Sog'inch.Chaqaloq.Obi hayot
Rashidjonning
olamdan o’tganiga yaqinda bir yil to’ldi. Bevasi Odinaxon qo’lidan kelgancha
barcha rasm-rusmlarni ado etdi. Qarindoshlari ham qarab turishgani yo’q. Baraka
topishsin hammasi. Bechora eri yosh ketdi. Endigina qirq uchga kirgandi.
Odinaxon u bilan o’tgan umriga hech ham achingan emas. Bariga shukr qilib
yashadi. Hayotning o’ziga yarasha qiyinchiliklarini birga yengishdi. Qancha-qancha
niyatlarini amalga oshirishdi. Amalga oshmagan orzulari ham bisyor edi. Nima ham
qilardi. Taqdir ekan. O’lim haq. Oshxonada xontahta yonida o’tirib shularni
hayolidan o’tkazar ekan,eshikdan o’g’li kirib keldi:
-Assalomu alaykum
oyijon. Yaxshi o’tiribsizmi?
-Vaalaykum
assalom bolam. Yaxshiman. Shu mahalgacha o’zing qayerda yuribsan?
-O’rtoqlarim
bilan ko’chada o’tirgandik.
-Bir og’iz aytib
ketsang bo’lmaydimi? Sendan havotirlanib o’tiribman axir.
-Nega havotirlanasiz?!
Yosh bola emasman-ku. Mayli,men charchadim. Xonamga kirib uxlayman. Siz ham
yaxshi dam oling.
-Ovqatlanmaysanmi?
-Qornim to’q!
-Qo’lingdagi
nima?
-Hech nima-deb
xonasiga kirib ketdi.
“Yosh bola
emasman-ku!...” o’g’lining shu gaplari Odinaning miyyasida aylana boshladi. “Yosh
bola emasman-ku...”
***
Rashid va Odinalarning turmush qurishganiga
to’rt yil to’ldi. Amma farzand bo’lmadi. Hali ham esida. To’ylaridan ikki yil o’tgach
er-hotin ming havotirlar shifokorga,analiz javoblarini bilish uchun
borishgandi. Do’xtir oldiga kirishga Rashidjonning yuragi betlamadi shekilli
Odinaga “O’zing kirib chiqa qol,meni chekkim kelib qoldi”deb tashqarida kutib
turishini aytdi. Birozdan so’ng Odina ko’zida yosh bilan chiqqanini ko’rgan
Rahimjonning ichidan nimadir chirt uzilgandek bo’ldi. “Yo Olloh hali peshonamda
shu ham bormidi”deya ichida nola qildi. Odinani yoniga borib,hech nimani sezmagandek:
-Nima bo’ldi
onasi? Nega yig’laysan?!
-Onasi? Meni unday
chaqirmang boshqa. Men ona bo’lolmas ekanman!-deya,yum-yum yig’lay boshladi.
-Unday dema. Hali
Xudo hohlasa etaging farzandga to’ladi. Mana qarab turgin.
-E,o’sha
Xudoyizni...
Rashidjon ikki qo’li
bilan Odinaning yelkasidan qattiq g’ijimlab,yuzini o’ziga qaratdi:
-Ollohga shak
keltira ko’rma! Meni aytdi deysan hali albatta farzandli bo’lamiz.
Odina Rashidning
ko’zidagi porlayotgan g’azab va ishonchni bir vaqtning o’zida ko’rdi. Qo’rqib
ketdi.
-Ey,Xudo men
ojizani o’zing kechir...
