"Kitob olami"

   “Eshittizmi?!Toshkentda O’rta Osiyoda eng katta bo’lgan kitob do’koni ochilibdi...” yaqin 3 kundan beri qulog’imga chalingan mish-mishlarning eng ko’pi shu haqida bo’ldi. Diqqatimni tortgan joyi “O’rta Osiyodagi eng katta kitob do’koni”. Bugun darsdan sal vaqtliroq chiqib, uch kun ichida mashxur bo’lib ulgurgan kitob do’koni tomon yo’l oldim...

   Ta’kidlab o’tishim kerak-ki,oxirgi vaqtlarda yurtimiz yoshlari orasida kitobga bo’lgan qiziqish borgan sari ortib bormoqda. Bu juda yaxshi albatta. Davlatimiz tomonidan ham, nashriyotlar tomonidan ham shu talabni qondirish uchun qoldan kelguncha harakat qilinmoqda. Yangi kitob do’konining ochilishi esa ko’pchilik kitobsevarlarning quvonchiga quvonch qo’shishi shubxasiz.

   Yangi ochilgan kitob do’koni Mustaqillik prospektida,eski Konservatoriya binosi qarshisida joylashgan ekan. Men o’zimga qulay bo’lgan transport vosidasi metroda borishni afzal bildim. Hamid Olimjon bekatidan chiqib,ko’prikdan “Ipoteka bank”iga qarab 200-250 mentlar yurasiz ekan. Do’konning nomi “Kitob olami”.




Binoning uzoqdan ko’rinishi odamni unchalik ham o’ziga jalb etmaydi. Lekin yaqinroq borar ekansiz fikringiz o’zgara boshlaydi. Binoning chap burchagida katta monitor qo’yilgan bo’lib, do’kon ichidagi kitoblarning reklamasi doim “aylanib” turibdi. Monitor yonida Prezidentimizning so’zlari yozilgan katta taxta, uni yonida esa o’zgacha dizaynga ega kitob javoni.


  Ichkariga kirishingiz bilan o’zgacha muhit sizni qamrab oladi. Shaxsan men bunaqangi chiroyli va katta kitob do’konini hali ko’rganim yo’q(Balki,rostdan ham O’rta Osiyodagi eng katta do’kondir). Eshikdan kirganizda to’g’rida kassa, sumkalarizni qo’yish uchun maxsus javonchalar va garderob. Chap tarafda kojanniy kreslolar bilan jihozlangan bufet.

 O’ng tarafdan pastga tushsangiz(Do’konning asosiy qismi bir qavatdan va ozgina-qimmatbaho kitoblar ikkinchi qavatda ekan) asosiy kitoblar.


Yuridik adabiyotlardan boshlanib, badiiy adabiyotlar, ilmiy adabiyotlar, tibbiy adabiyotlar, diniy adabiyotlar va hakozalar bilan davom etgan kitob peshtaxtalari bolalar adabiyoti bilan tugaydi. Bolalar adabiyoti uchun ajratilgan joyga alohida e’tibor berilgani darxol odamni o’ziga jalb etadi.


  Qisqasi ajoyib. Yuqorida aytganimdek, binoning yuqori qismida sovg’a uchun beriladigan(suvenir) kitoblar joy olgan. Uyg’onish davri durdonalaridan tortib, Ma’rifatli davr, Yangi davr, Johiliyat davri, Gumanizm davriga tegishli bo’lgan nodir asarlarni topishingiz mumkin. Narxi ham shunga yarasha(DA Vinchi, Rafael va Mikelanjeloning asarlari to’plangan kitobni narxini ko’rudim, qo’limdan tushib ketishiga sal qoldi. 186 ming ekanJ )


   Biz talabalarga(o’zim haqimda aytayapman) kitobning muqovasidan ko’ra ichidagisi muhim. Ichidagi narsasi bilan narxi birlamchi hisoblanadi. Bir umr o’qishni orzu qilib yurgan kitobim falon so’m tursa uni sotib olmayman. Chunki cho’ntagim ko’tarmaydi. Do’konni bir aylanib chiqqach asta-sekin kitoblarning narxlari bilan tanishib chiqa boshladim. To’g’risini aytaman, kitoblarning narxi do’konning chiroyiga juda “mos”. O’rtiqcha gap-so’z yozib o’tirmay bir nechta kitoblarning narxini keltirib o’taman. Aygancha do’kondagi barcha kitoblar yangi, hali qo’l tegmagan,qog’ozning hidi ketmagan. Hali yangi ochilgani uchun bo'lsa kerak kitob tanlovi kam. Bir-ikki mingta kitobni yoyib chiqishgan. Sekin-sekin kitoblarga to'lib ketsa kerak. Hozircha esa "Kitob do'koni" emas, "Kitob muzeyi". Ba'zi kitoblarning narxlari:

