Farg'onada tong otguncha

Assalomu alaykum qadri baland qadrdonlarim! Ruhsatlaringiz bilan ancha oldin niyyat qilib qo’ygan postimni yozsam. Bu post faqatgina shaxsan mening fikrim,taassurotlarim asosida yozilgani uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. Shunchaki bir post deb qabul qilgaysiz.

   Sentabrda Samarqandga borganimda u yerning odamlari menga yoqmaganligini ijtimoiy tarmoqlarda yozib,ancha muncha ta’na-dashnomlar ostida qolgan edim. Men o’shanda butun boshli Samarqand haqida emas,shahar markazi haqida yozgandim aslida. Lekin buni to’g’ri tushuntirib berolmagandim. O’shanda ikkita-uchta vodiyliklar “Biz tarafga mehmon bo’lib keling, ko’rasiz haqiqiy odamshinavandalikni!”deyishgandi. Albatta boraman deb chap ko’ksimda ba’zida minutiga 70-72 marta urib turadigan joyiga tugub qo’ygandim. Mana qarang-ki, “yaxshi niyat-polovina karova”deyishganidek kechagina Vodiy-Farg’ona safariga borib qaytdi(m)k. Shunchaki safar emas,to’y munosabati bilan!

  Ertalab soat 8:00 da Qo’yliq guru(n)ch bozorida yig’ilishga kelishdik. Har doimgidek biror marta vaqtida kelmagan bu “xalq” o’sha kuniyam shunday qildi. 10:00 da yig’ilib 10:20 da yo’lga chiqdik. Bir kun oldin Qo’qon taksilaridan aytilgan manzilgacha oborib qo’yishlarnin yaxshiyam kelishib qo’ygan ekanmiz. Bo’lmasam, “Vodiy-pitak”da qayoqdagi Lacettilarda 25 ming so’mdan ketgan bo’larmidik... Yo’q. Omadimiz keldi. Qo’qon taksichilarida insof “simidan”ekan to’yxonani tagigacha 30 ming so’mdan oborib qo’yishdi. Lavz ham huddi insoflari singari ishlatilmagan ko’rinadi, manzilga yetib borgach yana 10 mingdan qo’shib berasizlar deb turib olishdi. Biz ham pulni ko’chdan supurvolamiz-ku,berdik indamasdan. (Shu o’rinda Leyla opa va uning turmush o’rtoqlariga o’z minnatdorchiligimni bildirib o’taman. Juda ajoyib insonlar ekan. Haqiqatda havasim keldi. Butun boshli Toshkent xalqiga bo’lgan fikrimni o’zgartirvorishdi). 

  Bay-bay-bay to’yxonani ko’rsangiz endi. Agarda Bobur aka “Qurbaqa.Sanksiya.Talaba” mavzusini endi berganlarida ikki qator yozib, g’olib bo’lib ketgan bo’lardim. Qanday deysizmi? Mana: “To’yxonani ko’rgan mehmon talaba, huddi Rossiya AQSH sankiyalariga uchraganidek ko’zlarini katta-katta ochib baqa bo’lib qoldi”... Chumchuqni sutiyam topiladigan joy ekan o’ziyam. “Shaytonning suvi”ga o’rgangan biz osiylar bunga biroz “dumka”ga tushib qoldik. Choynakni ushlab ko’rsak,choynak issiq. Nima ham qilardik,bu yerda shunday ekan-da deb, Parkent uzumidan,dadam yuborgan asal-u,muraboddan yalab o’tirdik.

To’y ajoyib o’tdik. Kuyov bo’lmish akamiz va kelinoyimiz uzukka ko’z qo’ygandek. Ularga baxt,oilaviy hotirjamlik tilab qolaman. Qisqasi men to’yda mazza qildim. Yedim,ichdim,raqsga tushdim. Lezginkagayam bir o’ynayman deb turgandim svet o’chib qolsa deng. Tushunamiz, elga kelgan to’y bu axir.

  To’yxonadan chiqib biz uchun oldindan “tayyorlab” qo’yilgan choyxonaga bordik. Joy bemalol ekan deng. Biz uchun ajratilgan xona “bo’m-bo’sh”.  Har safar to’y tugaganidan keyin biror joyga borishni odat qilganmiz. Har safar o’sha biror joyga borganimizda nimadir muammo chiqardi:Bazan joy topilmay qolardi,bazan joy topilsa ham bizga kerakli xona zanit bo’lardi. Bu safar unaqa bo’lmadi. Hech kimga yalinmasdan: “Iltimos,sizlar kamchilik ekansizlar biz ko’pchilikmiz. Manashu sizlar o’tirgan xonadan boshqasiga sig’mas ekanmiz. Iltimos,akajonlar bizga berilgan kichikroq xona bilan almashaylik...”deyishga to’g’ri kelmadi.

  Aytganimdek,bizga ajratilgan xonaga to’g’ri kirib bordik. Hali hamma joylashib o’tirmasidan savol-javobni boshlavordik deng. Bir-biridan ajoyib savollar,anekdotlar ketma-ketligi yog’ila boshladi. Choyxonani kim tashkillashtirganini bilmadim-u,lekin hamma narsani hisobga olgan ekan. Qoyil qolish kerak. Osh-non,salatlar,shirinliklar,cola-fanta-yu, anu “yarimta-yarimta”lar daryo bo’lib oqa boshladi. Men o’zi Vodiyga to’y va to’yni egasini xurmati uchun emas,yeb ichishga borgandim, to’g’risi. Umuman olganda har doim shunaqa. To’yga yeyish uchun boraman! Savol-javob,guruhdagilar bilan xingir-xingir, samimiy suhbatlar menga qiziq emas. Boshqalarga ham shunday bo’lsa kerak... Demak,mavzudan chalg’ib ketayapman, yeb-ichish juda joyida bo’ldi. Shu sal yoqmagani,o’shetlik mezbonlar dasturxondagi noz-ne’matlardan moshinasiga qarab tashiyverdi deng. Eeee akalar,bunaqa qilmanglar. Axir bu choyxonani-ki,bizga atalgan bularning hammasi desam ham tushinishmadi. Bir qarsang bittasi cola ko’tarib moshinasiga tashiydi,bir qarsang kolbasa... Hay,Vodiyda shunaqadir-da deb qo’ya qoldim keyin.