So’nggi ikki yil ichida katta-katta do’xtirlarga
borishdi. Bari samarasiz. Qancha-qancha tabiblarga borishdi. Hech qanday foyda
bo’lmadi. Rashidjon qayerda ozgina uchqun chiqsa o’sha yerga o’zini urdi. O’zlariga
o’xshab tirnoqqa zor bo’lgan,lekin keyinchalik qaysidir amallarni bajarib farzand
ko’rganlar qidirar,ular nima desa shuni bajarardi. Bu vaqt davomida Odina
Turmanistondagi “qizil tuproq”dan yalab ko’rdi,Qashqadaryodagi “BiyOta”da
chilla saqladi,Shohimardondagi “obi-hayot”dan ichib ko’rdi,egizak farzandi
borlarga “tepdirdi”...Xullas,eshitgan barcha amallani bajardi. Afsus,bola bo’lmadi.
Bir-ikki marta
qaynonasining “O’g’lim,bilasan biz ham Odinaxonni juda yaxshi ko’ramiz. O’z
qizimizdek bo’lib qolgan. Lekin bolam,sen o’zingdan farzand,uyingni chirog’ini
yoqadigan davomchi qoldirishing kerak. Balki,boshqa oila qursang...Odinaxon ham
boshqa bilan turmush qursa,balki u ham farzandli bo’lib ketar”. O’g’li unamadi.
“Ko’z ochib ko’rganim-shu”dedi. Odinaga manashu gapning o’zi yetardi. Rashidjon
akasi uni dedi.
Turmush qurishganing beshinchi yilida
farzand asrab olishga qaror qilishdi. Balki,yetimni boshini silasak Xudoyim
bizga farzand berar degan niyatda. “Bolalar uyi”ga borishdi. Dardlarini aytishdi.
Yetimxona ma’murayti ham xursand bo’lishdi. Bir talay bolarni oldiga boshlab
kirishdi. Xonada bir parcha chaqaloqlardan tortib,mo’ylovi sabza ura boshlagan
o’smirlar ham bor edi. Ammo hammasini ko’zlari bir xil. Mexrga tashna. Kirgandayoq
Odinaning bir chetda tahta o’yinchoqlardan uycha yasab o’tirgan,chamasi ikki
yoshlardagi bolaga mexri tushdi. Hujjatlarni rasmiylashtirishib o’sha bolani
asrab olishdi.
Yillar o’tdi. Umidjon ham ulg’aya boshladi. Asrab
olishgan bo’lsa ham Umidjonni qosh-u ko’zlari huddi Rashidjonga quyib qo’ygandek
o’xshardi. Asrandi ekanligini hech kimga aytishmadi,bolaning o’ziga ham. Keyinchalik
bilmasdan birortasi xaqiqatni aytib qo’ymasin deb boshqa joydan uy olib ko’chib
ham ketishdi. O’z farzandlaridek yalab-yulqab katta qilishdi. Maboda Umidning
tirnog’iga tikon kirsa,Odinaning yuragiga xanjar kirgandek bo’lardi. Barcha sharoitlarni
yaratib berishdi. “Ko’p erkalatvormaylar”desa ham o’z bilganlaridan qolishmadi.
Bola ham o’zlari hohlagandek ulg’aya boshladi. Erkatoy,injiq emas. Boshi ham butun.
Har narsaga aqli yetadi.
***
Shuncha yillar o’tsa ham Odina va Rashid o’z
farzandlarini ko’ra olishmadi. Umid bilan ovunishsalar-da,yuraklarining
tub-tubida baribir nimadir sanchardi.
Rashidjon olamdan
o’tgacha,Odinaxon xaqiqatni Umidga aytishga qaror qildi. Barchasini yotig’i
bilan tushuntirdi. Umid xonasida ikki kun chiqmasdan yotdi. Bu vaqt davomida
Odinaning bo’lari bo’ldi. Yurak-bag’ri qonga to’ldi. Aytganiga afsuslandi. Yo’q
ikki kun o’tgacha Umid yana dasturxon atrofida onasi bilan birga o’tira boshladi.
