Сообщения

Сообщения за март, 2016

Doimo qalbimizdasan

Изображение
-O’rningdan qimirlama bolam, yotaver. -Yo’q-yo’q yaxshiman onajon. Shifokor o’rningdan bemalol turishing mumkin dedi. -Ehtiyot bo’lginda... Yigit krovatidan oyog’ini yerga tushirib, qaddini rostlamoqchi bo’ldi. Ammo boshi aylanib ketdi. -Yotaqolgin bolam... -Yo’q men turishim kerak ona. Yotsam yotib qolaveraman. Shafaqni ko’rmoqchiman, kun botishini tomosha qilish biram mazza-ki. Samarqandga borganimda tong otishini ko’rgan edim, endi ufqni ham ko’rmoqchiman. Yana o’rnidan turishga harakat qildi. Bu safar o’zini eplay oldi. Ona-bola birga qo’ltiqlashib tashqariga yo’l olishdi. Koridordan yurib borishar ekan, yo’ldan chiqqan xamshira-yu, vrachlarning hammasi yer chizib qolishardi. Ertaga unga javob berishadi. Kasali o’tib ketgan ekan, imkoni bo’lmadi. Bu yog’i endi faqat Ollohdan. Qirq kunga yaqin davolandi o’ziyam. Bu vaqt davomida unga hammaning mexri tushib qoldi. Ko’ngli ochiq, sodda, bilimga o’ch yigit edi. Ayniqsa hamshiralar bilan xazillashishni yaxshi ko’rardi. O’z

Goliaf

 Inson ruhiyatining shakllanishiga siz bilan biz e'tibor bermaydigan omillar ta'sir ko'rsatadi. Zigmund Freyd Yan juda nimjon bo’lib tug’ilgandi. Ikki yoshga kirsa ham, hali tili chiqmaganidan otasi Stefan va onasi Anna xavotirga tushib qolishdi. Bolalar shifokoriga murojat qilishdi. Shifokor buning sababini bolaning asab tizimi zo’riqqanligi va nimadandir qattiq qo’rqqanidan deya izohladi. Bu o’tkinchi ekanligini, ma’lum bir vaqtdan so’ng o’tib ketishini aytdi. Agarda imkoni bo’lsa, bolaga gapiradigan to’ti olib berishlarini so’radi. Bu uning nutqi rivojlanishida yordam beradi dedi. Stefan qariyb ikki hafta butun Pragani aylanib, gapiradigan to’ti topa olmadi. Bugun ham tushkunlikka tushib uyiga qaytar ekan, yo’lda bir otaxonning bankada nimadir sotayotganini ko’rib qoldi. Otaxon baqirib: “Tilla baliqchlar bor. Uyingizga baxt, omad, boylik olib keladi. Obqoling... Bittagina goliafim ham qoldi. Xuddi bulbuldek sayraydi...Obqoling...”derdi. Stefan yaqinroq b