
chiqarishdi. Ochiq havodan darak bergan kechagi ufq ham yolg’onchi bo’lib
chiqdi. Qabristonga olib ketishayotganida maydalab qor yog’a boshladi. Osmonda esa
birgina bulut suzib yurardi...
ex Xudoyim(((
ОтветитьУдалитьJoyi jannatdan bo'lsin!
ОтветитьУдалить😢😢😢
ОтветитьУдалитьolloh o'z raxmatiga olsin ko'zda yosh bilan o'qidim.
ОтветитьУдалитьolloh o'z raxmatiga olsin ko'zda yosh bilan o'qidim.
ОтветитьУдалитьAlloh onalariga sabr bersin...😭
ОтветитьУдалитьJoying jannatda bölsin !
ОтветитьУдалитьAlloh gunohlarini mag'firat qilsin, yaxshi amallarini o'zi bilan birga qilsin.
ОтветитьУдалитьDo'stim, anchadan beri sizdan bunaqa ta'sirli blog o'qimagandim. Birodarimizni joylari jannatda bo'lsin
ОтветитьУдалитьСунги сузлари хак сузлар булибти ИНШАЛЛОХ жаннати
ОтветитьУдалить������ Joylari jannatdan bõlsin
ОтветитьУдалить