"Chunki sen talabasan"
Kutmoq
va umid qilmoq kerak.
“Graf Monte Kristo”
To’g’risi jonga
tegdi. O’qish jonga tegdi. Poytaxtda o’qishning shuncha mashmashasi borligini
bilganimda ikki dunyoda ham o’qimasdim. Undan ko’ra 10-20 ta qo’y olib
tog’u-toshlarga chiqib ketganim yaxshiydi. Balki,ko’zingizga qiyinchiliklarga
chidamaydigan, zaif,irodasiz inson bo’lib ko’rinayotgandirman. Menimcha ham
shunday. Men irodasizman. Qiyinchiliklarga chidamsizman. Huda-behudaga
noliyveradigan pessimistman. Qisqasi jonga tegdi. Hammasi jonga tegdi.
Yozi bilan belinggacha suvga botib,kontrakt
to’lash uchun pul topasan-u, Universitetingni marketing bo’limiga kelsang,bitta
shartnomani ikki soatda berishadi. Bir qarasang boshlig’i yo’q, yana bir
qarasang kotibasi. Hech bo’lmasa, 10% pulim yonimga qolsin deb bankka tushib,
birortasini plastik kartasidan to’layman desang yana muammo. Plastik kartani
egasini o’zi kelib,ariza yozishi kerak emush. Egasi Surxondaryo yoki Andijondan
bo’lsachi? Plastikni egasi naqd pul kerak menga esa 10%. O’sha 10%ga men bir oy
yashayman,u esa naqd pulga to’y qilmoqchi. Yo’q tushunmaydi. Tushunishni hohlamaydi
ham: “bor-bor sendaqa boshimni o’g’ritadigan talabalar tiqilib yotibdi”-deb
haydab soladi...
Bor alamingni o’qishdan olging keladi.
Shunaqangi qattiq o’qib, o’z sohangni mutaxasisi bo’lsang-da,yaxshi,o’zing orzu
qilgan joyda ishlasang. Har kuni shunaqa maqsadlar bilan o’qishga yo’l olasan.
O’qishda esa... Bir semestr davomida o’rtacha sakkizta fan o’tilsa shundan
bittasi(ba’zan shu ham yo’q)ni domlasi o’z ishini ustasi. Qolgani dordan
qochganlar. Sessiyada pul olishdan boshqa narsani bilmaydiganlar. Yaxshiyam
uncha-muncha yoshi katta pulni betiga qaramaydigan domlalar bor...
Toshkent viloyatidan ekansan deb yotoqxonadan
joy bermaydi. Ikki mingta talaba o’qiydigan fakultetni 200 kishi zo’rg’a
sig’ishi mumkin bo’lgan “talabalar turar joyi” bor. Ertalab o’qishga ketishda
kvartiradan ko’ksingni hovuchlab chiqasan “ko’chada hech kim
yo’qmikan”deb,qaytishda ham shu ahvol. Ikki xonali uyga 200$ berib 5-6 kishi
yashaysan-u, yana yuraging doim hadikda “birortasi kelib bezovta
qilmasinda”deb...
Oyiga bir million berib yashaydigan
kvartirangda qattiqroq yo’tala olmaysan ham. Qo’shnilar bezovta bo’lishadi.
O’zlari xonadonida fudbol o’ynasa ham mayli, lekin senga mumkin emas. Chunki
sen propiskasiz talabasan. Bitta telefon bilan masalangni hal qilib qo’yadi.
