G'irt bekorchilikdan

    Assalom hammaga. Ayniqsa,blogerlar va blogerlar chempionatini muntazam kuzatib borayotganlarga.  Ma’no-mazmunga yo’g’rilgan post yozmadim bu safar(Aslida unaqa blog yozmaganman ham). Shunchaki jahlim chiqib turgani uchun yozayapman. Nega jaxling chiqadi? Jaxling chiqsa bizga nima? deysizmi... nima desangiz deyavering... men yozib bo’ldim. Siz esa o’qishni boshlab bo’ldingiz.
   Shu blogerlar chempionatida o’tgan yili ham qatnashmoqchi bo’lgandim, ammo ba’zilarning “aybi” bilan qatnashish nasib qilmagan edi. Ammo bu haqida gapirmoqchi emasman. Xudoga shukr bu yil nasib qildi. Shunisiga ham rahmat. Birinchi bosqichdan o’ta olmaganim alam qilib yurgan bir paytda boshqa do’stlarimning 98% ikkinchi bosqichga yo’l olgani dard ustiga chipqon bo’ldi(Do’stlaring mag’lubiyatiga kuyunasan, g’alabasiga esa unddanda ko’proq kuyunasan ekan). Shunga biror nima yozmasam bo’lmaydigandek edi go’yo. Qo’limdan boshqa ish kelmaydi baribir(Yozishni ham qoyillatib qo’yadigan joyim yo’q asli).
   Avvalo chempionatni tashkillashtirganlarga ozgina maqtasam: Ajoyib ishni amalga oshirdingizlar, prosta net slov. Men bu chempionatda qatnashganimdan juda xursandman. Bir-biridan ajoyib bloglarni o’qib mazza qildim. Rosti! Keyingi mavsumlarida ham qatnashish niyatim bor. Bunga qattiq tayyorlanayapman ham. Balki, yutqazganim uchundir, yana bilmadim baholash tizimida ozgina kamchiliklar bordek tuyuldi menga. Keyingi mavsumlarda bunga ham barham berilishiga ishonchim komil.
      To’g’risini aytaman meni qiynayotgan bir narsa nega sigir haqida biror narsa yozmadim. Maqsud Salomovning “Sigir yaxshiroq”g’i ijtimoy tarmoqlarda “krilataya fraza” bo’lgani, keyingi bosqichga o’tgani yetmagandek, sigirni o’z blogi qo’shgan hamma blogerlar keyingi bosqichga o’tishgani meni shoshirib qo’ydi. Agar sigirni bunchalib ballga ta’sir qilishini bilganimda, men ham albatta blogimga birorta gollandskiy sigir, hech bo’lmaganda bitta buzoqchami yoki taka qo’shgan bo’lardim. Yoki Davronbek Parmonovga o’xshab nomini aytishga odamni tili kelishmaydigan “Infrastruktura” haqidami, bo’lmasam Sohib Jontoyevga o’xshab hammasini aralashtirib  “mix”biror nima yozardim. Mayli o’tgan ishga salovat.
   Birinchi bosqichdagi deyarli hamma bloglarni o’qib chiqim. Aksariyatiga gap yo’q. Ajoyib yozilgan. Lekin ikkinchi bosqichdagi bloglarni o’qib to’g’risi biroz ko’nglim sovuganday bo’ldi. Ko’pchilik hakamlarga yoqish uchun yozgandek. Qonun-qoidalar asosida yozilgan. Hatto grammatik xatolar ham topa olmaysan kishi. Menimcha, bu unchalik to’g’ri emas. Blog yozish aslida qanday bo’lshi kerakliligini bilmadim-u, lekin blogni yozgan odam o’qiyotgan odamga nimadir “berishi” kerak. Ikkinchi bosqichdagilarning asosiysi nimadir “berish”ga harakat qilib qolipga tushib qolgandek. Boshlanish ham, kulminatsiya ham, yakuniy xulosa ham qolipga solingan holda yozilgan.  Hakamlarlarning aksariyati bunga e’tibor berishdi, shunga qarab baholashdi ham.
   Aytgancha yana bir nasra,  iltimos hakamlar agar malol kelmasa postga qo’ygan ballingizni tagiga ikki qator bo’lsa ham izoh yozib qoldirsangiz. Hoh maqtov bo’lsin hoh tanqid. Bu muallif uchun ham mushtariylar uchun ham foydadan holi bo’lmas. Bo’lmasam bizga o’xshagan xalqni har xil hayollarga borishiga sabab bo’lmoqdasizlar.
     Kamchiliklarga to’la insonning o’zgalarning arzimas kamchiligini topayotgani sizga erish tuyulayotgan bo’lishi tabiiy(Echki qo’yni ustidan kulgandek his qilayapman o’zimni). Qisqasi hammasi yaxshi ketmoqda Salomov va Parmonovga alohida “balet” qilaman. Shular yutsa menga ham biror nima, Salomov Yaponiyadan bitta robot kukla, Parmonov Gay Foksni maskasini obkelishar...
 Bunaqa alg’ov-dalg’ov post yozishimga sababni aytish esimdan chiqibdi. Keyingi oyni 12-siga sevgan qizimni to’yi bo’layotgan ekan.  Shunga jaxlim chiqib yurudim, sizlar to’g’ri kelib qoldizlar. Aybga buyurmaysiz endi.:-)






Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Эй Худо ишқилиб...

Рустам Капгир — “Очилишни истамаган иш”

Qog'ozbozlik