Rustam "Kapgir"yana ishda!

...Jamshid Rustam “Kapgir”ni qorniga pichoqni bir nacha bor tiqadi-da,o’z hohishi bilan “Toshturma”ga boradi. Axir yana qayerda,hech tayinli ish qilmasdan,tekin ovqat va joy topish mumkin ...

   Bularning barchasi Jamshidning miyyasida ro’y berayotgan edi. To’g’ri u Rustam “Kapgir” tufayli qamoqqa tushdi,lekin hozir o’ch olishning mavridi emas. Kallani ishlatish kerak,kallani. O’zicha hayolida bir nimalarni rejalashtira boshladi...
-Demak,mening aytganlarimning barchasi to’g’ri chiqdi shundaymi?
-Albatta Rustam aka!
-Bundan keyin meni Rustam aka demang iltimos. Rustam “Kapgir”deng.
-Nega “kapgir”?
Rustam deraza tarafga o’girildida boshining orqa qismini ko’rsatdi:
-Ko’rayapsizmi Jamshidjon manabu  yerning tekkisligini. Xuddi “kapgir”ga o’xshaydi. Sizningcha bu yer nega tekkis bo’lib qolgan?
-Yoshligizda beshikda ko’p yotgan bo’lsangiz kerak-da...
-Ho’sh-ho’sh...davom eting.
-Demak,ko’p farzandli oiladan bo’lsangiz kerak. Kenja farzandsiz.Ota-onanizni mexri boshqa farzandlariga bo’linib ketganidan sizga deyarli e’tibor berishmagan. Doim beshikda yotgansiz. O’shanga boshizning orqa tarafi shunaqa tekkis.
-Qoyil! Lekin noto’g’ri. Siz huddi oddiy odamlar kabi o’yladingiz. Boshqa mayda detallarga e’tibor bermadingiz. Siz avvalo boshimning shu qismidagi sochlarning siyrakligiga,ayniqsa kaftdek joyining salgina bo’rtganiga e’tibor berishingiz kerak edi. Aslida boshimning bu qismini tekisligi yoshligimda ko’p kaltak yeganimga. Mahallamizdagi kattaroq bollarning hammasi aynan shu joyimga bir shapaloq tushirib ketardi...

Shu payt telefon jiringlab qoldi.

-Rustam “Kapgir”eshitadi. Ha...ha. Albatta...15 daqiqadan keyin o’sha yerda bo’lamiz...sog’ bo’ling. Qani ketdik Jamshidjon,bizning hamkorlikdagi birinchi ishimiz boshlandi.
-Qayerga?
-Politexnika Universitetiga. U yerda jinoyat sodir bo’libdi. Mayor Qo’ziyevning aytishi bo’yicha,mening yordamimga muhtoj ekan. Sizning ham foydangiz tegishi mumkin,axir mol do’xtiri bo’lib ishlagansiz-ku...

-Qayerdan bildingiz buni?
-Boshqa safar tushuntirib berarman. Hozir yo’lga chiqaylik qani...
Politexnika Universiteti Mexanika fakulteti,216-xona.
-Ana u jinnini kim bu yerga chaqirdi?
-Kimni o’rtoq polkovnik?
-Ana kelyapti-ku,Rustam “Kapgir”nida!
-Kechirasiz,men chaqirgandim. Bu jinoyat juda ham sirli tuyuldi menga. Bunday ishlarni yechishda Rustam “Kapgir”ga yetadigan yo’q shahrimizda.
-Boshingiz bilan javob berasiz bu ish uchun. Agar biror nima bo’lsa,qamchi sizning bo’yningizda sinadi,aytib qo’yay.
-Huddi shunday o’rtoq polkovnik!
-Qani,qani nariroq turilar. Menga halaqit bermanglar. Xonani ko’zdan kechirib chiqishim uchun besh daqiqa yetadi-deya Rustam “Kapgir”ichkariga kirib ketdi.
Uch daqiqa o’tar-o’tmas chiqib:
-Mayor Qo’ziyev,nega meni chaqirdingiz ahir bu oddiy qotillik-ku!
-Bir qarashda shunday. Aslida esa...
-Qani,bafurjaroq gapiringchi.
-Hullas,bu xona “Mashinasozlik texnologiyasi”fanidan dars beradigan Jo’rayev Musulmon degan insonniki.
-Xona kimga tegishli ekanligini juda yaxshi bilaman o’rtoq Qo’ziyev. Axir men ham shu fakultetda,aynan shu insonning kafedrasida o’qiganman.
-Ha-ya,esim qursin. Demak, huddi shu yo’nalishda tahsil olayotgan 3-kurs talabasi Abdurahmonov Sheralining jasadi aynan shu xonadan topilgan. Devorga qon bilan “meni Musulmon aka o’ldirdi”deb yozilgan.  Gumondorning o’zi esa buni inkor qilmoqda.
-Yigitni o’ldirishganiga qancha bo’lgan?
- O’n to’rti-o’n olti soat. Kecha tushlikdan keyin soat 15 larda o’ldirilgan. Jasadni ertalab xonani yig’ishtirgani kelgan ayol ko’rib qolgan.
-Musulmonni o’zi nima deyapti?
-Kecha soat 14:00da fakultetdan chiqib,to’g’ri Chilonzorga borganini aytmoqda. Ammo isbot yo’q. U yerda nima qilgan,kim bilan uchrashganini ham aytmadi.
-Men u bilan uchrasha olamanmi?
-Albatta. Marhamat ortimdan yuring. Kechirasiz yonizdagi kim?
-Bu mening yangi sherigim. Jamshid “Cho’mich”!
-Menga “Cho’mich” laqabi yoqmaydi. Ruhsat bersangiz o’zim tahallus topsam. Birorta qo’rqinchliroq. Odamni hayratga soladigan. Masalan: oybolta,kuvaldami...yoki qora qanotmi?
-Bo’lmaydi,do’stim Jamshidjon. Sizning laqabingiz menikidan o’tishi kerak emas. “Kapgir va cho’mich” bu esda qolarli har holda. Demak,bugundan boshlab “Cho’mich”siz.

