Сообщения

Сообщения за 2015

Ishonch

Изображение
    Bir yosh yigit armiyada o’z xizmatini o’tar edi. Xizmat davomida doim safdoshlari va komandirining tahqirlariga chidashga majbur bo’lardi. U Xudoning borligiga va har narsaning javobi borligiga ishonardi. Kunlardan bir kuni kapitan butun xarbiy qism oldida uni ustidan kulish telefon qildi: -Askar,bu yoqqa kel-da, jipning kalitini olib, avtoparkka borasan. U yerdan moshinani minib komendatura-xarbiy qism saflangan joyni yoniga chiroyli qilib parkovka qilasan. Askar: -Men moshina haydashni bilmayaman o’rtoq kapitan! -Unda Xudoyingdan yordam so’ra. Uning mavjudligini bizga isbotla qani! -Askar kalitni olib moshina yoniga bordi-da,Xudoga iltijo qila boshladi... U kapitan aytgandek moshinani chiroyli qilib,aytilgan joyga parkovka qildi.     Moshina kabinasidan tushib safda turgan barcha ofitserlar va askarlarning yig’layotganini ko’rdi. Ularning barchasi “Biz ham sening Xudoyingga xizmat qilishini hohlaymiz”deyishdi bir ovozdan. Askar nimalar bo’layotganini tushunma

Andisha

   Anvarjon va Mashxuralarning to’yi bo’lganiga hali uch oydan oshgani yo’q. Ikkalasi bitta mahallada yashashdi,bitta sinfda o’qishdi,bir-biriga ko’ngil qo’yishdi. Anvarjon sovchi jo’natdi,Mashxurani uyidagilar ko’p o’ylanavermay rozi bo’lishdi. Sinalgan,bilgan qo’shningga bermay kimga ham berasan qizingni?! Anvarjon ham ajoyib yigit buni ustiga...   Shirin tashvishli to’y bir kunda o’tdi-ketdi. Ikkala tarafning ham biroz “qo’llari kalta” bo’lganliklari uchun, unaqa dabdaba qilmasdan oddiygina qilib o’tkazishdi.   Anvarjon maktabni bitirgach texnikumga o’qishga kirdi. U yerni tugatgach biroz muddat ish topolmay yurdi. Yaxshiroq biror ish topguncha tramvayga konduktor bo’lib joylashdi. Ishi oson ko’ringani bilan,o’ziga yarasha qiyinchiliklari bor edi. Har kuni chiqadigan yuzlab odamlar bilan shirin muamoala, transportining tozaligi va hakozo. Oylik esa kam. Juda kam. Arang bir oydan ikkinchi oyga yetadi... -Dadasi ertaga ishdan kelishizga nima ovqat tayyorlab qo’yay? -Ma

Choyxonabop qizlar

  Hakimjon O’ybarchin o’n ming tumanli eli bilan Qalmoqqa ko’chib ketganida olti oy ko’ksini zahga berib yotganini eshitib, demak,foydasi bo’lsa kerak deb men ham shu usulni sinab ko’rmoqchi bo’ldim. Kattaroq harsang tosh topa olmay, bitta o’rtacha kundaning ustida “tarki dunyo” qilib biror soat o’tirganimni bilaman,foydasi bilina boshladi. Bilmadim nega Alpomish olti oy yotgan, menga 2 soat kifoya qildi. O’sha vaqtning o’zida u gulgunni unutib kvartiramga kelib navbatchiligimni qildim. Shu bilan hammasi tamom deb, kechki uyquga ketar ekanman,tomog’imda nimadir qichiganday bo’ldi. E’tibor bermasdan uyquni “urvordim”. Ertalab uyg’onsam kechagi “Alpomish usuli”ning foydasi shundoqqina peshonamda bilinib turibdi:istima 40,tomoq esa tipratkon yutvorgandek og’riyapti, burunimning esa biri Norin daryosi ,yana biri Qoradaryo. Qisqasi Alpomish bo’lish menga emas ekan. Shamollashim hali ketmasidan turib anchadan beri yozishni ko’nglimga tugub qo’ygan mavzuim haqida klaviatura shaqillatishga q

"Chunki sen talabasan"

       Kutmoq va umid qilmoq kerak. “Graf Monte Kristo”     To’g’risi jonga tegdi. O’qish jonga tegdi. Poytaxtda o’qishning shuncha mashmashasi borligini bilganimda ikki dunyoda ham o’qimasdim. Undan ko’ra 10-20 ta qo’y olib tog’u-toshlarga chiqib ketganim yaxshiydi. Balki,ko’zingizga qiyinchiliklarga chidamaydigan, zaif,irodasiz inson bo’lib ko’rinayotgandirman. Menimcha ham shunday. Men irodasizman. Qiyinchiliklarga chidamsizman. Huda-behudaga noliyveradigan pessimistman. Qisqasi jonga tegdi. Hammasi jonga tegdi.    Yozi bilan belinggacha suvga botib,kontrakt to’lash uchun pul topasan-u, Universitetingni marketing bo’limiga kelsang,bitta shartnomani ikki soatda berishadi. Bir qarasang boshlig’i yo’q, yana bir qarasang kotibasi. Hech bo’lmasa, 10% pulim yonimga qolsin deb bankka tushib, birortasini plastik kartasidan to’layman desang yana muammo. Plastik kartani egasini o’zi kelib,ariza yozishi kerak emush. Egasi Surxondaryo yoki Andijondan bo’lsachi? Plastikni egasi naqd

