Qog'ozbozlik

  Insof bilan-da,endi odamlar. Jonga tegdi-ku bu qog’ozbozliklaring. Ayniqsa,davlat tashkilotlari. Erkakligining haqida ham spravka so’raydigan davrga keldik menimcha. Adashib kursiga o’tirib qolganlar tiqilib ketdi. Na bilimi bor na dunyoqarashi. Butun dunyo fuqarolarga yengillik yarataman deb yangiliklarga qo’l urayotgan,millionlab pul ajratayotgan mahalda,biznikilar haliyam “otangga bor,engaga bor”,undan qo’g’oz olib kel, bunga ko’rsat. O’sha sakkiz soat navbatda turib,palon pul berib olgan bir parcha qo’g’ozingga qarashmaydi ham. Qaragandayam nima deb yozilganini tushunmaydi ko’pchiligi. Lekin obkelishing kerak. Ertaga bu qog’ozing o’sha muassasani xojatxonasida yotadi. Yo’q,baribir obkelishing kerak. Unaqamasda endi. Padar lanat kompyuterni nega yaratib qo’ydi bu odamzod?! Internetnichi?! Qo’shiq eshitish,kino ko’rish uchun emasdir harqalay. Shundan foydalan! Tushunmasang,aqling yetmasa,boshqalardan talab qil yoki joyingni bo’shat. SSSRda qotib qolgan boshing bilan nimaga erishasan bunaqada?! Pasport olishga 10 kun navbat,propiskaga to’g’irlashga keraksiz yigirmata xujjat va bir oy vaqt,hatto kasalxonaga ham bir talay spravka. Yashash joyingdan,tug’ilgan joyingdan... Elektron tizimdan to’g’ri foydalanishni o’rganaylik. Qog’ozbozlik,xujjatbozlik orqasidan yugur-yugurni tugataylik. Davlat shuncha pulni ajratib,hamma yerni kompyuterlar bilan to’ldirib tashlayabdi. Sizlar u kompyuterlarni porno bilan to’ldirmasdan,o’z yo’lida ishlatilar. Hech bo’lmaganda word,excellardan. O’ldim deganda kalkulyatorini ishlatilar. Ishoning ishingiz ancha yengillashadi. Qachongacha umrimiz va asabimizni qo’g’ozbozlikka sarflaymiz. Eskilikdan voz kechib yangi davrga moslashaylik bundoq. Hayotimizni yengillashtiraylik ahir. Aybga buyursalariz ham shu joyiga postni bitta qo’pol latifa bilan tugataman:

Bir kuni bo’ri bilan quyon turmush qurishibdi. Bo’ri quyonni har kuni “qoqarkan”. Bu quyonni joniga tegib ketibdi,oxiri sherning oldiga borib arz qilishga qilibdi. Sher bo’riga:
-Agar bir kunda bir martadan ko’p “qoqsang” men seni maydalayman debdi.
Bu xukmga har taraf rozi bo’libdi. Bo’ri bilan quyon uyga qaytishibdi. Yotishsa,bo’riniki tutib qolibdi:
-Quyon,quyon kel bir “qoqay”debdi.
-Mayli. Bo’ri “qoqibdi”. Biroz o’tgach bo’riniki yana qo’zibdi:
-Quyon,quyon kel yana bir “qoqay”
-Sherni amriga qarshi chiqmoqchimisan sen. Axir bir kunda bir marta deb kelishik,shartnomaga qo’l qo’yding-ku!
-Kel unda keyingi kunni hisobidan “qoqaman”?
-Ertaga keyin,kecha “qoqmaganman”deb tonib turib olmaysanmi?
-Ishonmasang bitta qog’ozga yozib beraman.
-Kelishdik... Bo’ri qo’g’ozga yaxshilab yozib,quyonga beribdi-da,o’z ishini qilibdi. Yana biroz yotgach qo’zibdi:
-Quyon,quyon kel yana bir “qoqay”,indingi kun hisobidan. Ikki kun dam olasan debdi. Quyon rozi bo’libdi. Xullas hammasi shu ruxda davom etaveribdi. Bo’ri bitta qo’g’ozga ariza yozarkanda,o’z ishini qilaverar ekan. Quyonni seyfida ikki yillik bo’rining arizalari yig’ilib qolibdi. Oradan ancha vaqt o’tgach quyon o’rmonda ketayotsa sherni uchratib qolibdi. Sher:
-Ha,quyon men chiqargan farmondan keyin hayoting ancha yengillashdimi?

-Qayoqda,”qoqilish” o’sha o’sha,faqat qog’ozbozlik ko’paydi dermush.

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Эй Худо ишқилиб...

"Kitob olami"

Bir oyga 500 ming so'm yetadimi?!