"Kitob olami"
“Eshittizmi?!Toshkentda O’rta Osiyoda eng
katta bo’lgan kitob do’koni ochilibdi...” yaqin 3 kundan beri qulog’imga
chalingan mish-mishlarning eng ko’pi shu haqida bo’ldi. Diqqatimni tortgan joyi
“O’rta Osiyodagi eng katta kitob do’koni”. Bugun darsdan sal vaqtliroq chiqib,
uch kun ichida mashxur bo’lib ulgurgan kitob do’koni tomon yo’l oldim...
Ta’kidlab o’tishim kerak-ki,oxirgi vaqtlarda
yurtimiz yoshlari orasida kitobga bo’lgan qiziqish borgan sari ortib bormoqda.
Bu juda yaxshi albatta. Davlatimiz tomonidan ham, nashriyotlar tomonidan ham
shu talabni qondirish uchun qoldan kelguncha harakat qilinmoqda. Yangi kitob
do’konining ochilishi esa ko’pchilik kitobsevarlarning quvonchiga quvonch
qo’shishi shubxasiz.
Yangi ochilgan kitob do’koni Mustaqillik
prospektida,eski Konservatoriya binosi qarshisida joylashgan ekan. Men o’zimga
qulay bo’lgan transport vosidasi metroda borishni afzal bildim. Hamid Olimjon
bekatidan chiqib,ko’prikdan “Ipoteka bank”iga qarab 200-250 mentlar yurasiz
ekan. Do’konning nomi “Kitob olami”.
Binoning
uzoqdan ko’rinishi odamni unchalik ham o’ziga jalb etmaydi. Lekin yaqinroq
borar ekansiz fikringiz o’zgara boshlaydi. Binoning chap burchagida katta
monitor qo’yilgan bo’lib, do’kon ichidagi kitoblarning reklamasi doim “aylanib”
turibdi. Monitor yonida Prezidentimizning so’zlari yozilgan katta taxta, uni
yonida esa o’zgacha dizaynga ega kitob javoni.
Ichkariga kirishingiz bilan o’zgacha muhit
sizni qamrab oladi. Shaxsan men bunaqangi chiroyli va katta kitob do’konini
hali ko’rganim yo’q(Balki,rostdan ham O’rta Osiyodagi eng katta do’kondir).
Eshikdan kirganizda to’g’rida kassa, sumkalarizni qo’yish uchun maxsus
javonchalar va garderob. Chap tarafda kojanniy kreslolar bilan jihozlangan bufet.
O’ng tarafdan pastga tushsangiz(Do’konning asosiy
qismi bir qavatdan va ozgina-qimmatbaho kitoblar ikkinchi qavatda ekan) asosiy
kitoblar.
Yuridik
adabiyotlardan boshlanib, badiiy adabiyotlar, ilmiy adabiyotlar, tibbiy
adabiyotlar, diniy adabiyotlar va hakozalar bilan davom etgan kitob
peshtaxtalari bolalar adabiyoti bilan tugaydi. Bolalar adabiyoti uchun
ajratilgan joyga alohida e’tibor berilgani darxol odamni o’ziga jalb etadi.
Qisqasi ajoyib. Yuqorida aytganimdek,
binoning yuqori qismida sovg’a uchun beriladigan(suvenir) kitoblar joy olgan.
Uyg’onish davri durdonalaridan tortib, Ma’rifatli davr, Yangi davr, Johiliyat
davri, Gumanizm davriga tegishli bo’lgan nodir asarlarni topishingiz mumkin.
Narxi ham shunga yarasha(DA Vinchi, Rafael va Mikelanjeloning asarlari
to’plangan kitobni narxini ko’rudim, qo’limdan tushib ketishiga sal qoldi. 186
ming ekanJ )
Biz talabalarga(o’zim haqimda aytayapman)
kitobning muqovasidan ko’ra ichidagisi muhim. Ichidagi narsasi bilan narxi
birlamchi hisoblanadi. Bir umr o’qishni orzu qilib yurgan kitobim falon so’m
tursa uni sotib olmayman. Chunki cho’ntagim ko’tarmaydi. Do’konni bir aylanib
chiqqach asta-sekin kitoblarning narxlari bilan tanishib chiqa boshladim.
