"Chunki sen talabasan"

      Kutmoq va umid qilmoq kerak.
“Graf Monte Kristo”

    To’g’risi jonga tegdi. O’qish jonga tegdi. Poytaxtda o’qishning shuncha mashmashasi borligini bilganimda ikki dunyoda ham o’qimasdim. Undan ko’ra 10-20 ta qo’y olib tog’u-toshlarga chiqib ketganim yaxshiydi. Balki,ko’zingizga qiyinchiliklarga chidamaydigan, zaif,irodasiz inson bo’lib ko’rinayotgandirman. Menimcha ham shunday. Men irodasizman. Qiyinchiliklarga chidamsizman. Huda-behudaga noliyveradigan pessimistman. Qisqasi jonga tegdi. Hammasi jonga tegdi.

   Yozi bilan belinggacha suvga botib,kontrakt to’lash uchun pul topasan-u, Universitetingni marketing bo’limiga kelsang,bitta shartnomani ikki soatda berishadi. Bir qarasang boshlig’i yo’q, yana bir qarasang kotibasi. Hech bo’lmasa, 10% pulim yonimga qolsin deb bankka tushib, birortasini plastik kartasidan to’layman desang yana muammo. Plastik kartani egasini o’zi kelib,ariza yozishi kerak emush. Egasi Surxondaryo yoki Andijondan bo’lsachi? Plastikni egasi naqd pul kerak menga esa 10%. O’sha 10%ga men bir oy yashayman,u esa naqd pulga to’y qilmoqchi. Yo’q tushunmaydi. Tushunishni hohlamaydi ham: “bor-bor sendaqa boshimni o’g’ritadigan talabalar tiqilib yotibdi”-deb haydab soladi...

   Bor alamingni o’qishdan olging keladi. Shunaqangi qattiq o’qib, o’z sohangni mutaxasisi bo’lsang-da,yaxshi,o’zing orzu qilgan joyda ishlasang. Har kuni shunaqa maqsadlar bilan o’qishga yo’l olasan. O’qishda esa... Bir semestr davomida o’rtacha sakkizta fan o’tilsa shundan bittasi(ba’zan shu ham yo’q)ni domlasi o’z ishini ustasi. Qolgani dordan qochganlar. Sessiyada pul olishdan boshqa narsani bilmaydiganlar. Yaxshiyam uncha-muncha yoshi katta pulni betiga qaramaydigan domlalar bor...

   Toshkent viloyatidan ekansan deb yotoqxonadan joy bermaydi. Ikki mingta talaba o’qiydigan fakultetni 200 kishi zo’rg’a sig’ishi mumkin bo’lgan “talabalar turar joyi” bor. Ertalab o’qishga ketishda kvartiradan ko’ksingni hovuchlab chiqasan “ko’chada hech kim yo’qmikan”deb,qaytishda ham shu ahvol. Ikki xonali uyga 200$ berib 5-6 kishi yashaysan-u, yana yuraging doim hadikda “birortasi kelib bezovta qilmasinda”deb...

  Oyiga bir million berib yashaydigan kvartirangda qattiqroq yo’tala olmaysan ham. Qo’shnilar bezovta bo’lishadi. O’zlari xonadonida fudbol o’ynasa ham mayli, lekin senga mumkin emas. Chunki sen propiskasiz talabasan. Bitta telefon bilan masalangni hal qilib qo’yadi.

   Yashayotgan uyingni egasi yaxshi odamlar bo’lishsa “ho’p-ho’p” bo’lmasa, muammoing yana bittaga ko’payadi. Shu joyiga ikki oy oldin bo’lgan bitta voqea:

