Choyxonabop qizlar

  Hakimjon O’ybarchin o’n ming tumanli eli bilan Qalmoqqa ko’chib ketganida olti oy ko’ksini zahga berib yotganini eshitib, demak,foydasi bo’lsa kerak deb men ham shu usulni sinab ko’rmoqchi bo’ldim. Kattaroq harsang tosh topa olmay, bitta o’rtacha kundaning ustida “tarki dunyo” qilib biror soat o’tirganimni bilaman,foydasi bilina boshladi. Bilmadim nega Alpomish olti oy yotgan, menga 2 soat kifoya qildi. O’sha vaqtning o’zida u gulgunni unutib kvartiramga kelib navbatchiligimni qildim. Shu bilan hammasi tamom deb, kechki uyquga ketar ekanman,tomog’imda nimadir qichiganday bo’ldi. E’tibor bermasdan uyquni “urvordim”. Ertalab uyg’onsam kechagi “Alpomish usuli”ning foydasi shundoqqina peshonamda bilinib turibdi:istima 40,tomoq esa tipratkon yutvorgandek og’riyapti, burunimning esa biri Norin daryosi ,yana biri Qoradaryo. Qisqasi Alpomish bo’lish menga emas ekan. Shamollashim hali ketmasidan turib anchadan beri yozishni ko’nglimga tugub qo’ygan mavzuim haqida klaviatura shaqillatishga qaror qildim. Zero, post kimgadir yoqmasa, “istima aralash yozganda”deb men tomonga biroz yon bosarsizlar degan umidda...

  Hullas,bugun “Choyxonabop qizlar” haqida bir-ikkita o’z fikrimni bildirmoqchiman. “Iyee akasi choyxonabop qizlar ham bo’ladimi?”dersiz, bo’ladi. Bo’lganda ham...Bo’ladi-da!

  Sizlarni bilmadim-u, meni oxirgi paytlarda negadir omadim yurishmayapti. Ayniqsa, qizlar borasida. Testesteron garmoni miyyamga urvoradigan bo’lganidan, ko’chada ko’ringan qizga bitta gap otmasam musichanikidek nozik ko’nglim joyiga tushmaydigan holga kelganman. Chiroylimi,qiyshiqmi,pastmi, balandmi,ozg’inmi,semizmi farqi qolmagan...

  Qisqa qilib aytganda uylanish uchun qiz qidiradigan bo’lganman. Universitetimiz yonidagi metro tarafga borib, uzoqdan, bir ko’zimni qisib, birorta “pichoqqa ilinadigan” qiz chiqishini kutib turaman. Agar,shundayi chiqib qolsa,gap otaman. Qolgani o’z-o’zidan zanjir reaksiyasiga o’xshab ketaveradi(orada bir-ikkita qovun tushurishlar ham ucharab turadi). Kamtarlikka yo’ysangiz ham shuni aytishim mumkin-ki, bu shahri azimda hali birorta uylanishga arziydigan qiz uchratmadim(aniqrog’i  menga uchramadi). Bilasiz, yoshlarning asosiy qismi(o’zimga o’xshab) turli viloyatlardan Toshkonga o’qishga kelishadi. Bugun yigitlar haqida umuman gapirmayman deganim uchun,hamma toshni qizlarga otib qo’ya qolaman endi.

   Veeyy, bularni ko’rsangiz, 2-sentabr kuni o’qishga milliy kiyimda,6-sentabr kuni milliy kiyimni yarimi, 21-sentabr kuni milliy kiyim faqat bitta joyda qolgan, 3-oktabr kuni kalta yupka, 17-oktabr kuni tor shim... Qisqasi kuz fasli tugamasidan o’zlaridan “supermodel” yasavolishadi. Bu yerda tergaydigan Ota-Ona,aka-uka yo’q! Bizga o’xshaganlar “haa jonidan” desa, og’zi qulog’ida bo’lib ertasiga yanada “ochilib” keladiganlar ko’payib ketibdi. Bo’ydoq sifatida men bunga qarshi emasman. Menga yoqadi mana shunaqa “ochilib-chochilib” yuradiganlar. Lekin aka yoki uka sifatida ularni gulxanga tashlash kerak. Gulxan ularni poklaydi! Mayli, kiyim-kechagi bu-ko’p va ho’p gapirilgan mavzu. Meni eng qiynaydigani bu qizlarimizning befarasotligi(beporosat). Tovba qildim-u,lekin ko’pchiligining farosati shimlari kabi torayib, aqllarini esa “eshik qisib”qolgan.

*Ko’chada ketayapman, uchta qiz ketyapti, shu quloq o’lgur chuchvaradek bo’lsa ham yaxshi eshitadi-da. Biri: Anu, yigiting nima bo’ldi? Ikkinchisi: U “X” bilan gaplashmayapman. Oxirgi paytlarda eng eng ko’p eshitgan so’zim shu-isqirt. “X”nima ekanligini o’zilar topvolarsizlar.

*Yana biri, Univerdan chiqayotsam bir qiz, yigitga qarab shunaqa so’kinyabdi-ki, mendek professional so’kinuvchi hijolat. “Chekushkani bir joyingga...qo’yaman” deganidan keyim men ham duximga o’tirib qoldim.