Amaki uchun ekskluzip

Изображение
Demak, bugungi mavzu Offtop!     Offtop nima ekan deb hayron bo’layotgandirsiz? “Jim turing, shovqinlanmang...” hozir hammasini tushuntiraman. Offtop-bu Whatsapp ijtimoiy tamog’idagi bir guruh. Bu guruning paydo bo’lishi ham qiziq bo’lgan. O’zi whatsappda “Zakovat”degan guruhimiz bo’lardi. Bu guruhni savol-javob maqsadida ochkandik avvaliga, keyin qarasak savol-javobdan ham muhimroq narsalar bor ekan hayotda. Guruhdagilar bilan yaqindan tanishganimiz sayin gap-so’zlarimiz ham ko’paya bordi. Shunda adminimiz Chernomor Bobo yigirmanchi asrning ikkinchi o’n yilligini o’rtasida, may oyining so’nggi kunlarida,yanayam aniqroq aytadigan bo’lsak 26-sanasida Shimoliy va Janubiy Koreya ajratib turgan “Berlin devori”ni qurdilar. Endi zakovat alohida, offtop alohida. Savol-javobga moyilligi borlar zakovat guruhiga, gurung qilishga moyilligi borlar esa offtopga qo’shila boshlashdi. Offtop shunchalik qadrdon joyga aylandi-ki, whatsapp nomini  offtop termini egalladi. Bu guruhdagilarning barch

Qo'ynidan to'kilsa qo'njiga

   Assalomu alaykum azizlar! Omonmisiz?  Horib tolmasdan ilm olayapsizmi?! Yashang! Charchamang. Shundoq davom etavering. Avvalo,Sizlarni  bezovta qilganim uchun uzr so’rayman. Aybga buyurmaysizlar endi, bir savol tug’ilib qolgandi... shunga haddim sig’ib sizlardan maslahat olay dedim. Yana nima balolarni boshlab yuribdi ekan bu bola dersiz?! Hozir, biroz shoshmang, hammasini bir boshidan tushuntiraman.    Hammangiz maktabda, kollejda qolaversa Oliy ta’lim muassasalarida adabiyot, tarix,falsafa, pedagogika-psixologiya kabi darslarni o’tgansiz. Aminman-ki shunday dars paytlarida o’qituvchingiz sizga bizning buyuk bobokalonlarimiz haqida zavq-u shavq bilan gapirib berganlar. Yaqinda bir darsda o’qituvchi “ Biz dunyo sivilizatsiyasiga beshik vazifasini o’taganmiz”, “Bizning “Uyg’onish davri”mizda G’arb hali g’aflat uyqsidan uyg’onmagan edi”, “Ular darslik qilib o’qiyotgan Beruniy ham, Ibn Sino-yu Ulug’bek ham bizniki, tojikniki ham emas, qozoqniki ham emas,O’zbeklarniki”. Hammasi ya

O'zbek bo'ling ammo yaxudiy bo'ling

          Qadrli do’stim! Mana, bugun siz mustaqil zamonda yashayapsiz. Sizga barcha imkoniyatlar yaratilgan. Siz bularning hammasida unumli foydalanib o’qiyapsiz, bilim olayapsiz, ishlayapsiz,izlanyapsiz... xullas, qanday bo’lmasin davlatning, xalqning rivoji uchun hissa qo’shmoqdasiz. Sizga havasim keladi. Ayniqsa, chet ellarda,nufuzli oliy o’quv yurtlarida bilim olayotganizni eshitib rosti juda xursand bo’ldim. Shunday davom eting. To’xtamang.         Yaqinda bir tanishim o’pkalab qoldi: “Tezroq chet elga ketsam edi, o’sha yerda mazza qilib bir umr yashardim. Bu yerlarga qaytib kelmayman. O’sha yerlik birortasiga uylanib, fuqaroligini olamanda, yevropalik bo’lib ketaman...” -deydi. Yana biri: “Rossiyadaligimda eng o’gir ishlarni o’zbeklar, tojiklar qilishyotganini guvohi bo’ldim. Bitta tanishim ust-boshi kir alpozda  “Eee jo’rajon” deb kelib quchoqlasa bo’ladimi... Yonimda bir-ikkita o’ris hamrohlarim bor edi,ishonsang, o’zbekligimdan uyalib ketdim o’shanda” ... Balki sizning