     Sentabrning boshida oyiga 200$ berish sharti bilan 2 xonali uy topdik. Bir oy turar-turmas dollar o’lgur ko’tarilib ketdi. Shunda “xozayka”ga: “Oyiga bir millon berib turaylik,hammamiz kontraktda o’qib,stependiyaga yashaydigan talabamiz”dedik. “Yo’q”dedi. Boshqa kvartira topib chiqib ketdik. Chiqib ketayotganimizda uyni kalitini egasi berish esdan chiqibdi. Ertaga berarmiz dedik. Ertasiga borsak janjal, to’polon. Suv toshib, pastki qavatdagilarni uyini dabdala qilganmush. Suv ham unitazga keladigan shlanka uzilib ketishi oqibatida toshibdi. Salkam bir oy uzilmagan shlanka, biz ketishimiz bilan uzilibdi. Ustimizdan “yozvordi”. Pastdagi qo’shnisidan so’rsak,kecha senlar ketganingdan keyin kelgandi,o’zi shunaqa, har safar obkegan ijarachilari bilan janjallashadi dedi. Biz u xonadonni makler orqali 100$ berib topgandik. Keyin bilsak o’sha maklerni o’zi uyni egasi ekan. “Toshqin”ni bosti-bosti qilish uchun “talabasanlar,senlarni ham qiynagim kelmaydi 500 ming beraverlaring”,-dedi. Yo’q joydan 500 ming qulog’ini ushlab ketdi...

   Boshqa joyga ko’chdik. Bu ham 200$ oyiga. Dollar ko’tarilgani sayin kayfiyatimiz yo’qolib borayotgan kunlarni birida “xozaykamiz”keldi:“Talaba ekansanlar, ko’rib turibsanlar dollar kundan kunga ko’tarilyapti, keyingi oydan boshlab ijara haqini so’mda-bir million qilib beraveringlar”,-dedi...(yig’lavorgim keldi)

   Semestrni a’lo bahoga yopsang stependiyang yaxshi-440 ming atrofida chiqadi. Lekin 5 bahoni guruhda 3 ta odamdan ko’piga qo’yish mumkin emas(domlalarni aytishicha). Noiloj “yaxshi”bahoga yopasan(yopa olsang). Bu 330 ming degani. Bir oylik ijara haqing 200 ming so’m. Proeznoy esa 50 ming. Universitetdagi “yig’di-yig’di”ga yana 10-15 ming ketadi. Qolganiga esa bir oy yashash kerak. Qanday qilib?

  Majbur ish qidirasan. Baribir tayinli joydan ish topolmaysan. Propiskasiz talabaga kim ham ish beradi. Bilagingda kuching bo’lsa, mardikor bozorga yoki “vagon”ga chiqasan. Bir kun eshshakday ishlaysan-u, boshida kelishilgan pulni berishsa-ku yaxshi, berishmasachi? Hech nima qilolmaysan!
   Hammasiga,hatto shuncha yillik o'qishiga ham tupurib, "menga P",(ya'ni parqi yo'q) deb ketvoring keladi ba'zida. Lekin unday qilolmaysan. Shunchasi chidadi, o'qidi,yashadi,ishladi,sen ham chidaysan.

  Uydagilardan pul so’ray desang uyda ham pul yo’qligini bilasan. Ishlay desang ish yo’q, o’qiy desang o’qitadigan kamayib ketgan. Shunday qilib 4 yil umrni bekorga o’tkazib, ikki qo’lni burunga tiqib,diplomni quchoqlab uyga qaytasan. O’zingni jonajon shaxringga! Diplomni oldim endi hamma qiyinchilik ortda qoldi deysan-da, hujjatlaringni ishga topshirasan. Sen topshirgan ishga kirish uchun ro’yxatda turganlarning boshiga qaraysan. “Eh-heee” devorasan. Ro’yxatni boshida turgan odam bundan 8 yil oldin o’qishni bitirib, hujjatlarini topshirgan,hali navbati kelgani yo’q. Senga yo’l bo’lsin...

  Yana otangni otasidan qolgan ketmonni qidirishga tushib qolasan. Diplomni krovatni bir oyog’i sal nishabroq turgan qismiga qo’yasan-da, dalaga qarab ketasan. Dalada ham o’zing hohlagan ekinni eka olmaysan. Fermer ruxsat bermaydi. Fermer ruxsat berganda ham hokim ruxsat bermaydi. Bir tiyinlik daromadi yo’q makkajo’xorimi,smechkami ekasan keyin. Hosilni yig’ishtirib,fermerga “plan”ni topshirib uyga obkelasan. “Mindaayyy hisob-kitob qilib ko’rsang” shuncha mehnat qilib olib kelgan hosiling ketgan “rasxoding”ni qoplamaydi. Nima qilasan? Arqonni ko’tarib molxona...
O’zimni huddi latifadagi qaxramondek his qildim.