Xonaga kirishdi.

-Men aybdor emasman-dedi ko’zlari qizarib ketgan Musulmon.
-Hovliqmang o’rtoq Jo’rayev,buni vaqt ko’rsatadi. Meni tanidingizmi?
Musulmon nimanidir eslashga harakat qilib Rustam “Kapgir”ga tikilib qoldi. Va birdan:
-Rustamjon!-deb quchoqlab olish uchun o’rnidan turgan edi,Rustam “Kapgir” qo’li bilan joyiga o’tirish ishorasini qildi:
-Men endi avvalgi Rustam emasman. Men siz qilgan jinoyat bo’yicha konsultatsiya berish uchun chaqirilgan izquvarman. Shunday ekan meni savollarimga javob bering. Yigitchani nega o’ldirdingiz?
-Men o’ldirmadim uni!
-Kim o’ldirdi unaqada?
-Men qayerdan bilaman?!
-Axir jasad sizning xonangizdan topilgan-ku,buning ustiga devorga katta qilib qon bilan “meni Musulmon aka o’ldirdi”deb yozilgan bo’lsa. Kecha soat 14:00 va 15:00 lar orasida qayerda edingiz?
-Chilonzorda.
-Nega borgan edigiz u yerga?
Musulmon javob bermadi.
-O’ynashizni oldiga borgansiz shundaymi? Ko’ylagiz va shimizning g’ijimligiga qaraganda haliyam uylanmagan ko’rinasiz. Tishlaringizda esa nos donachali borligidan bugun ertalab tishizni yuvmaganizni bilsa bo’ladi. Siz kabi doim tishiga e’tibor beeradigan odam nega bunday qilishi mumkin? Sabab:siz boshqa joyda tunagansiz. Yoqangizga yopishib tursan uzun soch ham bundan dalolat beradi. Ho’sh ayting kecha qayerda va kimnikida ediz? Axir men sizga yordam bermoqchiman.
-Boshqalar chiqib turishsin-deya iltimos qildi Musulmon. Hamma gapni Rustamning o’ziga aytar ekan.

Ichkarida 15-20 daqiqacha bir nimalar haqida gaplashgan “Kapgir” xonadan chiqdi-da, Qo’ziyevga:
-Kechga men sizga telefon qilaman. Uning aybdor yoki aybsiz ekanligini aytaman. Shunga qarab ish qilasizlar. Ketdik,”Cho’mich”...

U dekanatga ikki daqiqaga kirib chiqdi-da,keyin ketdik. Metroga tushdik. Peresadka qilib Chilonzor bekatiga keldik. Yer ostidan chiqayotganimizda “Kapgir” tashqarida melisani yonida turgan ahlat idishni tita boshladi. Men hijolat bo’lib sal nariroqqa ketdim. Birozdan so’ng u nimadandir xursand yonimga keldi-da:
-Qani ketdik 19-kvartalga dedi.
-Nega u yerga boryapmiz o’zi?
-Musulmonning o’ynashinikiga.
-Baribir bu yog’iga taksida ketar ekanmiz,Beruniyni o’zidan taksiga minsak bo’lmasmidi?
-Yo’q do’stim. Buning sababi bor. Keyinroq tushuntirib berman.

