"Chunki sen talabasan"
Kutmoq va umid qilmoq kerak. “Graf Monte Kristo” To’g’risi jonga tegdi. O’qish jonga tegdi. Poytaxtda o’qishning shuncha mashmashasi borligini bilganimda ikki dunyoda ham o’qimasdim. Undan ko’ra 10-20 ta qo’y olib tog’u-toshlarga chiqib ketganim yaxshiydi. Balki,ko’zingizga qiyinchiliklarga chidamaydigan, zaif,irodasiz inson bo’lib ko’rinayotgandirman. Menimcha ham shunday. Men irodasizman. Qiyinchiliklarga chidamsizman. Huda-behudaga noliyveradigan pessimistman. Qisqasi jonga tegdi. Hammasi jonga tegdi. Yozi bilan belinggacha suvga botib,kontrakt to’lash uchun pul topasan-u, Universitetingni marketing bo’limiga kelsang,bitta shartnomani ikki soatda berishadi. Bir qarasang boshlig’i yo’q, yana bir qarasang kotibasi. Hech bo’lmasa, 10% pulim yonimga qolsin deb bankka tushib, birortasini plastik kartasidan to’layman desang yana muammo. Plastik kartani egasini o’zi kelib,ariza yozishi kerak emush. Egasi Surxondaryo yoki Andijondan bo’lsachi? Plastikni egasi naqd