Rustam "Kapgir"yana ishda!
...Jamshid Rustam “Kapgir”ni qorniga pichoqni bir nacha
bor tiqadi-da,o’z hohishi bilan “Toshturma”ga boradi. Axir yana qayerda,hech
tayinli ish qilmasdan,tekin ovqat va joy topish mumkin ...
Bularning barchasi Jamshidning miyyasida ro’y berayotgan
edi. To’g’ri u Rustam “Kapgir” tufayli qamoqqa tushdi,lekin hozir o’ch
olishning mavridi emas. Kallani ishlatish kerak,kallani. O’zicha hayolida bir
nimalarni rejalashtira boshladi...
-Demak,mening aytganlarimning barchasi to’g’ri chiqdi
shundaymi?
-Albatta Rustam aka!
-Bundan keyin meni Rustam aka demang iltimos. Rustam
“Kapgir”deng.
-Nega “kapgir”?
Rustam deraza tarafga o’girildida boshining orqa qismini
ko’rsatdi:
-Ko’rayapsizmi Jamshidjon manabu yerning tekkisligini. Xuddi “kapgir”ga
o’xshaydi. Sizningcha bu yer nega tekkis bo’lib qolgan?
-Yoshligizda beshikda ko’p yotgan bo’lsangiz kerak-da...
-Ho’sh-ho’sh...davom eting.
-Demak,ko’p farzandli oiladan bo’lsangiz kerak. Kenja
farzandsiz.Ota-onanizni mexri boshqa farzandlariga bo’linib ketganidan sizga
deyarli e’tibor berishmagan. Doim beshikda yotgansiz. O’shanga boshizning orqa
tarafi shunaqa tekkis.
-Qoyil! Lekin noto’g’ri. Siz huddi oddiy odamlar kabi
o’yladingiz. Boshqa mayda detallarga e’tibor bermadingiz. Siz avvalo boshimning
shu qismidagi sochlarning siyrakligiga,ayniqsa kaftdek joyining salgina
bo’rtganiga e’tibor berishingiz kerak edi. Aslida boshimning bu qismini
tekisligi yoshligimda ko’p kaltak yeganimga. Mahallamizdagi kattaroq bollarning
hammasi aynan shu joyimga bir shapaloq tushirib ketardi...
Shu payt telefon jiringlab qoldi.
-Rustam “Kapgir”eshitadi. Ha...ha. Albatta...15 daqiqadan
keyin o’sha yerda bo’lamiz...sog’ bo’ling. Qani ketdik Jamshidjon,bizning
hamkorlikdagi birinchi ishimiz boshlandi.
-Qayerga?
-Politexnika Universitetiga. U yerda jinoyat sodir
bo’libdi. Mayor Qo’ziyevning aytishi bo’yicha,mening yordamimga muhtoj ekan.
Sizning ham foydangiz tegishi mumkin,axir mol do’xtiri bo’lib ishlagansiz-ku...
-Qayerdan bildingiz buni?
-Boshqa safar tushuntirib berarman. Hozir yo’lga
chiqaylik qani...
Politexnika Universiteti Mexanika fakulteti,216-xona.
-Ana u jinnini kim bu yerga chaqirdi?
-Kimni o’rtoq polkovnik?
-Ana kelyapti-ku,Rustam “Kapgir”nida!
-Kechirasiz,men chaqirgandim. Bu jinoyat juda ham sirli
tuyuldi menga. Bunday ishlarni yechishda Rustam “Kapgir”ga yetadigan yo’q
shahrimizda.
-Boshingiz bilan javob berasiz bu ish uchun. Agar biror
nima bo’lsa,qamchi sizning bo’yningizda sinadi,aytib qo’yay.
-Huddi shunday o’rtoq polkovnik!
-Qani,qani nariroq turilar. Menga halaqit bermanglar. Xonani
ko’zdan kechirib chiqishim uchun besh daqiqa yetadi-deya Rustam “Kapgir”ichkariga
kirib ketdi.
Uch daqiqa o’tar-o’tmas chiqib:
-Mayor Qo’ziyev,nega meni chaqirdingiz ahir bu oddiy
qotillik-ku!
-Bir qarashda shunday. Aslida esa...
-Qani,bafurjaroq gapiringchi.
-Hullas,bu xona “Mashinasozlik texnologiyasi”fanidan dars
beradigan Jo’rayev Musulmon degan insonniki.
-Xona kimga tegishli ekanligini juda yaxshi bilaman o’rtoq
Qo’ziyev. Axir men ham shu fakultetda,aynan shu insonning kafedrasida o’qiganman.
-Ha-ya,esim qursin. Demak, huddi shu yo’nalishda tahsil
olayotgan 3-kurs talabasi Abdurahmonov Sheralining jasadi aynan shu xonadan
topilgan. Devorga qon bilan “meni Musulmon aka o’ldirdi”deb yozilgan. Gumondorning o’zi esa buni inkor qilmoqda.
