Amaki uchun ekskluzip

Demak, bugungi mavzu Offtop!


    Offtop nima ekan deb hayron bo’layotgandirsiz? “Jim turing, shovqinlanmang...” hozir hammasini tushuntiraman. Offtop-bu Whatsapp ijtimoiy tamog’idagi bir guruh. Bu guruning paydo bo’lishi ham qiziq bo’lgan. O’zi whatsappda “Zakovat”degan guruhimiz bo’lardi. Bu guruhni savol-javob maqsadida ochkandik avvaliga, keyin qarasak savol-javobdan ham muhimroq narsalar bor ekan hayotda. Guruhdagilar bilan yaqindan tanishganimiz sayin gap-so’zlarimiz ham ko’paya bordi. Shunda adminimiz Chernomor Bobo yigirmanchi asrning ikkinchi o’n yilligini o’rtasida, may oyining so’nggi kunlarida,yanayam aniqroq aytadigan bo’lsak 26-sanasida Shimoliy va Janubiy Koreya ajratib turgan “Berlin devori”ni qurdilar. Endi zakovat alohida, offtop alohida. Savol-javobga moyilligi borlar zakovat guruhiga, gurung qilishga moyilligi borlar esa offtopga qo’shila boshlashdi. Offtop shunchalik qadrdon joyga aylandi-ki, whatsapp nomini  offtop termini egalladi. Bu guruhdagilarning barchasi men uchun qadrdon(bitta-ikkita yoqmaydiganlari ham bor). Guruhimizdagilar bilan tanishing:

Rasul Jo’rayev. Menimcha to’liq ismlari Abdurasul  bo’lsa kerak. Lekin negadir o’zlari ham o’zini Rasul deb chaqiradilar. Sherali Jo’rayevning qo’shiqlarini maroq bilan eshitishlariga qaramay, unga vushshem aloqari yo’q. Ba’zi duxi yetganlar negadir “Quduq” deb chaqiradilar. Bilamdim nega. Ichmaydigan odamni “quduq” deyishlari g’alati. Doim kepkada yuradilar. Imidji shunaqa bo’lgani uchun emas, prosta bosh o’lgur stadionga aylanib qolgan. Bo’ylari 7 yarim qarich(bir qarich 20 sm), og’irliklari... endi u yog’ini bilmadim.

Hayot Soliyev-Tyomniy Elf.

Rasmdagi piyolada qora choy bor. Tag’in noto’g’ri hayollarga borib, ichar ekan deb o’ylamang. Umuman og’izlariga ham olmaydi,bu savilni. Piter Pen doim 14 yosh bo’lgani kabi bu kishim ham doim 27 yoshlar. Nemis, fransuz,ingliz, rus, xotin tillarini rasmdagi piyoladagi “choy”day ichib yuborganlar. Bu kishimning ham sochlari Rasul akamniki bilan birga egalarini tark etganlar.

Islam Eshmuratov va Fotima Rajabova.
Islam Eshmuratov-kampyuter deysizmi, telefon deysizmi hullas yangi chiqqan yangiliklarni, inavatsion texnologiyalarni ichiga bir kirib chiqmasa ko’ngli joyiga tushmaydiganlar xilidan. “Kino jinnisi”ligini-ku gapirmay qo’ya qolaman. Islam aka biror-bir filmni maqtab, ta’riflab, yaxshi baho bergandan keyin Holliwood o’sha kinoni ishlashga kirishadi.

Fotima Rajabova- “Gunafsha ortimdan yugurmagin, yiqilib tushsang sepkillaring to’kilib ketadi...”degan gap shu qizga tegishli. Men ularni hali odnoda yurgan paytimdanoq bilaman. Judayam aqilli shu bilan birga chiroyli. Raqsga tushishni ham “sindirib”qo’yadilar.O’tgan yili yangi yil arafasi birga vals ham tushudik. 

Yuldum. Ha shunchaki Yuldum. Na familyasini bilaman na ismini. Hamma Yuldum deb chaqirganiga men ham kontaktimga Yuldum deb soxranit qilib qo’yganman. Moliyada 4-kursda o’qiydi. Starosta. 5 lik stependiya oladi(439 000 ming degani bu). Bo’ldi bu qiz haqida boshqa narsa bilmas ekanman. Ha aytgancha badjaxl akasi borligini ham eshitgandim).

Sohib Jontoyev. Yoshligida peshonasini buzoq yalaganmi deyman, sochi doim tepaga qarab turadi. Balki,o’zi shunaqa qilib tarasa kerak yana bilmadim. Ko’rib turganizday oshni qo’lda yeyishni yaxshi ko’radi. Meningcha Said Ahmadni ko’p o’qivorgan(-Qoshiq obkelilar!men gigienichniy odamman.- Bu qoshiq kimlarni og’ziga kirib chiqqanini bilmadim-ku,lekin qo’lim o’zimdan boshqa odamni o’g’ziga kirib chiqmagan...S.A)yana bu kishim SESda ishlaydilar. Pisib yursa ham qisib yurmaydiganlar xilidan. Tekkanga ham tegmaganga ham teginadi. Guruhga qo’shilgan har bitta qizni bir marta bo’lsa ham “o’rab” ko’radi.

Miyyangizga birinchi kelgan fikr xato. Adashdiz. Bular: Boburjon Rahmonberdiyev bilan Jasurbek Sherimbetov.

O’ng tarafdagisi haqida biror nima deyishga ham hayronman. Lekin chap tarafdagisi juda “suyuq” bola. Qimirlagan narsaga gap otadi. Lichkavozlikda Amakidan yo oldin yoki keyin turadi. Anig’i esimda yo’q. Kimligini aytmayman-u,lekin guruhdagi bitta-ikkita yigitlarni ham “o’rab”qo’ygan deyishadi.


Bubur Yoqubov. Administrator. Guruhimizni paxani. Chenomor Bobo mana shu kishimlar. Rasmlaridan ko’rinib turganidek oshiqcha xazil qilish yaramaydi. O’shanchun keyingi odamga o’tib ketaveramiz.

Bu odam haqida gapirmay qo’ya qolamiz.

Amaki deganlari mana shu inson. Aniq ismlarini ham, yoshlarini ham hech kim bilmaydi. Faqat tahmin qilamiz halos. Amaki haqida bir-ikkita faktlar:


-Amakining qoshlari gilamga o’xshamaydi,gilam Amakining qoshlariga o’xshaydi;
-Amaki cheksizlikkacha ikki marta sanagan;
-Amaki yoshligida Amaki bo’lishni orzu qilgan ekanlar;
-Amaki suvga tushsalar ho’l bo’lmaydilar, suv Amaki bo’ladi;
-Amakining mushugi 210 yoshga kirgan. Lekin u ham amakini nechchi yoshdaligini bilmaydi;
-Amaki istagan mavzuda she’r yozishi mumkin. She’riyat amakini she’rlariga qarab o’zgaradi...

   Hullas, gapiradigan, yozadigan narsalar juda ko’p. Vaqt kam. Yuqorida guruhimizning 20%inigina misol qilib keltirdim. Qolganlar xafa bo’lishmasin. 

Men barchangizni shevamaaannn!

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Эй Худо ишқилиб...

Рустам Капгир — “Очилишни истамаган иш”

Qog'ozbozlik