Yashayotgan uyingni egasi yaxshi odamlar
bo’lishsa “ho’p-ho’p” bo’lmasa, muammoing yana bittaga ko’payadi. Shu joyiga
ikki oy oldin bo’lgan bitta voqea:
Sentabrning boshida oyiga 200$ berish
sharti bilan 2 xonali uy topdik. Bir oy turar-turmas dollar o’lgur ko’tarilib
ketdi. Shunda “xozayka”ga: “Oyiga bir millon berib turaylik,hammamiz kontraktda
o’qib,stependiyaga yashaydigan talabamiz”dedik. “Yo’q”dedi. Boshqa kvartira
topib chiqib ketdik. Chiqib ketayotganimizda uyni kalitini egasi berish esdan
chiqibdi. Ertaga berarmiz dedik. Ertasiga borsak janjal, to’polon. Suv toshib,
pastki qavatdagilarni uyini dabdala qilganmush. Suv ham unitazga keladigan
shlanka uzilib ketishi oqibatida toshibdi. Salkam bir oy uzilmagan shlanka, biz
ketishimiz bilan uzilibdi. Ustimizdan “yozvordi”. Pastdagi qo’shnisidan
so’rsak,kecha senlar ketganingdan keyin kelgandi,o’zi shunaqa, har safar
obkegan ijarachilari bilan janjallashadi dedi. Biz u xonadonni makler orqali
100$ berib topgandik. Keyin bilsak o’sha maklerni o’zi uyni egasi ekan.
“Toshqin”ni bosti-bosti qilish uchun “talabasanlar,senlarni ham qiynagim
kelmaydi 500 ming beraverlaring”,-dedi. Yo’q joydan 500 ming qulog’ini ushlab ketdi...
Boshqa joyga ko’chdik. Bu ham 200$ oyiga.
Dollar ko’tarilgani sayin kayfiyatimiz yo’qolib borayotgan kunlarni birida
“xozaykamiz”keldi:“Talaba ekansanlar, ko’rib turibsanlar dollar kundan kunga
ko’tarilyapti, keyingi oydan boshlab ijara haqini so’mda-bir million qilib
beraveringlar”,-dedi...(yig’lavorgim keldi)
Semestrni a’lo bahoga yopsang stependiyang
yaxshi-440 ming atrofida chiqadi. Lekin 5 bahoni guruhda 3 ta odamdan ko’piga
qo’yish mumkin emas(domlalarni aytishicha). Noiloj “yaxshi”bahoga yopasan(yopa
olsang). Bu 330 ming degani. Bir oylik ijara haqing 200 ming so’m. Proeznoy esa
50 ming. Universitetdagi “yig’di-yig’di”ga yana 10-15 ming ketadi. Qolganiga
esa bir oy yashash kerak. Qanday qilib?
Majbur ish qidirasan. Baribir tayinli joydan
ish topolmaysan. Propiskasiz talabaga kim ham ish beradi. Bilagingda kuching
bo’lsa, mardikor bozorga yoki “vagon”ga chiqasan. Bir kun eshshakday
ishlaysan-u, boshida kelishilgan pulni berishsa-ku yaxshi, berishmasachi? Hech
nima qilolmaysan!
Hammasiga,hatto shuncha yillik o'qishiga ham tupurib, "menga P",(ya'ni parqi yo'q) deb ketvoring keladi ba'zida. Lekin unday qilolmaysan. Shunchasi chidadi, o'qidi,yashadi,ishladi,sen ham chidaysan.
Uydagilardan pul so’ray desang uyda ham pul
yo’qligini bilasan. Ishlay desang ish yo’q, o’qiy desang o’qitadigan kamayib
ketgan. Shunday qilib 4 yil umrni bekorga o’tkazib, ikki qo’lni burunga
tiqib,diplomni quchoqlab uyga qaytasan. O’zingni jonajon shaxringga! Diplomni
oldim endi hamma qiyinchilik ortda qoldi deysan-da, hujjatlaringni ishga
topshirasan. Sen topshirgan ishga kirish uchun ro’yxatda turganlarning boshiga
qaraysan. “Eh-heee” devorasan. Ro’yxatni boshida turgan odam bundan 8 yil oldin
o’qishni bitirib, hujjatlarini topshirgan,hali navbati kelgani yo’q. Senga yo’l
bo’lsin...
Yana otangni otasidan qolgan ketmonni
qidirishga tushib qolasan. Diplomni krovatni bir oyog’i sal nishabroq turgan
qismiga qo’yasan-da, dalaga qarab ketasan. Dalada ham o’zing hohlagan ekinni
eka olmaysan. Fermer ruxsat bermaydi. Fermer ruxsat berganda ham hokim ruxsat
bermaydi. Bir tiyinlik daromadi yo’q makkajo’xorimi,smechkami ekasan keyin.