To’g’risini aytaman, kitoblarning narxi do’konning chiroyiga juda “mos”.
O’rtiqcha gap-so’z yozib o’tirmay bir nechta kitoblarning narxini keltirib o’taman.
Aygancha do’kondagi barcha kitoblar yangi, hali qo’l tegmagan,qog’ozning hidi
ketmagan. Hali yangi ochilgani uchun bo'lsa kerak kitob tanlovi kam. Bir-ikki mingta kitobni yoyib chiqishgan. Sekin-sekin kitoblarga to'lib ketsa kerak. Hozircha esa "Kitob do'koni" emas, "Kitob muzeyi". Ba'zi kitoblarning narxlari:
O’tkir Hoshimov
“Ikki eshik orasi”-12600 so’m;
O.Genri
“Ishbilarmon kishilar”- 9800 so’m;
Gyote
“Faust”-17500;
Abdulla Qodiriy
“Otgan kunlar”-12500 so’m;
Pushkin “Yevgeniy
Onegin”-7700 so’m;
Yunus O’g’uz
“Amir Temur”-19600 so’m;
O’zbek Xalq
maqollari- 10500 so’m;
Bobur
ensiklopediasi-77000 so’m;
Albert Kamyu
“Begona”- 16800 so’m...
Qisqasi meni cho’ntagimga to’g’ri kelmadi.
O’zi 330 ming stependiya olsam, 230 mingini kvartiraga bersam, 50 mingga
proezdoy olsam qancha qolyapti? 50 ming. 50 mingga ikkita yoki uchta kitob
olsam, keyingi stependiyagacha och qolishim mumkin. Shuning uchun sekingina
kurtkamni zamogini tomog’imgacha qadab, kapishonimni boshimga “qo’ndirib”
chiqib ketdim. ЦУМ kitob rastalaridagi narx-navodan deyarli farqini ko’rmadim.
Uyga qaytayotib doim kitob oladigan Beruniydagi kitob do’konimga ham kirib
o’tdim. Bu yerda ham yangi nashrdan chiqqan o’zbek tilidagi adabiyotlarni
topishingiz mumkin. Lekin menga yoqadigan joyi, rus tilidagi eski kitoblarning
xilma-xilligi. Istagan yozuvchingizning istagan asarini topishingiz
mumkin(mubolag’asiz). Faqat rus tilida. Shunday vaziyatda hech bo’lmaganda rus
tilini bilishimdan(o’qiy olishimdan) xursand bo’lib ketaman. To’g’ri bu yerdagi
kitoblar eski, o’qilgan. nima bo’pti! O’zing uchun kerakli narsani yangi
kitobda o’qiding nima, eski kitobda o’qiding nima? o’qilgan bo’lsa ham bir yoki
ikki marta o’qilgan halos. Tashqi ko’rinishi ham yomon emas. Titilib ketmagan.
Hatto ba’zilari ochilmagan bo’lsa ham kerak.demak, Beruniy kitob do’konidagi
kitoblarning narxlari:
Jek London
povestlari to’plami-7500 so’m;
Oskar Uayld
“Tanlangan asarlar”-10000 so’m;
Hemenguey “Alvido
qurol”-6000 so’m;
Bulgakov “Usta va
Margarita”- 4000 so’m;
Dostoevskiyning
“Jinoyat va jazo” va “Telba”si – 7500 so’mdan;
Jorj Oruel
“1984”- 15000 so’m;
Edgar Alan Po
“Qora mushuk”-5000 so’m;
Teodor Drayzer
“Tanlangan asarlar”-7500 so’m...
Bundan tashqari
Virjinia Vulf,Sharlotta Bronte, Pushkin-u Esenin, Tolstoy, Konan Doyl kabi
yozuvchi-yu shoirlarning asalarini suv tekinga olishiz mumkin. Qaytaraman
bularning hammasi rus tilida yana eski-o’qilgan kitoblar.
Bu do’konda “Kitob olami”da ko’rgan
kitoblarimni ham topdim. Narxini ham solishtirib ko’rdim.
Ajoyib maqola bo'libdi.
ОтветитьУдалитьrahmat
УдалитьProzaga qiziqasizma?
ОтветитьУдалить