-Yigitni o’ldirishganiga qancha bo’lgan?
- O’n to’rti-o’n olti soat. Kecha tushlikdan keyin soat 15
larda o’ldirilgan. Jasadni ertalab xonani yig’ishtirgani kelgan ayol ko’rib
qolgan.
-Musulmonni o’zi nima deyapti?
-Kecha soat 14:00da fakultetdan chiqib,to’g’ri Chilonzorga
borganini aytmoqda. Ammo isbot yo’q. U yerda nima qilgan,kim bilan
uchrashganini ham aytmadi.
-Men u bilan uchrasha olamanmi?
-Albatta. Marhamat ortimdan yuring. Kechirasiz yonizdagi
kim?
-Bu mening yangi sherigim. Jamshid “Cho’mich”!
-Menga “Cho’mich” laqabi yoqmaydi. Ruhsat bersangiz o’zim
tahallus topsam. Birorta qo’rqinchliroq. Odamni hayratga soladigan. Masalan:
oybolta,kuvaldami...yoki qora qanotmi?
-Bo’lmaydi,do’stim Jamshidjon. Sizning laqabingiz
menikidan o’tishi kerak emas. “Kapgir va cho’mich” bu esda qolarli har holda. Demak,bugundan
boshlab “Cho’mich”siz.
Xonaga kirishdi.
-Men aybdor emasman-dedi ko’zlari qizarib ketgan Musulmon.
-Hovliqmang o’rtoq Jo’rayev,buni vaqt ko’rsatadi. Meni tanidingizmi?
Musulmon nimanidir eslashga harakat qilib Rustam “Kapgir”ga
tikilib qoldi. Va birdan:
-Rustamjon!-deb quchoqlab olish uchun o’rnidan turgan
edi,Rustam “Kapgir” qo’li bilan joyiga o’tirish ishorasini qildi:
-Men endi avvalgi Rustam emasman. Men siz qilgan jinoyat
bo’yicha konsultatsiya berish uchun chaqirilgan izquvarman. Shunday ekan meni
savollarimga javob bering. Yigitchani nega o’ldirdingiz?
-Men o’ldirmadim uni!
-Kim o’ldirdi unaqada?
-Men qayerdan bilaman?!
-Axir jasad sizning xonangizdan topilgan-ku,buning ustiga
devorga katta qilib qon bilan “meni Musulmon aka o’ldirdi”deb yozilgan bo’lsa. Kecha
soat 14:00 va 15:00 lar orasida qayerda edingiz?
-Chilonzorda.
-Nega borgan edigiz u yerga?
Musulmon javob bermadi.
-O’ynashizni oldiga borgansiz shundaymi? Ko’ylagiz va
shimizning g’ijimligiga qaraganda haliyam uylanmagan ko’rinasiz. Tishlaringizda
esa nos donachali borligidan bugun ertalab tishizni yuvmaganizni bilsa bo’ladi.
Siz kabi doim tishiga e’tibor beeradigan odam nega bunday qilishi mumkin? Sabab:siz
boshqa joyda tunagansiz. Yoqangizga yopishib tursan uzun soch ham bundan
dalolat beradi. Ho’sh ayting kecha qayerda va kimnikida ediz? Axir men sizga
yordam bermoqchiman.
-Boshqalar chiqib turishsin-deya iltimos qildi Musulmon. Hamma
gapni Rustamning o’ziga aytar ekan.
Ichkarida 15-20 daqiqacha bir nimalar haqida gaplashgan “Kapgir”
xonadan chiqdi-da, Qo’ziyevga:
-Kechga men sizga telefon qilaman. Uning aybdor yoki
aybsiz ekanligini aytaman. Shunga qarab ish qilasizlar. Ketdik,”Cho’mich”...
U dekanatga ikki daqiqaga kirib chiqdi-da,keyin ketdik. Metroga
tushdik. Peresadka qilib Chilonzor bekatiga keldik. Yer ostidan
chiqayotganimizda “Kapgir” tashqarida melisani yonida turgan ahlat idishni tita
boshladi. Men hijolat bo’lib sal nariroqqa ketdim. Birozdan so’ng u nimadandir
xursand yonimga keldi-da:
-Qani ketdik 19-kvartalga dedi.
-Nega u yerga boryapmiz o’zi?
-Musulmonning o’ynashinikiga.
-Baribir bu yog’iga taksida ketar ekanmiz,Beruniyni o’zidan
taksiga minsak bo’lmasmidi?
-Yo’q do’stim. Buning sababi bor. Keyinroq tushuntirib
berman.
Aytilgan manzilga yetib keldik. “Kapgir”meni tashqarida
kutib turishimni so’radi-da o’zi ichkariga kirib ketdi. Yarim soatlardan so’ng
mamnun holda chiqdi-da:
-Qani ketdik do’stim “Cho’mich”. Ish bitdi dedi.
