O'zbek bo'ling ammo yaxudiy bo'ling

         Qadrli do’stim! Mana, bugun siz mustaqil zamonda yashayapsiz. Sizga barcha imkoniyatlar yaratilgan. Siz bularning hammasida unumli foydalanib o’qiyapsiz, bilim olayapsiz, ishlayapsiz,izlanyapsiz... xullas, qanday bo’lmasin davlatning, xalqning rivoji uchun hissa qo’shmoqdasiz. Sizga havasim keladi. Ayniqsa, chet ellarda,nufuzli oliy o’quv yurtlarida bilim olayotganizni eshitib rosti juda xursand bo’ldim. Shunday davom eting. To’xtamang. 

       Yaqinda bir tanishim o’pkalab qoldi:“Tezroq chet elga ketsam edi, o’sha yerda mazza qilib bir umr yashardim. Bu yerlarga qaytib kelmayman. O’sha yerlik birortasiga uylanib, fuqaroligini olamanda, yevropalik bo’lib ketaman...”-deydi. Yana biri: “Rossiyadaligimda eng o’gir ishlarni o’zbeklar, tojiklar qilishyotganini guvohi bo’ldim. Bitta tanishim ust-boshi kir alpozda “Eee jo’rajon” deb kelib quchoqlasa bo’ladimi... Yonimda bir-ikkita o’ris hamrohlarim bor edi,ishonsang, o’zbekligimdan uyalib ketdim o’shanda”... Balki sizning orangizda ham shundaylar bordir.... Mayli, omadizni bersin. Qayerda bo’lsangiz ham sog’-omon bo’lsangiz bo’lgani. Lekin mening ham o’z qarashlarim bor, keling sizga tushintirishga,siz esa tushinishga harakat qilib ko’ring.


  Har bir millat o’z qavmi taqdirini o’ylashi kerak. Tomchida quyosh aks etgani singari,alohida olingan har bir shaxsda millat yashaydi. Shaxsning o’y-fikrlari,xatti-harakatlari, qilayotgan ishlari,qiliqlari,yurish-turishi,hatto qanday kulishi,iztirob chekishi, yig’lashiga qarab uning qanday millatga mansubligini bexato aytib bersa bo’ladi.

      Siz bilan biz o’zbekmiz. Ota-bobolarimiz, yetti pushtimiz o’zbek bo’lgan. Hali “o’zbek”degan so’z dunyoga kelishidan ilgari,keyinchalik,el-yurtimizga shunday nom berilgan kezlarda ham o’zbeklarni o’zining hatto g’animi deb bilgan ba’zi ulug’ insonlar,shohlar,amirlar,sultonlar,lashkarboshilar,ne-ne donishmandlar ham... o’zbek bo’lishgan. Odatda, shaxs millat tanlamaydi. Shaxsni millat tug’adi. Bas,biz har birimiz Alloh taoloning irodasi va marhamati bilan dunyoga kelganmiz.Bizni tug’dirgan va tuqqan ota-onamizni qanchalik sevsak,o’zimiz mansub bo’lgan millatimizni ham shunchalik ardoqlashga burchlimiz. O’z millatini, uning sha’n-shavkatini, salohiyatini va qadriyatlarini oyoqosti qilgan, uning dardiga malham bo’la olmaydigan kishi mavjudot bo’lsa bordir, ammo inson emas. Siz o’zbeksiz va, avvalo, shu bilan baxtlisiz...

  “O’zbek degan nomni baland ko’taring. O’zbek degan nomni iftixor-la o’zingizda “tashing”. Millating nima? deb so’rasalar, “O’zbek” deb aytishdan uyalmang. Ha, bir umrga o’zbek bo’lib qoling. Ammo... yahudiy bo’ling!”-deydi G’aybulla Salomov.
-G’alati! Bu gapda mantiq yo’q. “O’zbek bo’ling...Ammo yahudiy bo’ling?!” buni qanday tushinish kerak?
-Mana, Siz! Otangiz kim bo’lib ishlaydi?
-Ha,falonchi.
-Onangiz?
-Uy bekasi.
- Oilangizda nechta farzand bor?
- Deylik,yetttita.
- Oilangiz daromadi?.. va hokazo. Xo’sh, Siz musiqa chalishni bilasizmi? Mabodo tanbur chertmaysizmi yoki pianino chalmaysizmi?
-Yo’q.
-Shohmot o’ynashga qalaysiz?
 -Yo’q. Shashka o’ynayman uncha-muncha deysizmi? Xo’p,shunisiga ham shukur. Sportning qaysi turi bilan shug’ullanasiz? Boks? Kurash? Gimnastika? Tennis? Sambo? Chavondozlik? Chang’i? Turnikda necha marta gavdangizni ko’tara olasiz?..Xullas,deyarli hamma savollarga-nol. Ana xolos! O’zbekchadan boshqa qaysi xorijiy tillarni bilasiz? Labbay,o’rischani? Yaxshi. Yana? Nega yelka qisib,jim bo’lin qoldiz. Arabcha? Inglizcha? Forscha? Olmoncha? Fransuzcha? Balkim yapon tilini bilarsiz? Qayoqda! Ashulaxonlikka qalaysiz? Loaqal xirgoyi qilarsiz? Aytganday,xirgoyi nima bilasizmi? Bilmaymiz? Iee. Balkim yaxshigina rassomdirsiz? Teatrga tushib turasizmi? Labbay,televizor ko’raman deysizmi? Pazandalikka tobingiz qalay? Aytaylik,palov pishirish, non yopish, qandolatchilik qo’lingizdan kelar? Sigir sog’ib ko’rganmisiz? Sigir sog’ish ayollarning ishi deysizmi? Him... o’ntadan to’qqizta so’roq(agar hammasi bo’lmasa) javobsiz qoladi. Xo’sh nimani bilasiz o’zi? Birov yopgan nonni yeyish,birov aytgan qo’shiqni tinglash,birov soqqan sutni ichish har kimning qo’lidan keladi. Eee!..