Og’ir bo’lsa ham yozaman: choyxonada biz bitta safdoshimizdan AYRILDIK! Shu paytgacha kelgan yo’llarimiz bundan keyin boshqa-boshqa endi. “Nima bo’ldi”deysizmi? Siz so’ramang men aytmay. Choyxona bo’lgandan keyin mazza qilib o’tirish kerakda vey. To’g’risi ichmagan odamni yoqtirmayman. Odam degan mazza qilib ichib,kayp bo’lib,yerda dumalab qolib,baqir-chaqir qilib yursa-da. Anu, sherigimiz umuman ichmas ekan. Bu biz(men)ga umuman yoqmadi. O’rtaga olib,og’ziga majburlab quymoqchi bo’ldik,bo’lmadi! Ichmagani yetmaganidek bizga qo’shilmay,bir chekkaga borvolib o’tirvoldi. Hech kimga gapirmadi. Chaqirsang ham qaramadi. Men oldiga borib qattiq-qattiq so’kindim. E’tibor ham bermadi. Boshqasi bo’lganda basharamga urvorardi. Bu esa latta qisib o’tirishdan boshqasiga yaramadi. Bu qilig’i hech birimizga yoqmadi albatta. Xayrlashdik! Shu o’rinda bir maqol esimga tushib ketdi: “Bo’lmaganda-bo’lishma”.

Uyi yaqinroqda ekan,xafa bo’lib ketvordi oxiri. Qoling-qoling qilsak ham ketaman deb, ketvordi deng. Undan keyin hammani kayfi dabdala bo’ldi. Suhbatlar umuman qizimadi. Karta,narda ham o’ynashga ishtiyoq qolmadi. Eng alam qiladigani kuyov bolani yaqin qarindoshlari bo’lmish Rasul aka,Hayot aka,Akmal akalarning betakaluffligi! Akalar odam unaqa bo’lmaydi-da endi. Vodiylik-mestniy ekanmiz deb mehmonlarni ustidan kulish yaxshi emas! Bular choyxonaga bora solib yotvolishdi deng. Mehmon-pehmonlar bilan bir tiyinli ishlari bo’lmadi. Moshinalari bo’lsa ham,bir metr joyga ham qimirlatmadi. Ertalabgacha to’yni egasi yuborgan noz-ne’matlardan bahramand bo’lib o’tirishdi,yotishdi. Ertalab ham o’rinlaridan turay deyishmadi. Bu yoqda mezbonlar kosa-tavoq,dasturxonlarni yig’ishtirishga tushib ketishdi. Ularning bo’lsa parvoyi palak. Bunaqamas-da endi! Birinchi marta to’yga kelganlari sal bilinib qoldi shularning. Hechqisi yo’q,hali yoshda bular. Eng suyakka borib taqalgani, ertalab nonushtaga kuyov bo’lmish yuborgan noz-nemat’larni paqqos tushirishgani yetmaganidek,ortib qolgan hamma narsani o’z moshinalariga tashib ketishdi. Qisqasi sizlardan xafaman akalar! Tushunaman to’y kamchiliksiz bo’lmaydi. Haliyam odamlarga o’xshab Samarqand-u,Buxoro,Toshkentdan borganimiz yo’q. Bir qadam bo’lmish yerdan bordik. Uzoqdan mehmonlar kelib qolsa hijolat bo’lib qolmaylar deb yozayapman-da. Agarda to’yni egasi bo’lmaganida,sizlarga nisbatan fikrim kopeyka bo’lardi. Butun Vodiy ahliga nisbatan yuragimda qandaydir xushlamaslikka o’xshash narsa qolib ketardi. Yo’q! Yana qaytaraman yaxshiyam baxtilarga to’yni egasiga o’xshagan odamlar bor. Shular bor-ki,Farg’ona-Farg’onadir. O’sha kuni kuyov bola telefon qilovrib, hol-ahvol so’rorib bezor qivorganidan telni o’chirib qo’ydik hammamiz. Bizga tusholmaganidan hijolat bo’lib, ikki marta kelib xabar ham olib ketdi. Odam degan shunaqa bo’ladi. Yosh bo’lsa ham shundan o’rganilar akalar. Ilojini qilib kuyov bolaga tel qilib,sizlarni sharmanda qilmagani uchun rahmat deb qo’yilar. Nafqat telefon balki,oldiga borib bir quchoqlab qo’ysalariz ham kayib qolmaysizlar.


Shunday qilib to’yni ajoyib qilib o’tkazib qaytdik. Bir kungina bo'lgan bo'lsam ham Farg'ona maqtashganidek joy ekanligiga ishonchim komil bo'ldi. Yo’lda yarim kilo qurut ham ovoldim. Mazza qilib shu qurutni shimib yozdim shu postni. Rahmat hammaga!

Комментарии

Отправить комментарий

Популярные сообщения из этого блога

Эй Худо ишқилиб...

"Kitob olami"

Bir oyga 500 ming so'm yetadimi?!