Hosilni yig’ishtirib,fermerga “plan”ni topshirib uyga obkelasan. “Mindaayyy
hisob-kitob qilib ko’rsang” shuncha mehnat qilib olib kelgan hosiling ketgan
“rasxoding”ni qoplamaydi. Nima qilasan? Arqonni ko’tarib molxona...
O’zimni huddi
latifadagi qaxramondek his qildim.
Bir kuni Afandini
manti yegisi kelib qolibdi. Hotiniga aytsa “Qo’shnimizni mantiqasqonini
obkeling, o’zimizniki teshilib qoldi” debdi. Afandi qo’shnisini uyiga borib
eshigini taqillatibdi. Shunda hayolidan: “Hozir qo’shnim chiqadi, “qasqonni
nima qilasan “deydi, men manti pishiraman deyman, keyin u “manti pishsa men ham
o’taman” deydi. Men ham ho’p,bemalol deyman. Manti pishgach keladi. Mazza qilib
ovqatlanamiz. Anu “savil”siz ovqat o’tmaydi baribir. Ozgina “otvoganimiz”dan
keyin qo’shnimni kayfi oshib qoladi. Bir safar choynagimizni so’rab chiqqanida
bermaganimni yuzimga soladi. O’rtada janjal chiqadi. Men dasturxonni usitda
turgan pichoq bilan uni so’yib qo’yaman. 15 yilga qamalib ketaman. Chiqsam,
hotinim boshqaga tegib ketgan...” shu payt qo’shnisi eshikni ochib:
“tinchlikmi,keling qo’shni”desa, Afandi: “mantiqasqoning boshindan qolsin” deb
ketvoribdi...
Demak, yashashni,
kutishni, umid qilishni va albatta harakat qilishni davom etamiz. Olg’aaaa!!!
zato, talabamiz... :). bularning barchasi o'tib ketadi
ОтветитьУдалитьYaxshi talaba mardikor bozorda ishlamaydi. Yaxshi kadr ishsiz qolmaydi.
ОтветитьУдалитьЭтот комментарий был удален автором.
ОтветитьУдалитьБорича севинг
ОтветитьУдалитьСаҳро азиз эрур саҳролигича,
Дарё ҳам муқаддас дарёлигича.
Юлдузга термулиб ойни кўзламанг,
Зуҳро нур сочсин ўз зуҳролигича.
Ёғочни соя-ю дорича севинг,
Кимнидир севсангиз борича севинг.
Ирмоқдан сув ҳўплаб анҳор изламанг,
Ойдин оқшомлардан наҳор изламанг.
Ёрингиз ёз бўлса қўшилиб ёнинг,
Саратондан бағридан баҳор изламанг.
Кузни хазон, қишни қорича севинг,
Кимнидир севсангиз борича севинг.
Эр йигит қаддини букиб бормасин,
Қаршингизга хасрат тўкиб бормасин.
Маликам, кўкдаги ой бўлсангиз ҳам
Пойингизга бошин эгиб бормасин.
Йигитни ғуруру-орича севинг,
Кимнидир севсангиз борича севинг.
Дўстлар, ёрингизни шунчаки суйманг,
Оҳу кўзларига термулиб тўйманг.
Гулга қиёс этинг яшнасин гулдай,
Гулдан нафис қалбин сўлдириб қўйманг.
Белда букри, юзда норича севинг,
Кимнидир севсангиз борича севинг.
Кимгадир ёқмаслик оғир дард эмас,
Ўзга деб ўзликдан кечмоқ шарт эмас.
Ҳеч ким ўзгармасин ўзгалар учун,
Бундайин муҳаббат муҳаббат эмас.
Борича севилсин йигит ҳам қиз ҳам,
Ҳамда борингизча севилинг сиз ҳам.
Ифтихор Хонхўжаев