*Bular endi mayli,tug’ma parosat gullaganskiy. Lekin ba’zilarni ko’rsang boshiga shvabra bilan bir urging keladi. Oddiy choy qaytarib, o’zidan kattaga uzatish qo’lidan kelmaydi-yu, gapirishi osmon-osmon. “Meni dadam falonchi”, “Meni tog’am pismadonchi”, “Bitta gap bilan yo’q qivoraman”... Shohruxonga o’hshab “Hay-hay sekin” deydigan odam yo’q. O’zinda bor narsa bilan maqtan. Qomatim gitara o’xshash chiroyli de,yoki sochlarim sumbuldek xushbo’y de... Tog’angni,amakingni bir nimalari bilan maqtanasan boshimni og’ritib.

   Yana bir toifasi chiqqan hozir: Atrofdagi hammani o’ziga jalb qilish uchun og’zini kalishday ochib, “Jaydari kelin”dagiga o’xshab “voxaxaxa”deb kuladi. Yana odam to’la ko’chaning o’rtasi. Hatto sal lo’xroq ko’ringan yigitga 3-4 ta bo’volib gap ham otishib, prikol qilishadi. “He,uyalmaysanmi?”desangiz, o’zini haq-ququqlarini sanay ketadi, ozgina past ketishni bilmay, yuzizga sapchiydi. Yaqinda ko’chada ketayotsam 6-7 ta qiz to’planib “qaysi choyxonaga boramiz?” deb muhokama qilishyabdi. Ichida bitta farosatlirog’i bor ekan: “Choyxonada nima bor? Erkaklar borishadi-ku faqat...” deb qoldi. Unga dugonalaridan biri: “Yigitlar borgan joyga qizlar kelmasin degan joyi yo’q-ku. Mazza qilib supada o’tiramiz.”deb gapini bo’ldi.
O’zlaricha wikipediadan o’qib:

“Choyxona,samovar-choy ichib tamaddi qilinadigan,hordiq chiqaradigan jamoat joyi. Issiq iqlim va sharoit taqazosi bilan O’rta Osiyo,Eron va Turkiyada keng tarqalgan. O’zbek choyxonalaridagi asosiy taomlar-palov,somsa,lag’mon,qozonkabob,dimlama va h.k. Choyxonada spirtli ichimliklar sotilmaydi...” deb o’ylashadi shekilli.
   Sizlarga aytsam mana shular choyxonabop qizlar bo’ladi. Endi bir kami choyxonani ham shu qizlarga topshirishimiz qoludi dersiz. Nima qilibdi? Teng huquqlilikni talab qilishyabdimi,borishsin. Erkaklar hammomiga borgan choyxonasiga borolmaydimi? Boradi. O’n sakkizlik g’ishtning qolipiga sig’maydigan latifalardan aytib, eshitib keladi. Choyxonani mazasi-anekdotlar,chimilarni tortib, “qattig’idan yasab” qiz-juvondan panada kayf qiladigan joy. Yuqoridagi qizlarni bir-ikkitasini choyxonaga chaqirib bir hangomalashish kerak. Qani, “voxaxaxa”lasinchi bir. Bizga nima,qaytanga mazza qilganimiz qoladi(Choyxonaga so’ng sekin uyga ham yetaklab ketaversa bo’ladi-da)).
Keyin yurishadi "Bevafo dunyo,aldashdi,nomusimga tegishdi..."deb

    “Bunaqa yigitlar bilan choyxonaga boradigan qizlar yo’q” deb o’g’zimga urarsiz. Men ham shunday bo’lishini hohlayman. Yigit yigitligini,qiz qizligini qilsin. Tarqab ketgan aql-u farosatini yig’ishtirib olsin. Ko’chada yoki boshqa joyda ko’rganingda “Eh! Mening juftim ham shunaqa bo’lsaydi”degan shirin hayol miyyamizdan o’tsin. Sevishib,sinashib,ozgina oradan gap qochgach ikki soatda bir-birimizni unutvormasak deyman.

  Bir qolda ro’molcha bilan burinni artib yana birida post yozish oson emas ekan. Ko’p gaplarim bor ediku-ya,mayli, boshqa safar davom ettiraman. Hozir menga maqul bo’lgan, ammo muallifi kimligini bilmaydigan bitta she’r bilan tugatib qo’ya qolaman:

Radiodan bir ayol bildirdi tilak,
Emishki har yerda ayol va erkak
Doimo teng huquqli bo’lmog’i kerak.
Mayli,teng huquqli bo’la qolaylik.
Soatlab tepamda garchi tik turing
Demayman: “siz ayol keling o’tiring”.
Ayol,erkak birday, marhamat ko’ring
Mayli,teng huquqli bo’la qolaylik.
Navbatda turibmiz deylik biz birga,
Tiqilinch ichida botib siz terga
Demang:”siz yo’l bering avval ayolga”
Keling teng huquqli bo’la qolaylik.
Og’ir yuk orqalab siz yelkangizga,
Qaytsangiz yumushdan o’z uyingizga.
Jim tursak tanalar qilmangiz bizga,
Keling teng huquqli bo’la qolaylik.
Magar,jentelmenlik ketsa yo’qolib
Faryod aylamangiz erkakdan nolib
Huquq talashdingiz majburiyat qolib
Keling teng huquqli bo’la qolaylik.
Nimalar topdingiz huquq talashib,
Ketdi murg’ak boshda g’avg’o qalashib.
Kim nima desa desin, yurmang adashib
Keling,o’z o’rnimiz bilib olaylik.
Ayol gul,ojiza,nafis bir tilak,
Unga doimo bir hamroh kerak.
Shuni bilsagina suyadi erkak

Har kim o’z o’rnida bo’la qolaylik.

Комментарии

Отправить комментарий

Популярные сообщения из этого блога

Эй Худо ишқилиб...

"Kitob olami"

Bir oyga 500 ming so'm yetadimi?!