Goliaf


 Inson ruhiyatining shakllanishiga
siz bilan biz e'tibor bermaydigan
omillar ta'sir ko'rsatadi.

Zigmund Freyd

Yan juda nimjon bo’lib tug’ilgandi. Ikki yoshga kirsa ham, hali tili chiqmaganidan otasi Stefan va onasi Anna xavotirga tushib qolishdi. Bolalar shifokoriga murojat qilishdi. Shifokor buning sababini bolaning asab tizimi zo’riqqanligi va nimadandir qattiq qo’rqqanidan deya izohladi. Bu o’tkinchi ekanligini, ma’lum bir vaqtdan so’ng o’tib ketishini aytdi. Agarda imkoni bo’lsa, bolaga gapiradigan to’ti olib berishlarini so’radi. Bu uning nutqi rivojlanishida yordam beradi dedi.
Stefan qariyb ikki hafta butun Pragani aylanib, gapiradigan to’ti topa olmadi. Bugun ham tushkunlikka tushib uyiga qaytar ekan, yo’lda bir otaxonning bankada nimadir sotayotganini ko’rib qoldi. Otaxon baqirib: “Tilla baliqchlar bor. Uyingizga baxt, omad, boylik olib keladi. Obqoling... Bittagina goliafim ham qoldi. Xuddi bulbuldek sayraydi...Obqoling...”derdi.
Stefan yaqinroq borib qaradi. Bitta bankada tilla baliqlar, yana bittasida jirkanch qurbaqa turardi. Uyga quruq qo’l bilan qaytgisi kelmay, bankadagi barcha tilla baliqchalarni sotib oldi. Ortga o’girilib, ikki qadam ham tashlamagan edi-ki, boyagi chol uning yengidan ushlab qoldi:
- Bittagina goliafim qoldi. Iltimos, obketing. Ikki chaqa bersangiz yetadi - deya zorlana boshladi. Stefanning ko’ngli bo’lmadi. Ikki chaqa berib goliafni bankasi bilan sotib oldi.

 Uyiga borar ekan, qurbaqani nima qilishini o’ylab borardi. Uyi yonidagi bog’ga qo’yvorsinmikan yoki yo’l yoqasidagi ko’lga tashlab ketsinmi? Shu xayollar bilan qanday qilib uyiga yetib kelganini bilmay qoldi. Eshikni ochar-ochmas xotini Anna va hamma bolalari (Yandan oldin uning yettita farzandi bor edi) oldiga yugurib chiqishdi:
- Dada, dada, Yan gapirdi. Aya dedi.
Hammasi birdaniga chug’urlashib gapiryotgaligi uchun Stefanning boshi gangib qoldi. Tushindi-ki, Yan gapiribdi. O’zi bilan olib kelgan tilla baliqchalarning har birini alohida bankaga solib, farzandlariga bo’lib berdi. Kenjasi Yanga esa baliqchalar yetmay qolgani uchun goliaf-qurbaqani berdi.

   Oradan ko’p o’tmay, Yanning aka-yu opalariga tegishli baliqlar o’lib qola boshladi. Sabab, bola bo’lganliklari uchun baliqning suvini almashtirish, vaqtida ozuqasini berish esdan chiqar edi. Baliqlar esa och qolganini egasiga ayta olishmasdi. Yanning qurbaqasi esa, aksincha, borgan sari kattalashib borardi. Sotuvchi chol aytganidek, juda sayrashni qoyillatar, ayniqsa, och qolganida butun uyni boshiga ko’tarardi. Biror yoqmaydigan narsa bo’ldi deguncha vaqillab hammani oyoqqa turgizardi. Bir safar kuchuklari uyga kirib qolib, Yanning goliafiga tashlanmoqchi bo’lganmi nima balo, qurbaqa chunonam vaqilladi-ki, uydagilarning yuraklari o’ynab ketdi. Shundan keyin qurbaqaga Siren deb nom berishdi (Sirena-qadimgi yunon ilohasi Geraning qarg’ishiga uchragan amfibiyalar edi. Ularning ovozi odamni o’ziga tortar, lekin yaqinlashsang, o’zlari bilan suv qariga tortib ketar edi). Bunaqa voqealar juda ko'p bo'ldi. Hammasida Siren o'z "aytganini" qildirar edi. Vaqt o’tgan sari Yan ham o’z haqini bermaydigan, dangalchi, cho’rtkesak bo’lib ulg’aya boshladi.