   Bir kuni Afandini manti yegisi kelib qolibdi. Hotiniga aytsa “Qo’shnimizni mantiqasqonini obkeling, o’zimizniki teshilib qoldi” debdi. Afandi qo’shnisini uyiga borib eshigini taqillatibdi. Shunda hayolidan: “Hozir qo’shnim chiqadi, “qasqonni nima qilasan “deydi, men manti pishiraman deyman, keyin u “manti pishsa men ham o’taman” deydi. Men ham ho’p,bemalol deyman. Manti pishgach keladi. Mazza qilib ovqatlanamiz. Anu “savil”siz ovqat o’tmaydi baribir. Ozgina “otvoganimiz”dan keyin qo’shnimni kayfi oshib qoladi. Bir safar choynagimizni so’rab chiqqanida bermaganimni yuzimga soladi. O’rtada janjal chiqadi. Men dasturxonni usitda turgan pichoq bilan uni so’yib qo’yaman. 15 yilga qamalib ketaman. Chiqsam, hotinim boshqaga tegib ketgan...” shu payt qo’shnisi eshikni ochib: “tinchlikmi,keling qo’shni”desa, Afandi: “mantiqasqoning boshindan qolsin” deb ketvoribdi...


Demak, yashashni, kutishni, umid qilishni va albatta harakat qilishni davom etamiz. Olg’aaaa!!!

Комментарии

  1. zato, talabamiz... :). bularning barchasi o'tib ketadi

    ОтветитьУдалить
  2. Yaxshi talaba mardikor bozorda ishlamaydi. Yaxshi kadr ishsiz qolmaydi.

    ОтветитьУдалить
  3. Этот комментарий был удален автором.

    ОтветитьУдалить
  4. Борича севинг
    Саҳро азиз эрур саҳролигича,
    Дарё ҳам муқаддас дарёлигича.
    Юлдузга термулиб ойни кўзламанг,
    Зуҳро нур сочсин ўз зуҳролигича.
    Ёғочни соя-ю дорича севинг,
    Кимнидир севсангиз борича севинг.
    Ирмоқдан сув ҳўплаб анҳор изламанг,
    Ойдин оқшомлардан наҳор изламанг.
    Ёрингиз ёз бўлса қўшилиб ёнинг,
    Саратондан бағридан баҳор изламанг.
    Кузни хазон, қишни қорича севинг,
    Кимнидир севсангиз борича севинг.
    Эр йигит қаддини букиб бормасин,
    Қаршингизга хасрат тўкиб бормасин.
    Маликам, кўкдаги ой бўлсангиз ҳам
    Пойингизга бошин эгиб бормасин.
    Йигитни ғуруру-орича севинг,
    Кимнидир севсангиз борича севинг.
    Дўстлар, ёрингизни шунчаки суйманг,
    Оҳу кўзларига термулиб тўйманг.
    Гулга қиёс этинг яшнасин гулдай,
    Гулдан нафис қалбин сўлдириб қўйманг.
    Белда букри, юзда норича севинг,
    Кимнидир севсангиз борича севинг.
    Кимгадир ёқмаслик оғир дард эмас,
    Ўзга деб ўзликдан кечмоқ шарт эмас.
    Ҳеч ким ўзгармасин ўзгалар учун,
    Бундайин муҳаббат муҳаббат эмас.
    Борича севилсин йигит ҳам қиз ҳам,
    Ҳамда борингизча севилинг сиз ҳам.
    Ифтихор Хонхўжаев

    ОтветитьУдалить

Отправить комментарий

Популярные сообщения из этого блога

Эй Худо ишқилиб...

"Kitob olami"

Bir oyga 500 ming so'm yetadimi?!