Birga-bir

         “Birga-bir” nimaligini bilasizmi? Sizlarda qanaqaligni bilmadim-u, lekin haqiqiy “birga-bir” nimaligini oliy o’quv yurtiga kirganimdan keyin bildim. Har qalay 4 yil davomida hech narsa o’rganmagandan ko’ra shu “birga-bir”ni bilib ketaman. Ming qilsa ham “Oliy o’quv yurti”da! ungacha bo’lgan bilimingizga bilim, tajribangizga tajriba qo’shadi.  Mening hayotimda to’rtta “birga-bir” bor, shulardan uchtasini sizga aytib berayin. “To’rtinchisichi?” deysizmi, to’rtinchisini ko’rishganda aytaman, bu yer joyimas... Birinchi “Birga-bir”              Bizni  yoshligimizda “yur ketdik, palonchi joyda birga-bir bo’lyapti” deyishsa yugrib borardik. “Birga-bir” deganda birorta bola, boshqa birortasi bilan yakkama-yakka urshishi tushunilardi. Mahallaning hamma yigitlari tomosha qilgani borishardi. Atrofdagilardan hech kim, hatto katlak yeyotgan bolaning do’stlari-yu, akalari ham qo’shilmasdi. “Yengildim, taslimman” deyishsa “jang” to’xtatilardi. G’olib yigit esa keyingisi bilan birga

"Kitob olami"

Изображение
   “Eshittizmi?!Toshkentda O’rta Osiyoda eng katta bo’lgan kitob do’koni ochilibdi...” yaqin 3 kundan beri qulog’imga chalingan mish-mishlarning eng ko’pi shu haqida bo’ldi. Diqqatimni tortgan joyi “O’rta Osiyodagi eng katta kitob do’koni”. Bugun darsdan sal vaqtliroq chiqib, uch kun ichida mashxur bo’lib ulgurgan kitob do’koni tomon yo’l oldim...    Ta’kidlab o’tishim kerak-ki,oxirgi vaqtlarda yurtimiz yoshlari orasida kitobga bo’lgan qiziqish borgan sari ortib bormoqda. Bu juda yaxshi albatta. Davlatimiz tomonidan ham, nashriyotlar tomonidan ham shu talabni qondirish uchun qoldan kelguncha harakat qilinmoqda. Yangi kitob do’konining ochilishi esa ko’pchilik kitobsevarlarning quvonchiga quvonch qo’shishi shubxasiz.    Yangi ochilgan kitob do’koni Mustaqillik prospektida,eski Konservatoriya binosi qarshisida joylashgan ekan. Men o’zimga qulay bo’lgan transport vosidasi metroda borishni afzal bildim. Hamid Olimjon bekatidan chiqib,ko’prikdan “Ipoteka bank”iga qarab 200-250 men

Chulp-chulp

   Turli xalqlarda odamlar o’rtasidagi axloq,odob,maslak,hayo,sharm,ibo,pardali va beparda narsalar har xil talqin qilinadi. Zamonaviy texnika va ilm-fan taraqqiyotida G’arbning Sharq ustidan hukmfarmolik qilayotganligi, barcha sohalarda o’z shartlarini o’tkazayotganligi shubhasiz. Hozircha shunday (2000-yillar atrofida gap ketmoqda). Yaqin yillarda Xitoy,Yaponiya, Koreya,Hindiston kabi Sharq davlatlari yetakchilikni qo’liga olishi kutilmoqda. Oftob hali u tomda,hali bu tomda... Har xil bashoratlar bor. Ammo bir narsa hozirdanoq(ancha bo’ldi aslida) ayon bo’lib qoldiki, g’arbona axloqiy munosabatlar,ularda odamlarning bir-birlariga oqibati aksariyat xiyla tubanlashib ketgan. Yevropa xalqlarida odamgarchilik talqini bizdagidan butunlay farq qiladi.    Bir necha yil ilgari oynai jahon orqali surunkasiga ko’p qismli Meksika filmlari( “Shaddot Mariya”, “Esmeralda”, “Gvadalupe”.. .) namoyish qilingan edi. Ta’qiqlangan narsa mazali bo’ladi,deydilar. Biznikilar bu filmlarga mazaxo’rak

Paypoq

Ajab zamona bo’ldi,yaqolar bo’ldi etak, Bo’z paytava bo’ldi, boshga chiqdi patak.    Biz studentlarda bir gap bor: “Paypog’ing butunmi demak,och qolmaysan”. Bu bilan och qolganda paypoq chaynaydi ekan deb tushunmang,shunchaki yirtiq paypoq bilan mehmonga borish noqulay. Oyning uchdan bir qismini mehmonga borib o’tkazmasak, stependiyani yetkazib bo’lmaydi.    Sentabr keldi deguncha kunlar salqinlashib qoldi. Slansi,shipak,”chips”larda yurganlar birdaniga paypoq sotvolishga,bizga o’xshagan bahorning aprelida yechib, ikkala poyini dumaloq qilib shkafining tagiga tiqvorganlar esa qidirishga tushishdi. Yalangayoq yurganga nima yetsin?! Yalangayoq yurish qanchalik foydali ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Ammo shahri azim bo’lmish Toshkentda yalang oyoq yurgan odamni uchratganmisiz. Men uchratmadim shu paytgacha. Hammasining oyog’ida “Kibo”,”Rebook”,”Adidas”,”Puma”... va boshqa balo battar inomarkadagi botinka-yu, krasovkalar. Bugungi mavzuimiz “Paypoq” bo’gani uchun krasov