Aytilgan manzilga yetib keldik. “Kapgir”meni tashqarida kutib turishimni so’radi-da o’zi ichkariga kirib ketdi. Yarim soatlardan so’ng mamnun holda chiqdi-da:
-Qani ketdik do’stim “Cho’mich”. Ish bitdi dedi.
Biz kvartiramizga yo’l oldik. Kela solib Rustam “Kapgir” kravatga o’zini tashladi-da,soat 18-20 da uyg’otishimni so’rab,uyquni “bervordi”. Vaqt yetgach meni uni uyg’ondim. U o’rnidan turib telefonini oldi-da:
-O’rtoq Qo’ziyev,Jo’rayev Musulmon aybdor. Unga qarshi bemalol jinoiy ish qo’zg’ashingiz mumkin-deb telefonini o’chirdi.
-Nega bunday qarorga keldingiz?
-U aybdor emas. Talaba o’zini o’zi o’ldirgan!
-Qanday qilib? Tushuntiring menga ham iltimos.
-Avval boshidan aytay sizga. Ertalab eshitganningizdek men ham shu fakultetning aynan shu yo’nalishida o’qiganman. Musulmon bizga ham dars bergan. Hamma bollarni ezardi. Sessiya payti bilimi bordan ham,bilimi yo’qdan ham bir tekkis pul yig’ardi. O’shanchun laqabi “Kombayn”edi. Pul bermaganlarni o’qishadan haydataman deb qo’rqitardi. Qisqa qilib aytadigan bo’lsam yaxshi pedagog emasdi...
-Bola o’zini o’zi o’ldirganini qayerdan bildingiz?
-Xona kirganimda,avvalo jasadning yotishiga e’tibor berdim. U oyoqlari biroz yig’ilgan holda edi. Bundan kelib chiqadi-ki,u jon taslim qilgunicha cho’kkalab turgan va yiqilgan.Pichoq ham tanaga oxirigacha kirmagan edi. Yigit o’ziga pichoqni sanchgan-u,oxirigacha tiqa olmagan. Buning ustiga uning o’ng qo’lining ko’rsatgich barmog’i kesilgan edi.
-Axir u devorga qon bilan yozgan-ku!
-Devorga qon bilan yozish uchun barmog’ini kesish shartmi? Musulmon qorniga tiqqan pichoqni sug’urib olib,barmog’ini kesib yana joyiga tiqib qo’yganmi?! Mantiqsizlik bu! Buning ustiga qornidan oqayotgan qon bilan ham yozsa bo’lardi. Metroga tushgunimizcha men uning elektron baholarini ko’rdim. Bilsangiz hozir hamma “Modul tizimi”ga o’tgan. Hamma baholar elektron holda qo’yiladi va yuritib boriladi. Uning elektron jurnaldagi parolini dekanatga kirganimda olgan edim.  Marhumning esa Musulmonni fanidan boshqa hamma baholar besh ekan. Faqat u qo’ymagan. Shundan kelib chiqadi-ki, bola Musulmonga so’ragan pulini bermagan yoki berishga imkoni bo’lmagan. Oxiri nima qilishini bilmay,to’yib ketganidan o’z joniga qasd qilgan va uni aybdor qilib ketishni rejalashtirgan. Irodasiga qoyil!
-Tushunarli. Musulmon aybdor emasligini bilar ekansiz,nega unda Chilonzorga bordik? Bunga hojat yo’q ekan-ku?
-Yo’q, bor edi. Men Musulmon bilan holi gaplashganimda u menga Chilonzorga o’ynashinikiga borganini,yo’lda metrodagi paynet bankomatidan foydalanganini aytdi. Boya Chilonzor bekatidan chiqqanimizda bankomatga e’tibor berdim,uning yonida ahlat chelak yo’q edi. Demak,Musulmon bankomatdan chiqqan chekni qayergadir tashlashi kerak edi. Keyin tashqaridagi ahlat qutini titdim. Va qidirganimni topdim.
U chon’tagidan paynet chekini chiqarib ko’rsatdi.
-Bu chekda aniq vaqt ko’rsatilgan-deya davom etdi “Kapgir”. Bu esa uni hukmdan qutqarib qolishi mumkin edi. 19-kvartaldagi “suyuq” esa uning foydasiga guvohlik berishi mumkin edi. Men esa uning oldiga borganimizda,uni bu ishni qilmasligiga ko’ndirdim. Ozgina pul berdim va qo’rqitib qo’ydim.
-Nega axir? Nima uchun begunoh odamni qamalib ketishini istayapsiz? Bu adolatsizlik-ku!
-Adolatsizlik? Sizningcha 20 yil bolalardan tamagirlik qilish adolatdanmi? Bitta talabani o’limiga sabab bo’lish adolatdanmi? Axir yosh yigit o’z jonini adolat uchun qurbon qilmadimi? Shunday ekan biz adolatning egri ko’rinishidan foydalandik. U qamalsagina xaqiqat qaror topadi...



Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Эй Худо ишқилиб...

"Kitob olami"

Bir oyga 500 ming so'm yetadimi?!