O’tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”-12600 so’m;
O.Genri “Ishbilarmon kishilar”- 9800 so’m;
Gyote “Faust”-17500;
Abdulla Qodiriy “Otgan kunlar”-12500 so’m;
Pushkin “Yevgeniy Onegin”-7700 so’m;
Yunus O’g’uz “Amir Temur”-19600 so’m;
O’zbek Xalq maqollari- 10500 so’m;
Bobur ensiklopediasi-77000 so’m;
Albert Kamyu “Begona”- 16800 so’m...

  Qisqasi meni cho’ntagimga to’g’ri kelmadi. O’zi 330 ming stependiya olsam, 230 mingini kvartiraga bersam, 50 mingga proezdoy olsam qancha qolyapti? 50 ming. 50 mingga ikkita yoki uchta kitob olsam, keyingi stependiyagacha och qolishim mumkin. Shuning uchun sekingina kurtkamni zamogini tomog’imgacha qadab, kapishonimni boshimga “qo’ndirib” chiqib ketdim. ЦУМ kitob rastalaridagi narx-navodan deyarli farqini ko’rmadim. Uyga qaytayotib doim kitob oladigan Beruniydagi kitob do’konimga ham kirib o’tdim. Bu yerda ham yangi nashrdan chiqqan o’zbek tilidagi adabiyotlarni topishingiz mumkin. Lekin menga yoqadigan joyi, rus tilidagi eski kitoblarning xilma-xilligi. Istagan yozuvchingizning istagan asarini topishingiz mumkin(mubolag’asiz). Faqat rus tilida. Shunday vaziyatda hech bo’lmaganda rus tilini bilishimdan(o’qiy olishimdan) xursand bo’lib ketaman. To’g’ri bu yerdagi kitoblar eski, o’qilgan. nima bo’pti! O’zing uchun kerakli narsani yangi kitobda o’qiding nima, eski kitobda o’qiding nima? o’qilgan bo’lsa ham bir yoki ikki marta o’qilgan halos. Tashqi ko’rinishi ham yomon emas. Titilib ketmagan. Hatto ba’zilari ochilmagan bo’lsa ham kerak.demak, Beruniy kitob do’konidagi kitoblarning narxlari:

Jek London povestlari to’plami-7500 so’m;
Oskar Uayld “Tanlangan asarlar”-10000 so’m;
Hemenguey “Alvido qurol”-6000 so’m;
Bulgakov “Usta va Margarita”- 4000 so’m;
Dostoevskiyning “Jinoyat va jazo” va “Telba”si – 7500 so’mdan;
Jorj Oruel “1984”- 15000 so’m;
Edgar Alan Po “Qora mushuk”-5000 so’m;
Teodor Drayzer “Tanlangan asarlar”-7500 so’m...

Bundan tashqari Virjinia Vulf,Sharlotta Bronte, Pushkin-u Esenin, Tolstoy, Konan Doyl kabi yozuvchi-yu shoirlarning asalarini suv tekinga olishiz mumkin. Qaytaraman bularning hammasi rus tilida yana eski-o’qilgan kitoblar.

  Bu do’konda “Kitob olami”da ko’rgan kitoblarimni ham topdim. Narxini ham solishtirib ko’rdim.

Kamyuni “Begona”si 16800 edi, bu yerda 15 ming, "O'tgan kunlar" eski nashri- 6000 so'm,“O’zbek xalq maqollari” esa 9700 so’m, “12 stul”ning o’zbekcha eski nashri 6000 so’m, “Faust”ning yangi nashri 15000 so’m, eski nashri esa 12000 so’m...
Beruniydagi kitob do'koni



Комментарии

Отправить комментарий

Популярные сообщения из этого блога

Эй Худо ишқилиб...

Bir oyga 500 ming so'm yetadimi?!