Sog'inch.Chaqaloq.Obi hayot

Rashidjonning olamdan o’tganiga yaqinda bir yil to’ldi. Bevasi Odinaxon qo’lidan kelgancha barcha rasm-rusmlarni ado etdi. Qarindoshlari ham qarab turishgani yo’q. Baraka topishsin hammasi. Bechora eri yosh ketdi. Endigina qirq uchga kirgandi. Odinaxon u bilan o’tgan umriga hech ham achingan emas. Bariga shukr qilib yashadi. Hayotning o’ziga yarasha qiyinchiliklarini birga yengishdi. Qancha-qancha niyatlarini amalga oshirishdi. Amalga oshmagan orzulari ham bisyor edi. Nima ham qilardi. Taqdir ekan. O’lim haq. Oshxonada xontahta yonida o’tirib shularni hayolidan o’tkazar ekan,eshikdan o’g’li kirib keldi:
-Assalomu alaykum oyijon. Yaxshi o’tiribsizmi?
-Vaalaykum assalom bolam. Yaxshiman. Shu mahalgacha o’zing qayerda yuribsan?
-O’rtoqlarim bilan ko’chada o’tirgandik.
-Bir og’iz aytib ketsang bo’lmaydimi? Sendan havotirlanib o’tiribman axir.
-Nega havotirlanasiz?! Yosh bola emasman-ku. Mayli,men charchadim. Xonamga kirib uxlayman. Siz ham yaxshi dam oling.
-Ovqatlanmaysanmi?
-Qornim to’q!
-Qo’lingdagi nima?
-Hech nima-deb xonasiga kirib ketdi.
“Yosh bola emasman-ku!...” o’g’lining shu gaplari Odinaning miyyasida aylana boshladi. “Yosh bola emasman-ku...”

***

  Rashid va Odinalarning turmush qurishganiga to’rt yil to’ldi. Amma farzand bo’lmadi. Hali ham esida. To’ylaridan ikki yil o’tgach er-hotin ming havotirlar shifokorga,analiz javoblarini bilish uchun borishgandi. Do’xtir oldiga kirishga Rashidjonning yuragi betlamadi shekilli Odinaga “O’zing kirib chiqa qol,meni chekkim kelib qoldi”deb tashqarida kutib turishini aytdi. Birozdan so’ng Odina ko’zida yosh bilan chiqqanini ko’rgan Rahimjonning ichidan nimadir chirt uzilgandek bo’ldi. “Yo Olloh hali peshonamda shu ham bormidi”deya ichida nola qildi. Odinani yoniga borib,hech nimani sezmagandek:
-Nima bo’ldi onasi? Nega yig’laysan?!
-Onasi? Meni unday chaqirmang boshqa. Men ona bo’lolmas ekanman!-deya,yum-yum yig’lay boshladi.
-Unday dema. Hali Xudo hohlasa etaging farzandga to’ladi. Mana qarab turgin.
-E,o’sha Xudoyizni...
Rashidjon ikki qo’li bilan Odinaning yelkasidan qattiq g’ijimlab,yuzini o’ziga qaratdi:
-Ollohga shak keltira ko’rma! Meni aytdi deysan hali albatta farzandli bo’lamiz.
Odina Rashidning ko’zidagi porlayotgan g’azab va ishonchni bir vaqtning o’zida ko’rdi. Qo’rqib ketdi.
-Ey,Xudo men ojizani o’zing kechir...
   So’nggi ikki yil ichida katta-katta do’xtirlarga borishdi. Bari samarasiz. Qancha-qancha tabiblarga borishdi. Hech qanday foyda bo’lmadi. Rashidjon qayerda ozgina uchqun chiqsa o’sha yerga o’zini urdi. O’zlariga o’xshab tirnoqqa zor bo’lgan,lekin keyinchalik qaysidir amallarni bajarib farzand ko’rganlar qidirar,ular nima desa shuni bajarardi. Bu vaqt davomida Odina Turmanistondagi “qizil tuproq”dan yalab ko’rdi,Qashqadaryodagi “BiyOta”da chilla saqladi,Shohimardondagi “obi-hayot”dan ichib ko’rdi,egizak farzandi borlarga “tepdirdi”...Xullas,eshitgan barcha amallani bajardi. Afsus,bola bo’lmadi.
Bir-ikki marta qaynonasining “O’g’lim,bilasan biz ham Odinaxonni juda yaxshi ko’ramiz. O’z qizimizdek bo’lib qolgan. Lekin bolam,sen o’zingdan farzand,uyingni chirog’ini yoqadigan davomchi qoldirishing kerak. Balki,boshqa oila qursang...Odinaxon ham boshqa bilan turmush qursa,balki u ham farzandli bo’lib ketar”. O’g’li unamadi. “Ko’z ochib ko’rganim-shu”dedi. Odinaga manashu gapning o’zi yetardi. Rashidjon akasi uni dedi.
   Turmush qurishganing beshinchi yilida farzand asrab olishga qaror qilishdi. Balki,yetimni boshini silasak Xudoyim bizga farzand berar degan niyatda. “Bolalar uyi”ga borishdi. Dardlarini aytishdi. Yetimxona ma’murayti ham xursand bo’lishdi. Bir talay bolarni oldiga boshlab kirishdi. Xonada bir parcha chaqaloqlardan tortib,mo’ylovi sabza ura boshlagan o’smirlar ham bor edi. Ammo hammasini ko’zlari bir xil. Mexrga tashna. Kirgandayoq Odinaning bir chetda tahta o’yinchoqlardan uycha yasab o’tirgan,chamasi ikki yoshlardagi bolaga mexri tushdi. Hujjatlarni rasmiylashtirishib o’sha bolani asrab olishdi.

