Сообщения

Сообщения за февраль, 2016

Sog'inch.Chaqaloq.Obi hayot

Rashidjonning olamdan o’tganiga yaqinda bir yil to’ldi. Bevasi Odinaxon qo’lidan kelgancha barcha rasm-rusmlarni ado etdi. Qarindoshlari ham qarab turishgani yo’q. Baraka topishsin hammasi. Bechora eri yosh ketdi. Endigina qirq uchga kirgandi. Odinaxon u bilan o’tgan umriga hech ham achingan emas. Bariga shukr qilib yashadi. Hayotning o’ziga yarasha qiyinchiliklarini birga yengishdi. Qancha-qancha niyatlarini amalga oshirishdi. Amalga oshmagan orzulari ham bisyor edi. Nima ham qilardi. Taqdir ekan. O’lim haq. Oshxonada xontahta yonida o’tirib shularni hayolidan o’tkazar ekan,eshikdan o’g’li kirib keldi: -Assalomu alaykum oyijon. Yaxshi o’tiribsizmi? -Vaalaykum assalom bolam. Yaxshiman. Shu mahalgacha o’zing qayerda yuribsan? -O’rtoqlarim bilan ko’chada o’tirgandik. -Bir og’iz aytib ketsang bo’lmaydimi? Sendan havotirlanib o’tiribman axir. -Nega havotirlanasiz?! Yosh bola emasman-ku. Mayli,men charchadim. Xonamga kirib uxlayman. Siz ham yaxshi dam oling. -Ovqatlanmaysanmi?

Rustam "Kapgir"yana ishda!

...Jamshid Rustam “Kapgir”ni qorniga pichoqni bir nacha bor tiqadi-da,o’z hohishi bilan “Toshturma”ga boradi. Axir yana qayerda,hech tayinli ish qilmasdan,tekin ovqat va joy topish mumkin ...    Bularning barchasi Jamshidning miyyasida ro’y berayotgan edi. To’g’ri u Rustam “Kapgir” tufayli qamoqqa tushdi,lekin hozir o’ch olishning mavridi emas. Kallani ishlatish kerak,kallani. O’zicha hayolida bir nimalarni rejalashtira boshladi... -Demak,mening aytganlarimning barchasi to’g’ri chiqdi shundaymi? -Albatta Rustam aka! -Bundan keyin meni Rustam aka demang iltimos. Rustam “Kapgir”deng. -Nega “kapgir”? Rustam deraza tarafga o’girildida boshining orqa qismini ko’rsatdi: -Ko’rayapsizmi Jamshidjon manabu  yerning tekkisligini. Xuddi “kapgir”ga o’xshaydi. Sizningcha bu yer nega tekkis bo’lib qolgan? -Yoshligizda beshikda ko’p yotgan bo’lsangiz kerak-da... -Ho’sh-ho’sh...davom eting. -Demak,ko’p farzandli oiladan bo’lsangiz kerak. Kenja farzandsiz.Ota-onanizni mexri boshq