Hammasi oldingidek. Lekin nimadir o’zgarganini Odina ona ko’ngli bilan sezib
turardi. Endi farzandi oldingidek emas. Xaqiqat oshkor bo’lganidan besh-olti oy
o’tgach Umidda o’zgarishlar kuchaydi. Boyagidaqa kech keladigan,qayerga ketganini
aytmaydigan,nimalar qilayotganini xabar bermaydigan bo’ldi. Erta bilan kollejga
otlanadi,obedda uyga ovqatlangani kelib yana ko’cha chiqib ketadi. Yarim tunda
yana kirib keladi.
Odinaning yuragi yana g’ash bo’la boshladi. O’sha
birinchi marta do’xtirga borishganini esladi. Eri chekishni bahona qilib
tashqarida qoldi. Odina esa ming hayol bilan do’xtir qabuliga,analiz
natijalarini bilgani kirdi:
-Afsus singlim. Sizlar
farzand ko’ra olmaysiz. Natijalar qoniqarsiz chiqdi.
-Endi nima bo’ladi?
Odina ko’zi to’la yosh bilan do’xtirga termuldi.
-Maslahatim
boshqa oila quring. Analizlar natijasi bo’yicha siz soppa sog’siz. Bemalol farzand
ko’ra olasiz. Ammo eringiz...Nuqson eringizda...
Balki,rostdan ham
boshqaga turmushga chiqib ketgani yaxshimidi. Yo’q! Aslo! Baribir hech kim uni
Rashid akasidek baxtli qila olmas edi. Hammasiga shukur qiladi. Shularni o’ylab,erining
“Onasi”deb erkalab chaqirishlarini sog’inib eslar ekan ko’zi ilinganini bilmay
qoldi. Qattiq charchagan ekan,kech uyg’ondi. Umidjonning xonasiga kirdi. Farzandi
allaqachon o’qishga ketib bo’libdi. Xonaning bir chetida paket turardi. Endi borib
olmoqchi edi,xonada telefon jiringlab qoldi. “Iye,Umidjonning telefoni qolib
ketibdi-ku”deya,go’shakni ko’tardi. Kursdoshi Hamidjon ekan:
-Assalomu alaykum
xolajon. Umid uydami hali?Bugun ishga kelmay qo’yaversin ekan,ertangi bayram
munosabati bilan “shef”dam berdi. Aytib qo’ying iltimos.
-Qanaqa ish? Qanaqa
“shef”?
-Voy hali
bilmasmidiz. Umid ikklamiz Ibrohim amakini novvoyxonasida ishlayapmiz-ku.
Aytmaganmidi sizga?
-Darsga bormay
ishlayapsanlarmi?
-Yo’q,darsdan
keyin ishlayapmiz-da. Umidga darsda bir kun sen borma,bir kun men bormasdan
ishlasak ko’proq pul topamiz desam,unamadi. Avval o’qish,keyin ish deydi.
Hamidjon yana
nimalar degani esida yo’q. Odinaning qulog’iga hech nima kirmadi. Ko’ziga yosh
kelidi,“Ey Xudo o’zingga beadad shukur”... “O’zingga shukur yaratgan egam”...
ancha vaqtgacha shunday karaxt holda o’tirdi. Farzand tarbiyalashda
adashmaganliklarini bildi. Ko’nglidagi barcha g’ashliklar tarqab ketdi. Yoshlarini
artib o’rinidan turar ekan,boyagi paket yana ko’zi tushdi. Nima ekan deb ochib
borib qo’liga oldi. Paket ichida qora paket. Ichini ochdi. Ichidan bitta ro’mol
chiqdi. Ro’molni qoliga olib yoyib ko’rayotgan edi,yerga qandaydir qog’oz
tushdi. Qog’oz emas otkritka ekan. ichini o’qiy boshladi “Sevimli va mexribon
Onajonimga! Kelayotgan bayramingiz bilan chin ko’ngildan tabriklayman. Siz
mening,faqat mening onamsiz! Baxtimga doim sog’ bo’ling”. Odina o’kirib yig’lab
yubordi...
Комментарии
Отправить комментарий