  Yillar o’tdi. Umidjon ham ulg’aya boshladi. Asrab olishgan bo’lsa ham Umidjonni qosh-u ko’zlari huddi Rashidjonga quyib qo’ygandek o’xshardi. Asrandi ekanligini hech kimga aytishmadi,bolaning o’ziga ham. Keyinchalik bilmasdan birortasi xaqiqatni aytib qo’ymasin deb boshqa joydan uy olib ko’chib ham ketishdi. O’z farzandlaridek yalab-yulqab katta qilishdi. Maboda Umidning tirnog’iga tikon kirsa,Odinaning yuragiga xanjar kirgandek bo’lardi. Barcha sharoitlarni yaratib berishdi. “Ko’p erkalatvormaylar”desa ham o’z bilganlaridan qolishmadi. Bola ham o’zlari hohlagandek ulg’aya boshladi. Erkatoy,injiq emas. Boshi ham butun. Har narsaga aqli yetadi.

***

  Shuncha yillar o’tsa ham Odina va Rashid o’z farzandlarini ko’ra olishmadi. Umid bilan ovunishsalar-da,yuraklarining tub-tubida baribir nimadir sanchardi.
Rashidjon olamdan o’tgacha,Odinaxon xaqiqatni Umidga aytishga qaror qildi. Barchasini yotig’i bilan tushuntirdi. Umid xonasida ikki kun chiqmasdan yotdi. Bu vaqt davomida Odinaning bo’lari bo’ldi. Yurak-bag’ri qonga to’ldi. Aytganiga afsuslandi. Yo’q ikki kun o’tgacha Umid yana dasturxon atrofida onasi bilan birga o’tira boshladi. Hammasi oldingidek. Lekin nimadir o’zgarganini Odina ona ko’ngli bilan sezib turardi. Endi farzandi oldingidek emas. Xaqiqat oshkor bo’lganidan besh-olti oy o’tgach Umidda o’zgarishlar kuchaydi. Boyagidaqa kech keladigan,qayerga ketganini aytmaydigan,nimalar qilayotganini xabar bermaydigan bo’ldi. Erta bilan kollejga otlanadi,obedda uyga ovqatlangani kelib yana ko’cha chiqib ketadi. Yarim tunda yana kirib keladi.

  Odinaning yuragi yana g’ash bo’la boshladi. O’sha birinchi marta do’xtirga borishganini esladi. Eri chekishni bahona qilib tashqarida qoldi. Odina esa ming hayol bilan do’xtir qabuliga,analiz natijalarini bilgani kirdi:
-Afsus singlim. Sizlar farzand ko’ra olmaysiz. Natijalar qoniqarsiz chiqdi.
-Endi nima bo’ladi? Odina ko’zi to’la yosh bilan do’xtirga termuldi.
-Maslahatim boshqa oila quring. Analizlar natijasi bo’yicha siz soppa sog’siz. Bemalol farzand ko’ra olasiz. Ammo eringiz...Nuqson eringizda...

Balki,rostdan ham boshqaga turmushga chiqib ketgani yaxshimidi. Yo’q! Aslo! Baribir hech kim uni Rashid akasidek baxtli qila olmas edi. Hammasiga shukur qiladi. Shularni o’ylab,erining “Onasi”deb erkalab chaqirishlarini sog’inib eslar ekan ko’zi ilinganini bilmay qoldi. Qattiq charchagan ekan,kech uyg’ondi. Umidjonning xonasiga kirdi. Farzandi allaqachon o’qishga ketib bo’libdi. Xonaning bir chetida paket turardi. Endi borib olmoqchi edi,xonada telefon jiringlab qoldi. “Iye,Umidjonning telefoni qolib ketibdi-ku”deya,go’shakni ko’tardi. Kursdoshi Hamidjon ekan:
-Assalomu alaykum xolajon. Umid uydami hali?Bugun ishga kelmay qo’yaversin ekan,ertangi bayram munosabati bilan “shef”dam berdi. Aytib qo’ying iltimos.
-Qanaqa ish? Qanaqa “shef”?
-Voy hali bilmasmidiz. Umid ikklamiz Ibrohim amakini novvoyxonasida ishlayapmiz-ku. Aytmaganmidi sizga?
-Darsga bormay ishlayapsanlarmi?
-Yo’q,darsdan keyin ishlayapmiz-da. Umidga darsda bir kun sen borma,bir kun men bormasdan ishlasak ko’proq pul topamiz desam,unamadi. Avval o’qish,keyin ish deydi.


   Hamidjon yana nimalar degani esida yo’q. Odinaning qulog’iga hech nima kirmadi. Ko’ziga yosh kelidi,“Ey Xudo o’zingga beadad shukur”... “O’zingga shukur yaratgan egam”... ancha vaqtgacha shunday karaxt holda o’tirdi. Farzand tarbiyalashda adashmaganliklarini bildi. Ko’nglidagi barcha g’ashliklar tarqab ketdi. Yoshlarini artib o’rinidan turar ekan,boyagi paket yana ko’zi tushdi. Nima ekan deb ochib borib qo’liga oldi. Paket ichida qora paket. Ichini ochdi. Ichidan bitta ro’mol chiqdi. Ro’molni qoliga olib yoyib ko’rayotgan edi,yerga qandaydir qog’oz tushdi. Qog’oz emas otkritka ekan. ichini o’qiy boshladi “Sevimli va mexribon Onajonimga! Kelayotgan bayramingiz bilan chin ko’ngildan tabriklayman. Siz mening,faqat mening onamsiz! Baxtimga doim sog’ bo’ling”. Odina o’kirib yig’lab yubordi...

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Эй Худо ишқилиб...

"Kitob olami"

Bir oyga 500 ming so'm yetadimi?!