Bir oyga 500 ming so'm yetadimi?!

Hurmatli banklar stipendiyalarni vaqtida beraylik!

Biroz oldin “Sanjarsaid.uz” orqali 500 ming so‘mga qanday qilib bir oy yashash mumkinligi haqida yozilgan postni o‘qib qoldim. “Vot.uz” muallifi Janona Ahmedova bu mas’ulyatli ishni o‘z bo‘yniga olishga qaror qilibdi. Ushbu qiz bir oy emas 10 kun, kuniga 16600 so‘mdan pul ishlatib yashab ko‘ribdi va har kungi xarajatlarini saytida yoritib boribdi. Janona ham o‘zimizga o‘xshagan talaba ekan. 500 mingga bir oy yashash mumkinmi rostdan? Men ham bir oylik xarajatlarimni nari-beri hisoblab chiqdim va bu eksperement... Qisqasi oxirida o‘zilar hisob-kitob qilib olasizlar.

Ertalab soat 10:00 da uyg‘onaman. To‘rt yildan beri tushlikdan keyin o‘qiyotganimiz uchun bu muammo emas. Yuvinib soch-soqolni to‘g‘irlaguncha soat 11:00 bo‘ladi. Kvartiram va universitetim orasi 3 kilometrgina chiqqani uchun piyoda yo‘lga chiqaman. 25 daqiqada o‘qishimiz yonidagi “Zelyonka” oshxonasiga yetib boraman. Yarim soat telefonimni chuqalab soat 12:00 bo‘lishini kutaman. Chunki soat 12:00 da “obed+zavtrak” qilishga o‘rganib qolganman. Agar undan ertaroq ovqatlanadigan bo‘lsam soat 4—5 lar orasida yana qornim och qolib, kechki ovqatgacha oshqozonimni yoki cho‘ntagimni qiynab qo‘yishim mumkin.

“Zelyonka”dagi perashkachi ayollar tanish bo‘lib ketgan. Yoniga borishim bilan tarelkaga 4 ta kartoshkali perashka solib uzatishadi. Bu 700 so‘mdan 2800 so‘m degani. Perashkaga tiqilib qolmaslik uchun bitta qora choy ham olaman. 500 so‘m. Yonimda 500 so‘m bo‘lmagan paytlari perashkaga qo‘shib beriladigan achchiq sousidan piyolaga toldirib quyvolaman-da, o‘shani ichvoraman. Boshida ozgina qiynalasiz, lekin ko‘nikib ketasiz.Ovqatlanib bo‘lgach, o‘sha oshxona yonidan 1800 so‘mga “Orbit” olaman. Bu bir haftaga yetadi. Ichida 10 ta dona bor, ikkiga bo‘lib chaynayman doim. Birini tushlik qilib bo‘lgach, birini kechki ovqatdan so‘ng. Soat 13:20 da darsga kirib ketib, soat 17:40 da chiqamiz. Yana uyga qarab piyoda yo‘lga chiqaman. Mahallamizdagi do‘kondan 1300 so‘mga ikkita “buxanka” olaman (3 kunda bir navbat keladi).

Ikki xonali kvartirada 5 kishi ijarada turamiz. Oyiga 1 million so‘m. Oylik kommunal xizmati 6000 so‘mdan tushadi. Bu oyiga 206 ming degani. Haftaning boshida 10 ming so‘mdan tashlashib produkta qilamiz. Yog‘, guruch, mosh, no‘xot, kartoshka, piyoz deganday... Haftani dushanba kuni osh, seshanba-moshxo‘rda, chorshanba — gorox sho‘rva, payshanba — makaron palov, juma — moshkichri, shanba — grechka palov, yakshanba yana gorox sho‘rva qilamiz. Kamdan kam hollarda bu ketma-ketlik o‘zgaradi.

Endi umumiy hisobni chiqaramiz. 206 ming kvartira uchun, kunlik 3300 so‘mdan bir oyiga (yakshanbadan tashqari) 85800 so‘m, uch kunda bir non navbati 1300 dan — 13000 so‘m, haftalik produkta 10 mingdan — 40 ming, “Orbit” haftasiga 4 ta — 7200 so‘m, oyiga 30 ming paynet (1,5 giga trafik uchun). Ikki haftada bir uyga — Bekobodga borib kelaman (“Toshkent” metro bekatigacha 1200 so‘m, Qo‘yliqqacha 1500 so‘m, u yo‘gi 10 ming taksi va yana 1500 so‘mlik yo‘l). Itogo 438800 so‘m.

Biy oylik stipendiya “besh”liklar uchun 440 ming so‘m. Meni 1200 so‘m pulim qani? Qayerga ketdi? Ha, aytgancha oyda bir marta odamlarga o‘xshab bitta “zarli” morojnye yeb turaman.
Mana sizga bir oylik xarajatim. To‘rt yildan beri o‘zgarmagan. Faqat kvartira narxi 2012-yilda 70 ming edi, hozir 206 ming! O‘sha paytlarda, oshiqcha 130 ming pulimiz bo‘lsa ham noshukurlik qilardik, mana hozir esa boriga shukur qilib o‘tiribmiz. Tirikmiz, sog‘miz va baxtlimiz!


Daftar-ruchka kabi o‘quv qurollarini birinchi kursligimda olganman, hali ukam ishlatishiga ham yetadi :-)

P.S. Zvachka borasidagi hisob-kitoblarda chalkashlik bo‘lgandek ko‘rinishi mumkin. Aslida hech qanday chalkashlik yo‘q. 

Комментарии

  1. Kiyim-kechak, o‘quv qurollar uchun xarajatlarchi?

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. Фақат стипендиясини ҳисоблабдилар-да Фозилбек. Бошқа келиб турадиган жойлар ҳам бор-да бу кишида)))

      Удалить
  2. 1 та дегандан кейин дона ишлатилмайди, менимча))

    ОтветитьУдалить

Отправить комментарий

Популярные сообщения из этого блога

Эй Худо ишқилиб...

"Kitob olami"