Yan 1934-yili Prosteyovadagi uchuvchilar tayyorlash maktabiga hujjat topshirdi. Ko’zining ko’rish quvvati pastligi sabab qabul qilinmadi. Shunda u Granitsedagi zaxiradagi ofitserlar tayyorlash maktabiga o’qishga kirdi. U yerga o’zining Sirenini ham olib bordi. Endilikda qurbaqasining kattaligi 30 santimetrga yetgan, haqiqiy goliaf edi (Keyinchalik bildi-ki, qubaqasi “Paedophryne amauensis” turiga kirib, kattaligi 32 santimetrdan oshadigan qurbaqa-goliaf ekan).

O’quv-mashg’ulotlari bilan bo’lib, Yan goliafiga ba’zida qarashni ham unutardi. Shunday vaqtlarda, Siren bor ovozi bilan vaqillab butun kazarmani boshiga ko’tarar va bu uning safdoshlariga yoqmas edi. Ayniqsa, o’zini oliymaqom hisoblaydigan Shubert ismli nemis safdoshi: “Biror kun shu qurbaqangni o’ldiraman” - deb dag’-dag’a qilardi.
Shunday ham bo’ldi. Har doimgi o’quv-tayyorgarlik mashg’ulotidan qaytgan Yan qurbaqasini karovati tagidan o’lik holda topdi. Buni Shubert qilgani shubhasiz. Chunki kazarmada Shubert navbatchi edi. Yan indamadi. Lekin ichida nimadir uzilib, o’rniga qandaydir toshga o’xshash narsa egallaganini his qildi. Bu qasos hissi edi.
Keyinchalik o’qishni bitirib, tibbiyot institutiga o’qishga kirganida ham nafaqat Shubert balki butun nemis xalqiga bo’lgan adovati so’nmagan edi.

1939-yil Chexoslovakiya davlati o’z mustaqilligining bir yilligini nishonlayotgan bir vaqtda nemis natsistlari Chexiyani qo’lga kiritgan edi. Nemislar davlatni egallashi bilan har xil bo’lar-bo’lmas sanksiyalarni joriy qildi. Ayniqsa, yoshlarga hech qanday huquq, hatto mustaqil ta’lim olish huquqini ham bekor qilishdi. Barcha tushkunlikda. Hech qanday chora ko’rishning imkoni yo’q. Bunga hech kimning jur’ati ham yetmasdi. Shunda Yan “portladi”. O’ziga o’xshash talabalarni yig’ib natsistlarga qarshi kurashga chorladi...

1939-yil 16-noyabr Praga shahri talabalari va domlalari Chexoslovakiya davlatining ta’lim tizimiga qarshi demonstratsiya bilan chiqdi. Okkupantlar qo’shinni ishga solib, demonstratsiyani bostirishdi. Bu bostirishda tibbiyot instituti talabasi Yan Opletal otib tashlandi. Natijada buqarshilikning kuchayishiga olib keldi. O’nlab joylarda bosh ko’tarishlar boshlandi. 17-noyabr kuni tongda nemislar barcha talabalar yotoqxonalarini qurshab oldilar. 1200 dan ortiq talaba hibsga olindi va konslagerlarga jo’natildi. Faol 9 ta talaba qatl qilindi.

Oradan uch yil o’tib, 1942-yili Londonda natsizmga qarshi kurashgan talabalarning Xalqaro yig’ilishi bo’lib o’tdi va 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni”deb e’lon qilindi.

P.S. Agar o'shanda Stefan gapiradigan to'ti topganida, balki Yan ham to'ti kabi o'zgalar gapini qaytarishdan nariga o'tmasmidi...


Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Эй Худо ишқилиб...

Рустам Капгир — “Очилишни истамаган иш”

Qog'ozbozlik