Biz kvartiramizga yo’l oldik. Kela solib Rustam “Kapgir”
kravatga o’zini tashladi-da,soat 18-20 da uyg’otishimni so’rab,uyquni “bervordi”.
Vaqt yetgach meni uni uyg’ondim. U o’rnidan turib telefonini oldi-da:
-O’rtoq Qo’ziyev,Jo’rayev Musulmon aybdor. Unga qarshi
bemalol jinoiy ish qo’zg’ashingiz mumkin-deb telefonini o’chirdi.
-Nega bunday qarorga keldingiz?
-U aybdor emas. Talaba o’zini o’zi o’ldirgan!
-Qanday qilib? Tushuntiring menga ham iltimos.
-Avval boshidan aytay sizga. Ertalab eshitganningizdek
men ham shu fakultetning aynan shu yo’nalishida o’qiganman. Musulmon bizga ham
dars bergan. Hamma bollarni ezardi. Sessiya payti bilimi bordan ham,bilimi yo’qdan
ham bir tekkis pul yig’ardi. O’shanchun laqabi “Kombayn”edi. Pul bermaganlarni
o’qishadan haydataman deb qo’rqitardi. Qisqa qilib aytadigan bo’lsam yaxshi pedagog
emasdi...
-Bola o’zini o’zi o’ldirganini qayerdan bildingiz?
-Xona kirganimda,avvalo jasadning yotishiga e’tibor
berdim. U oyoqlari biroz yig’ilgan holda edi. Bundan kelib chiqadi-ki,u jon
taslim qilgunicha cho’kkalab turgan va yiqilgan.Pichoq ham tanaga oxirigacha
kirmagan edi. Yigit o’ziga pichoqni sanchgan-u,oxirigacha tiqa olmagan. Buning ustiga
uning o’ng qo’lining ko’rsatgich barmog’i kesilgan edi.
-Axir u devorga qon bilan yozgan-ku!
-Devorga qon bilan yozish uchun barmog’ini kesish
shartmi? Musulmon qorniga tiqqan pichoqni sug’urib olib,barmog’ini kesib yana
joyiga tiqib qo’yganmi?! Mantiqsizlik bu! Buning ustiga qornidan oqayotgan qon
bilan ham yozsa bo’lardi. Metroga tushgunimizcha men uning elektron baholarini
ko’rdim. Bilsangiz hozir hamma “Modul tizimi”ga o’tgan. Hamma baholar elektron
holda qo’yiladi va yuritib boriladi. Uning elektron jurnaldagi parolini
dekanatga kirganimda olgan edim. Marhumning esa Musulmonni fanidan boshqa hamma
baholar besh ekan. Faqat u qo’ymagan. Shundan kelib chiqadi-ki, bola Musulmonga
so’ragan pulini bermagan yoki berishga imkoni bo’lmagan. Oxiri nima qilishini
bilmay,to’yib ketganidan o’z joniga qasd qilgan va uni aybdor qilib ketishni
rejalashtirgan. Irodasiga qoyil!
-Tushunarli. Musulmon aybdor emasligini bilar
ekansiz,nega unda Chilonzorga bordik? Bunga hojat yo’q ekan-ku?
-Yo’q, bor edi. Men Musulmon bilan holi gaplashganimda u
menga Chilonzorga o’ynashinikiga borganini,yo’lda metrodagi paynet bankomatidan
foydalanganini aytdi. Boya Chilonzor bekatidan chiqqanimizda bankomatga e’tibor
berdim,uning yonida ahlat chelak yo’q edi. Demak,Musulmon bankomatdan chiqqan
chekni qayergadir tashlashi kerak edi. Keyin tashqaridagi ahlat qutini titdim. Va
qidirganimni topdim.
U chon’tagidan paynet chekini chiqarib ko’rsatdi.
-Bu chekda aniq vaqt ko’rsatilgan-deya davom etdi “Kapgir”.
Bu esa uni hukmdan qutqarib qolishi mumkin edi. 19-kvartaldagi “suyuq” esa
uning foydasiga guvohlik berishi mumkin edi. Men esa uning oldiga borganimizda,uni
bu ishni qilmasligiga ko’ndirdim. Ozgina pul berdim va qo’rqitib qo’ydim.
-Nega axir? Nima uchun begunoh odamni qamalib ketishini
istayapsiz? Bu adolatsizlik-ku!
-Adolatsizlik? Sizningcha 20 yil bolalardan tamagirlik
qilish adolatdanmi? Bitta talabani o’limiga sabab bo’lish adolatdanmi? Axir yosh
yigit o’z jonini adolat uchun qurbon qilmadimi? Shunday ekan biz adolatning
egri ko’rinishidan foydalandik. U qamalsagina xaqiqat qaror topadi...
Комментарии
Отправить комментарий