     Bu blogni o’qiyotganlar ichidan “o’zini ko’rsatmoqchi” bo’lganlar ham topiladi. Tosh ko’tarish, kurash tushish, ko’pkari ishimizmikin deysizmi? Mana, maxsus badan tarbiya instituti, melisa akademiyasi, harbiy maktablar bor...Yana biri: ashulaxonlik,doyrasozlik,rubob chalishga,surat chizishga, konservatoriya, teatr-rassomchilik instituti,maxsus bilim yurtlari bor... Tag’in biringiz luqma tashlarsiz: non yopish,osh damlash, sigir sog’ish ham ish bo’libdimi! O’zlari savodsiz bo’lsalar-da buvimiz do’ndiradilar bunday ishlarni...

-Unday bo’lsa,Sizlar bilan hech qachon umumiy til topa olmas ekanmiz. Xo’sh,qani,ayting-chi,dunyoviy sport turlaridan va mislsiz san’at bo’lmish shohmot Hindiston,Eron va Markaziy Osiyoda kashf qilingan,deb hisoblanadi. Ne ajabkim,bu go’zal aqliy sport turini bizning ajdodlarimiz,ota-boblarimiz kashf etishgan bo’lsa-da,nechta o’zbek jahon chempioni bo’lgan? Jahon sovrindori nari tursin,yuzlab grossmeysterlar orasida nechta o’zbek bor? Hech kimga sir emas: yahudiylar birinchi o’rinda!  Sizning mantiqingizga ko’ra,qachon Toshkent jismoniy tabiya institutidan jahon chempioni chiqishini kutib o’tirishimiz kerak ekan-da,a?.. Kim aytadi bizni Amir Temur, Jaloloddin  Manguberdi, Temur Malik, Zahiriddin Muhammad Bobur, Shayboniyxonday nomlari butun dunyoni titratgan mashxur fotih,jahongir,sarkardalarning vorislari deb? Sobir Rahimovdan o’zga, o’zbekdan nechta jangovar general bor? Ularning, loaqal, nomlarini bilasizmi?.. “Non-osh buvimning bo’ynida” dedi kimdir. Balli. Siz buvingizning bo’ynida o’tiribsiz. Falokat shunda-da. O’zingiz buvi bo’lganda kimning bo’ynida turasiz? Hunaringiz oz. Fikringiz palag’da. Shuning uchun G’aybulloh as-Salom deydiki: O’zbek bo’ling,va... yahudiy bo’ling.

   Alhamdulilloh musulmonmiz. Alhamdulilloh o’zbekmiz. Ammo bu kifoya emas. Bugun biz dini, irqi, millatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha ilg’or xalqlaridan o’rganishimiz, o’zimizga kerak bo’lgan narsalarni ulardan olishimiz darkor. Masalan, dunyo fani, texnikasi, san’at,sport,til bilgichlik, savdo-sotiq va moliyaviy siyosatda ularning oldiga tushadigani kam. Yahudiy dastavval yahudiy-U nima qiladi? Bola tarbiyasiga juda katta e’tibor bilan qaraydi. Yemasa yemas,ichmasa ichmas,kiymasa kiymas(vaholangki,yeyishni ham,ichishni ham, kiyinishni ham biladi!..),bolasi-o’g’il qizini tarbiyalaydi. O’ziga,diniga mustahkam. Qorni to’q, ust-boshi but bo’lishini ta’minlaydi. Sog’lom qilib o’stiradi. Birinchi galda kerakli tillarni o’rgatadi. Musiqaviylikka alohida diqqat qiladi. Ana undan keyin-sport. Yonidan qo’shimcha xarajat qilib bo’lsa hamki,fan asoslarini,avvalo, matematikani hamda texnika fanlarini egallashga qo’shish qiladi. O’z haq-huquqini yaxshi taniydigan qiladi farzandini. Yana bir muhim fazilati: bu ahl millat. O’z diyn diyonatiga sadoqatli. Yahudiydan qashshoq, tilanchi-gado chiqishiga aslo toqat qilolmaydi. Buni butun millatga isnod deb tushunadi. Arzimagan narsa uchun o’z qavmini sotmaydi. Umrida bir-birini ko’rmagan ikki yahudiy bir-birini bir chaqrim masofadan turib taniydi! Tabiiy, ularda ham oliy va past irqlar bor. Lekin muomala va oqibatda eng past yahudiy ham ular uchun boshqa millat kishilariga qaraganda ustun hisoblanadi. Ehtimol,ming yillar davomida o’zining tubjoy vatani bo’lmay kelganidanmi yoki boshqa sababdan, ular har qanday millatni ichidan yemirgan mahalliychilik illatidan holi.

        Bu gaplarni aytishim juhudlarni qandaydir oliy irq,ideal millat deb bilishimdan ham emas(Har bir millatning o’z oliyjanob xislatlariyu nuqsonlari, qusurlari bo’ladi,bundan yahudiylar ham xoli emas), ayni shunday fazilatlarni men o’z millatimda ham ko’rishni juda-juda istardim.

     Yana qaytaraman qayerda bo’lsangiz ham omon bo’lsangiz bas,lekin siz butun millatingizni namoyon etayotgan tomchiligizni unutmang.









Комментарии

Отправить комментарий

Популярные сообщения из этого блога

Эй Худо ишқилиб...

Рустам Капгир — “Очилишни истамаган иш”

Qog'ozbozlik