Ketmonsop
Hammaga
assalomu alaykum! Blog chiqdi-yu, men bekorchiga ish topildi. Ko’nglimga nima
yoqmasa yoki yoqsa ham blog qilib yozvorayapman. Birov o’qiydimi yoki
o’qimaydimi menga buni umuman qizig’i yo’q(deyarli). Hullas bugungi
mavzu... mavzuuu...nimaydi-ya...
ha,Bingo! Ketmonsop!
Demak bir
boshidan boshlasam. Meni ismim... ismimni aytib nima qildim, baribir sizga
qiziq emas. Yaxshisi laqabilarimdan birini aytayin. Laqabim-Ketmonsop! Bekorga laqablarimda biri
demadim. Yer yuzida eng uzun ism kimniki bilasizmi? To’g’ri, men ham bilmayman.
Lekin shunaqa odam borligi qulog’imga chalingan edi. 20 ta yoki 30 ta ismlar
ketma-ketligidan tashkil topgan. Ginnes akani rekordlar kitobidan ham joy olgan
ekan. Bir narsaga tushunmayman, ismi uzunlarni kitobiga kiritgan Ginnes aka
nega laqabi uzunlarni ham kiritmas ekan-a?! Agarda shunaqa vakant bo’lganida
shubxasiz men shu ro’yxatning birinchiligida turgan va bu rekordni hech kim
yangilay olmagan bo’lardi. To’g’risiyamda, bizni o’zbeklar kabi ism qo’yishdan
ko’ra laqab qo’yishga(laqab qo’yganda ham shunaqangi o’xshatib qo’yadiki,
e’tiroz bildira olmaysan kishi) ustaroq xalq bo’lmasa kerak. Chunki
tug’ilganimdan beri tanigan insonlarmni 90%i
ismim bilan chaqirmaydi,laqab bilan chaqiradi. Xudoyim tashqi
ko’rinishimizni laqab qo’yishga moslab yaratgan ekan nima ham qilardik.
Ko’pchilikka laqab yoqmaydi, lekin boshqalarga chiroyli qilib laqab qo’yishni
qoyillatadi. Xullas menga laqab qo’yishsa umuman hafa bo’lmayman. Oldinlari
biroz yoqmasdi, lekin oxirgi vaqtlarda e’tibor bermaydigan aksincha, laqabimga
o’xshamaslikka harakat qiladigan bo’ldim. Judayam o’jar va prinsipli bo’lganim
uchun “nemis”, “Gitler”, “odammas”...
deyishardi. Sekin-sekin prinsiplar-u o’jarlikni yig’ishitirgandim bu laqablar
ham o’z-o’zidan yo’qolib ketdi.
“Domla”,”botanik”,”ochkarik”... ham degan
“taxallus”larim ham bor edi. Bularni ham yo’qotdim. Darsda umuman javob
bermaydigan, o’qimaydigan, ko’zim dalniyni yaxshi olmasa ham ochki taqmay
qo’ydim, vassalom. Ko’pincha tez harakat
qilganim, qizlarga yoqish uchun latifalar aytib yurganimda “Fantomas”, “Raj Kapur”, “Telepuzik”... ham deyishardi. Bularga ham
barham berdim. Eee sizga aytsam har bir laqabimni o’z tarixi-o’tmishi bor. Har
biri men uchun qadrli, aziz bo’lib qolgan. Menga laqab qo’ygan har bir insonga
chuqur ta’zim bajo keltirganman doim( unikidan qolishmaydigan laqabni o’ziga
“yopishtiraman” ham). Laqablarim soni nechtaligini ham bilmayman, ba’zilarini
yuqorida keltirdim, undan tashqari “MXX”,” toshbaqa”, “tikanak”, “qaynoq
yurak”(shunaqa ovqat bo’lardi), “karam”,”bodring”(yashil kastyumimdan qolgan),
“xamirturish”,kerosin”... deganlari ham bo’lardi.
Bilimli
insondan nechta kitob o’qigansan deng? Darrov nomlarini sanashga tushmaydi,
“ko’p,esimda yoq” deb javob beradi. Haqiqatda ko’p o’qigan inson qanchaligini
sanay olmaydi. Mendan ham nechta laqabing bor deng? “ko’p,esimda yo’q” degan
javobni olasiz. Yaqinda orqavarotdan “Ketmonsop” degan laqabim ham borligni
eshitib qoldi. Avvalo bu laqabni ma’no-mazmuni bilan sizni tanishtirsam. Ketmon-
dehqonchilikda foydalaniladigan dastaki mehnat quroli. Ketmon metall(ko’pincha
po’latdan) tayyorlangan ish qismi va yog’och dastadan(sop) iborat. Dasta
o’tadigan teshigi-zo’g’ata. Uning atrofi-girvon deyiladi. Qadimdan O’rta Osiyo
dehqonlarining ish quroli hisoblangan. Yer chopish, begona o’tlarni yo’qotish,
yerni tekislash, egat olish, ekinlar tagini yumshatish, ariq qazish, tozalash
va boshqa ishlarda qo’llaniladi. Ketmon shakli, katta-kichikligi va og’irligiga
o’ra har xil, shunga ko’ra mahalliy nomlar berilgan, masalan: Qushnusxa,
beshbo’lak, ulama, mardona, zaifona, bachkana va hakozo.Ba’zi filmlarda ketmon
uchib bozorga borib kelish vazifasini bajaradi. Bu bo’lmagan narsa. Ketmonda
bozor qilish juda noqulay, havo juda probka bo’ladi bozor kunlari.
Yuqoridagi
ketmonni ta’rifi bo’ladi. Ketmonni ketmon qilib turgan uning sopi, dastagi.
Menga “Ketmonsop” laqabini dastagining
muhim ahamiyatga ega ekanligi uchun emas, lanati o’sha sopday ozg’in bo’lganim
uchun berishgan. Bu yaqin 4-5 ichidagi laqab. Undan oldin do’mboqqina bo’lmasam
ham “ketmonsop” emas edi. Qayerda ko’rgansiz semiz studentni?! Haqiqatda
o’qiydigan, hayotini ilmga bag’ishlagan talaba hech qachon semirmaydi(chiroyli
bohona bo’ldi o’ziyam). Bu xalqqa
shuncha laqab yetmaydimikan-a?! Balki eng mashxur laqablarini yozvolib,bo’yimga
osib yursammikan “ Menga shunday murojat qilinglar, shunisiga o’rganganman”deb.
Bir hayolimga boshqa laqablardan qanday qutulgan bo’lsam bunisidan ham shunday
qutulsammikan degan fikr bilan dorixonaga borib semirtiradigan garmon so’radim.
20 mindan 5 tasi 100 ming bo’lar ekan. 100 ming-a!!! Buning ustiga bu garmon
deganlarini kerakli joylarga keraksiz ta’siri-zarari ham bor deyishdi(miyyaga).
Yuz mingga semirgandan ko’ra “Ketmonsop” bo’lib yuraveraman. Yaxshiyam “arratish”
yoki “teshaburun” deyishmayapti, bo’lmasam stomatolog bilan plastik jarroxga
ancha pul ketarmidi...
Комментарии
Отправить комментарий