Сообщения

Сообщения за май, 2015

Menga nima?

Qornim o’lgudek och, yonimda 3000 so’m pulim qolgan. Anchadan beri ish bilan shug’ullanmay qo’yganim uchun bir oydan beri puldan ozgina muammo bor. Ko’p emas ozgina. Lekin ko’ngil xotirjam. Muhimi shu!    Bugungi tong ham boshqalaridan hech qanday farq qilmay boshlandi. O’zi tong deyishga ham uyalasan kishi. Soat 10:15 daqiqa o’tibdi. O’qishga kirganimdan beri faqat tushlikdan so’ng o’qiyotganimiz uchun uyquchi bo’lib qolibman.  O’rnimdan turishim bilan gazga choy qo’ydim, yuz-qo’llarimni yuvib bo’lgunimcha qaynab turadi. Yuvinib chiqsam, choynak(chovgum emas oddiy qopqog’i yo’q temir choynak)dagi suv endi jizzlay boshlabdi. Bugun yakshanba, hamma xonadoshlarim uyiga ketishgan. Men esa bu hafta ham yana bir o’zim qoldim. Negadir uyga borgim keladi-yu, hadeb boraverishga andisha qilaman. Har safar borganimda huddi pul uchun borgandek tuyulaveradi. Bir necha yillik qiyinchilikdan keyin o’qishga kirganim uchunmi, bilmadim, Toshkentdan ketgim kelmaydi. O’zi ,tezroq harakat qiladigan

Ketmonsop

    Hammaga assalomu alaykum! Blog chiqdi-yu, men bekorchiga ish topildi. Ko’nglimga nima yoqmasa yoki yoqsa ham blog qilib yozvorayapman. Birov o’qiydimi yoki o’qimaydimi menga buni umuman qizig’i yo’q(deyarli). Hullas bugungi mavzu...  mavzuuu...nimaydi-ya... ha,Bingo! Ketmonsop!    Demak bir boshidan boshlasam. Meni ismim... ismimni aytib nima qildim, baribir sizga qiziq emas. Yaxshisi laqabilarimdan birini aytayin. Laqabim- Ketmonsop! Bekorga laqablarimda biri demadim. Yer yuzida eng uzun ism kimniki bilasizmi? To’g’ri, men ham bilmayman. Lekin shunaqa odam borligi qulog’imga chalingan edi. 20 ta yoki 30 ta ismlar ketma-ketligidan tashkil topgan. Ginnes akani rekordlar kitobidan ham joy olgan ekan. Bir narsaga tushunmayman, ismi uzunlarni kitobiga kiritgan Ginnes aka nega laqabi uzunlarni ham kiritmas ekan-a?! Agarda shunaqa vakant bo’lganida shubxasiz men shu ro’yxatning birinchiligida turgan va bu rekordni hech kim yangilay olmagan bo’lardi. To’g’risiyamda, bizni o’zbeklar

G'irt bekorchilikdan

    Assalom hammaga. Ayniqsa,blogerlar va blogerlar chempionatini muntazam kuzatib borayotganlarga.  Ma’no-mazmunga yo’g’rilgan post yozmadim bu safar(Aslida unaqa blog yozmaganman ham). Shunchaki jahlim chiqib turgani uchun yozayapman. Nega jaxling chiqadi? Jaxling chiqsa bizga nima? deysizmi... nima desangiz deyavering... men yozib bo’ldim. Siz esa o’qishni boshlab bo’ldingiz.    Shu blogerlar chempionatida o’tgan yili ham qatnashmoqchi bo’lgandim, ammo ba’zilarning “aybi” bilan qatnashish nasib qilmagan edi. Ammo bu haqida gapirmoqchi emasman. Xudoga shukr bu yil nasib qildi. Shunisiga ham rahmat. Birinchi bosqichdan o’ta olmaganim alam qilib yurgan bir paytda boshqa do’stlarimning 98% ikkinchi bosqichga yo’l olgani dard ustiga chipqon bo’ldi(Do’stlaring mag’lubiyatiga kuyunasan, g’alabasiga esa unddanda ko’proq kuyunasan ekan). Shunga biror nima yozmasam bo’lmaydigandek edi go’yo. Qo’limdan boshqa ish kelmaydi baribir(Yozishni ham qoyillatib qo’yadigan joyim yo’q asli).    Av